6.3-§. Shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash
yo‗llari
Shaxsning iqtisodiy xavfsizligi – shaxsning ijtimoiy
himoyalanganligi va ijtimoiy rivojlanishini ta‘minlashga, hayotiy
manfaatlarining
kafolatli
himoyalanganlik
holati
sifatida
tafsiflanadi. Har bir inson uchun shaxsiy iqtisodiy xavfsizlik
muvaffaqiyatga erishishning hamda jamiyatdagi barqarorlik va
ijtimoiy-iqtisodiy farovonlikning muhim ko‗rsatkichi hisoblanadi.
Shaxs
iqtisodiy
xavfsizligini
ta‘minlashning asosiy
tamoyillari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
shaxs, jamiyat va davlatning hayotiy muhim manfaatlari
mutanosibligiga rioya qilish;
xavfsizlikni ta‘minlash bo‗yicha shaxs, jamiyat va
davlatning o‗zaro mas‘uliyatli bo‗lishi;
xalqaro xavfsizlik tizimlari bilan integratsiyalashuv.
Shaxs iqtisodiy xavfsizligi obyektlari shaxsning o‗zi, uning
iqtisodiy manfaatlari sohasidagi huquq va burchlari hisoblanadi.
Shaxs iqtisodiy xavfsizligi subyektlarini shaxs, jamiyat va davlat
tashkil etadi.
Shaxs iqtisodiy xavfsizligining ikki asosiy turi mavjud bo‗lib,
ulardan birinchisi shaxsning faolligiga, uning o‗z bilimi, kasb,
159
malakasini oshirib borishiga, kamolotga yetish uchun bo‗lgan
intilishiga asoslanadi. Shaxs iqtisodiy xavfsizligining ikkinchi turi
esa uning oilasi, jamiyat va davlat tomonidan qo‗llab-
quvvatlanishiga asoslanadi.
Inson xavfsizligiga tahdidlar mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish sur‘atlarining jamiyat ehtiyojlari o‗sishiga nisbatan
orqada qolishi, siklik o‗zgarishlar, bozor konyunkturasidagi
tebranishlar, iqtisodiy inqirozlar, hududlar rivojlanishidagi
nomutanosiblikning kuchayishi, tabiiy yoki inson, kapital
resurslarining
yetarli
emasligi,
jamiyatda
urbanizatsiya
jarayonlarining
kuchayishi,
tashqi
tabiiy
atrof-muhitning
zararlanishi yoki yomonlashuvi hamda ma‘lum ijtimoiy harakatlar
tufayli
vujudga
keladi.
Tahdidlar, shuningdek, turli
davlatlar hamda ular bilan
hamkorlik qiluvchi siyosiy
va
ijtimoiy
hamkorlik
kuchlari o‗rtasidagi nizo,
ziddiyat,
qarama-
qarshiliklarning kuchayishi sababli ham vujudga kelishi mumkin.
Tahdidlar tarkibida shaxsga tajovuz, zo‗ravonlik alohida
xususiyatga ega. Ijtimoiy jihatdan zo‗ravonlik inson shaxsini
kamsitish, diskriminatsiya qilish, uning erkinligi va huquqlarini
cheklash orqali shaxsning hayoti va iqtisodiy faoliyatiga tahdid
solishda namoyon bo‗ladi. Iqtisodiy sohada inson shaxsiga
nisbatan tajovuz reketda, tovlamachilik va firibgarlikda o‗z
ifodasini topadi.
Shaxs va oila iqtisodiy ahvolining yomonlashuvi uning o‗z
oldiga noto‗g‗ri maqsadlar qo‗yganligi, bilim, kasb-malaka
darajasining pastligi tufayli kam haq to‗lanadigan ishlarda
160
ishlaganligi sababli, raqobat kurashida sinishi, bozori kasod
bo‗lishi, ishsiz bo‗lib qolganligi, uzoq vaqt ish topa olmasligi yoki
daromadi kam bo‗la turib bolalari ko‗p bo‗lishi, qariganligi va
turli kasalliklar hamda shikast olganligi sababli mehnat
qobiliyatini vaqtinchalik va butunlay yo‗qotganligi, boquvchisidan
ayrilib qolishi yoki omadsizlik tufayli sodir bo‗ladi.
Shaxsning xavfsizligini ta‘minlashda davlatning ijtimoiy
siyosati muhim rol o‗ynaydi. Davlatning ijtimoiy siyosati, uni
amalga oshirish mexanizmlari odamlarning mehnatdagi faolligini
va tadbirkorligini o‗stirish uchun shart-sharoitlar yaratishga
qaratilishi lozim. Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida
O‗zbekistonda
davlatning
ijtimoiy siyosati quyidagilarga
qaratilgan:
fuqarolarning
erkin
iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va
mehnat,
kasb-korlik
turlarini
hamda sohalarini erkin tanlash
kabi konstitutsiyaviy huquqlarini
ta‘minlashga;
mehnat motivatsiyasining kuchli mexanizmini kiritish,
aholining iqtisodiy faolligini oshirish uchun sharoitlar yaratishga;
aholini maqsadli va manzilli ijtimoiy himoya qilish hamda
kam ta‘minlangan guruhlarni davlat tomonidan qo‗llab-
quvvatlashga;
ta‘lim, ijtimoiy sug‗urta, sog‗liqni saqlash tizimlarini isloh
qilish yo‗li bilan aholining ijtimoiy xizmatlarga bo‗lgan zarur
kafolatni ta‘minlashga.
Shuningdek, davlat ijtimoiy siyosati aholining daromad va
mulkka egalik darajasi bo‗yicha keskin tabaqalashuvining oldini
161
olish hamda aholining to‗lov talablarini keng miqdorda qondirish
va uning o‗sishini ta‘minlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi.
Shaxsning
moliyaviy-iqtisodiy
jihatdan
xavfsizligini
ta‘minlash ko‗plab omillarga bog‗liq bo‗lgani holda, ularni
shaxsning turli tahdid va xavf-xatarlarning shakllanishiga ta‘siri
nuqtayi nazaridan ham tasniflashimiz mumkin. Umumiqtisodiy
jarayonlarning yuz berishi bilan bog‗liq holda vujudga keluvchi
omillar, shu bilan bir qatorda, shaxsning bevosita xatti-harakatlari
natijasida paydo bo‗luvchi xavf-xatarlar darajasini pasaytirish
insonlarning bevosita xatti-harakatlariga ko‗p jihatdan bog‗liqdir.
Shaxsning
moliyaviy-iqtisodiy
xavfsizligi
borasidagi
tahdidlarning birinchi guruhiga quyidagilar mansub:
inflatsiya;
pensiya ta‘minoti muammolari;
iqtisodiyotning dollarlashuvi;
bank tizimida beqarorliklarning vujudga kelish xavfi;
aholining haddan tashqari ko‗p kreditlanishi va boshqalar.
Inflatsiya moddiy ishlab chiqarish sohasiga katta zarar
keltirgani holda, jiddiy ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Pensiya ta‘minotidagi muammolar aholining yetarlicha moliyaviy
ta‘minlanmasligiga va ularning kundalik ehtiyojlarini talab
darajasida qondira olmasliklariga olib keladi. Iqtisodiyotning
dollarlashuvi, valyuta va fond bozorining yuqori darajadagi, aholi
jamg‗armalari qadrsizlanishi xavfini kuchaytiradi. Bank tizimida
kuzatilayotgan beqarorlashtiruvchi omillar ham omonatchilar
tomonidan banklarga qo‗yilgan omonatlarning yo‗qotilish xavfini
vujudga keltiradi. Aholining haddan ziyod kreditlanishi ham,
istiqbolda qarzdorlarning o‗z qarz majburiyatlarini bajara olmaslik
xavfini paydo qiladi. Bugungi kunda O‗zbekiston fuqarolarining
bank kreditlari bo‗yicha qarzdorligi o‗sib bormoqda. Olinayotgan
162
har to‗rtta qarzdan biri avvalgi olingan qarzni yopishga
sarflanayotganligi aniqlangan. Bugungi kunda kambag‗al oilalar
o‗z mehnatlari orqali ishlab topgan daromadlarining katta qismini
bank kreditlarini to‗lashga sarflamoqdalar.
Tahdidlarning ikkinchi guruhiga insonning bevosita o‗zi
ta‘sir ko‗rsatishi mumkin bo‗lgan omillar kiritilgan:
moliyaviy savodxonlik darajasining pastligi va shaxsiy
jamg‗armalarni himoya qilish borasida yetarlicha malaka va
tajribaning yo‗qligi;
qarz olishda o‗ylab ish tutmaslik;
samarasiz investitsiyalar;
moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda shoshma-
shosharlik qilish;
qonunlarni bilmaslik va hokazolar.
Moliyaviy savodxonlik va shaxsning investitsiyaviy siyosati
shaxs hayotining moliyaviy-iqtisodiy asosini tashkil etadi.
Moliyaviy-iqtisodiy asoslar qanchalik mustahkam bo‗lsa, shaxs
shuncha o‗z ehtiyojlarini yuqori darajada qondira olish va o‗zining
farovon kelajagini ta‘min eta olish imkoniyatiga ega bo‗ladi.
Bugungi kunda moliyaviy mustaqillik muhim o‗rin tutishini
inobatga olsak, fuqarolarning moliyaviy savodxonlik darajasini
oshirish qanchalik muhim ekanligini ilg‗ash qiyin emas. Buning
uchun shaxsiy moliyaviy xarajatlarni rejalashtirish, ularning
doimiy hisobini yuritib borish, bank va boshqa moliyaviy
institutlarning
xizmatlarini
o‗rganish,
investitsiyalarni
diversifikatsiyalash tamoyilidan amaliyotda foydalanish, iqtisodiy
axborotlar, tahliliy maqolalar va sharhlar bilan tanishib borish
talab etiladi.
Shaxsning temir yo‗llardagi xavfsizligi o‗z ichiga ko‗plab
jihatlarni qamrab oluvchi, shubhasiz keng qamrovli tushuncha
163
hisoblanadi. Mazkur holatni sinchkovlik bilan o‗rganish uchun,
eng avvalo, shaxs o‗z hayotining u yoki bu davrida huquqiy
nuqtayi nazardan kim va qanday maqomda ishtirok etishiga
oydinlik kiritib olishimiz lozim. Bunga bog‗liq holda temir
yo‗llarda shaxsning xavfsizligi yoki uning turli xavf-xatarlardan
himoyalanganligini ta‘minlashga juda ko‗p omillar ta‘sir
ko‗rsatadi.
Shunday qilib, shaxs temir yo‗l transporti obyektlarida
bo‗lgani va uning xizmatlaridan foydalangani holda, u:
temir yo‗l transporti xodimi;
yuk qabul qiluvchi;
yo‗lovchi va yoki boshqalar sifatida ishtirok etishi mumkin.
Temir yo‗l transporti xodimi sifatida shaxs uchun birinchi
navbatda uning xavfsizligini ta‘minlash nuqtayi nazaridan
shaxsning mehnat huquqlarining himoyalanganligi muhim o‗rin
tutadi. Yuk qabul qiluvchi uchun esa jismoniy shaxs hamda
yuridik shaxsning vakili sifatida u bilan transport kompaniyasi
o‗rtasida yuk tashish xizmatlarini ko‗rsatish bo‗yicha
shartnomalarning o‗z vaqtida to‗la-to‗kis bajarilishini ta‘minlash
alohida ahamiyat kasb etadi. Oddiy yo‗lovchi yoki tasodifan temir
yo‗l transporti obyektlarida bo‗lib qolgan shaxs uchun birinchi
navbatda uning hayot xavfsizligi va turli jinoiy unsurlarning
qurboniga aylanib qolmasligini ta‘minlash muhim hisoblanadi.
Fuqarolik
qonun
hujjatlari
ular
tomonidan
tartibga
solinadigan munosabatlar ishtirokchilarining tengligini e‘tirof
etishga, mulkning daxlsizligiga, shartnomaning erkinligiga,
xususiy ishlarga biror-bir kishining o‗zboshimchalik bilan
aralashishiga
yo‗l
qo‗yilmasligiga,
fuqarolik
huquqlari
to‗sqinliksiz amalga oshirilishini, buzilgan huquqlar tiklanishini,
ularning sud orqali himoya qilinishini ta‘minlash zarurligiga
164
asoslanadi. Fuqarolar (jismoniy
shaxslar) va yuridik shaxslar o‗z
fuqarolik
huquqlariga
o‗z
erklariga muvofiq ega bo‗ladilar
va
bu
huquqlarini
o‗z
manfaatlarini
ko‗zlab
amalga
oshiradilar.
Ular
shartnoma
asosida o‗z huquq va burchlarini
belgilashda va qonun hujjatlariga
zid
bo‗lmagan
har
qanday
shartnoma shartlarini aniqlashda erkindirlar. Tovarlar, xizmatlar
va moliyaviy mablag‗lar O‗zbekiston Respublikasining butun
hududida erkin harakatda bo‗ladi. Xavfsizlikni ta‘minlash,
insonlarning hayoti va sog‗lig‗ini himoya qilish, tabiatni hamda
madaniy boyliklarni muhofaza qilish uchun zarur bo‗lsa, tovarlar
va xizmatlar harakatda bo‗lishini cheklash qonun hujjatlariga
muvofiq joriy etilishi mumkin.
O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq har
bir shaxsga o‗z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish,
davlat
organlarining,
mansabdor
shaxslarning,
jamoat
birlashmalarining g‗ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan shikoyat
qilish huquqi kafolatlanadi. Har qanday manfaatdor shaxs
buzilgan yoki nizolashayotgan huquqi yoxud qonun bilan
qo‗riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun qonunda
belgilangan tartibda sudga murojaat qilishga haqli.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-
oktabrdagi ―Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning
huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini
165
kuchaytirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PF–4850-son
1
, 2017-
yil 7-fevraldagi ―O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‗yicha Harakatlar strategiyasi to‗g‗risida‖gi PF–4947-sonli
Farmonlarining qabul qilinishi
2
mamlakatimizda sud-huquq
tizimini
yanada
demokratlashtirish
va
erkinlashtirishda,
fuqarolarning odil sudlovga to‗sqinliksiz erishishini ta‘minlashni
sifat jihatdan yangi bosqichga ko‗tardi. Mazkur farmonlarda
belgilangan chora-tadbirlar o‗z navbatida ―2017-2021-yillarda
O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasi‖ hamda ―Xalq bilan
muloqot va inson manfaatlari yili‖ Davlat dasturida o‗z aksini
topdi.
Fuqarolik
qonun
hujjatlari
fuqarolik
muomalasi
ishtirokchilarining huquqiy holatini hamda u bilan bog‗liq shaxsiy
nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Fuqarolar, yuridik
shaxslar va davlat fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga
solinadigan munosabatlarning ishtirokchilari bo‗ladilar. Shaxsiy
nomulkiy munosabatlar va mulkiy munosabatlar bilan bog‗liq
bo‗lmagan shaxsiy munosabatlar, agar qonunlarda boshqacha
tartib nazarda tutilgan bo‗lmasa yoki bu munosabatlarning
mohiyatidan o‗zgacha hol anglashilmasa, fuqarolik qonun
hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Taraqqiyot strategiyasining
Dostları ilə paylaş: |