Nazorat va muhokama uchun savollar
1.
―Iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning institutsional
mexanizmi‖ va ―iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash mexanizmi‖
kategoriyalari o‗rtasida qanday o‗xshashlik va tafovutlar mavjud?
2.
Iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning institutsional
mexanizmining mazmunini tushuntirib bering.
3.
Iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning institutsional
mexanizmi tuzilmasi qanday?
4.
Iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning institutsional
mexanizmi qanday tamoyillarga asoslanadi?
5.
O‗zbekistonda iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning
institutsional mexanizmi qanday o‗ziga xosliklarga ega?
6.
Iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning institutsional
mexanizmini
takomillashtirishning
asosiy
yo‗nalishlarini
tushuntirib bering?
7.
Globallashuv
jarayonlari
mamlakat
iqtisodiy
xavfsizligiga qay tariqa ta‘sir ko‗rsatadi?
8.
Bugungi kunda O‗zbekistonning iqtisodiy xavfsizligiga
tahdid soluvchi asosiy xavf-xatarlar nimalardan iborat?
144
VI BOB. SHAXSNING IQTISODIY XAVFSIZLIGINI
TA‘MINLASH MUAMMOLARI
6.1-§.Shaxsning erkinliklari va iqtisodiy mustaqilligi
―Iqtisodiy xavfsizlik‖ tushunchasi davlat, korxona, jamiyat,
shaxsga nisbatan qo‗llanilishi bilan bir qatorda, mazkur
tushunchani yuqorida tilga olib o‗tilgan har bir subyekt nuqtayi
nazaridan ham qarab chiqish mumkin. Ayni paytda ulardan har
birining holati yaxlit tarzda milliy xavfsizlikni shakllantiradi.
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, shaxs iqtisodiy xavfsizlikning
birmuncha yirik subyektlari bo‗lgan korxonalar, xo‗jalik
yurituvchi subyektlar, jamiyat va davlatning iqtisodiy xavfsizligini
ta‘minlashda katta ahamiyat kasb etadi. Shaxs bir paytning o‗zida
xavfsizlik sohasining ham obyekti ham subyekti bo‗lgani holda,
xavfsizlik sohasining barcha tizimlarida mavjud bo‗ladi va tizim
tashkil etuvchi vazifasini bajaradi. Shundan kelib chiqqan holda,
shaxsning
iqtisodiy
xavfsizligini
ta‘minlash,
iqtisodiy
xavfsizlikning barcha bosqichlarida muhim o‗rin tutadi, ammo
shuni ta‘kidlash lozimki, shaxsning iqtisodiy xavfsizligi o‗z
navbatida, jamiyat, xo‗jalik yurituvchi subyektlar, davlat va
ekologik vaziyatga chambarchas bog‗liqdir.
Hozirgi globallashuv va o‗zaro integratsiyalashuv sharoitida
raqobat kurashi tobora kuchayib borayotgan bir davrda har qanday
mamlakatning kelajakdagi rivoji, eng avvalo, insonlarda
mujassamlashgan intellektual salohiyatni saqlash, ko‗paytirish,
undan tijorat yo‗lida foydalanishga bog‗liq ekanligini hech kim
rad etmaydi. Oliy ma‘lumotga ega, ilmli, malakali va katta amaliy
tajriba sohibi bo‗lgan insonlargina jamiyatning texnologik,
iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan modernizatsiyalash darajasini
145
oshirish, yangi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish sohasini
shakllantirishi, jadallashtirishi mumkin.
Demak, taraqqiyotga intilgan har qanday jamiyat bu holatni
tushunib yetishi va albatta, insonni e‘zozlashi, uni turli xavf-xatar,
xurujlardan asrashi, avaylashi, himoya qilishi lozim. Bu o‗ta
murakkab vazifani davlat o‗z zimmasiga olishi, har bir insonning,
mamlakat xalqining xavfsiz, osuda hayot kechirishini ta‘minlashi
va bu ish uning muqaddas vazifasi ekanligini tushunib yetmog‗i
lozim. Davlatni aql-idrok bilan boshqarish, – mutafakkir Abu Nasr
Forobiy aytganidek, – xalq boshiga tushgan xavf-xatarni
kamaytirish va bartaraf etishdan iboratdir. Bu hikmatli so‗zlar,
bugungi kunda, davlatlarda
amalga oshirilayotgan ijtimoiy
siyosatning muhim shioriga
aylanishi lozim.
Tahlillarimiz
shundan
dalolat
bermoqdaki,
uzoq
yillar
davomida
barcha
mamlakatlarda
turli
ichki
muammolar,
kelishmovchiliklar,
nomutanosibliklar,
inson
huquqlarining
buzilishi, zo‗ravonlik bilan bog‗liq jinoyatlar sonining ortishi,
terrorizmning kuchayishi, narkotik hamda psixotrop moddalar
iste‘molining ko‗payishi, korrupsiya, byurokratiya, turli
kasalliklarning tarqalishi, atrof-muhitning ifloslanish holatlari
kuchayib, ularning inson xavfsizligi va salomatligiga tahdidi ortib
bormoqda.
Iqtisodiy
xavfsizlikni
ta‘minlashda shaxsning o‗rni
qonunchilikda
ham
o‗z ifodasini topgan. O‗zbekiston
Respublikasining ―Korrupsiyaga qarshi kurash to‗g‗risida‖gi
146
qonuni
1
da shaxs teng huquqli subyekt sifatida e‘tirof etilgani
holda, quyidagi asosiy qoidalar belgilab qo‗yilgan:
Xavfsizlik – shaxs, jamiyat va davlatning har qanday ichki
va tashqi xatarlardan himoyalanganlik holati;
hayotiy muhim ehtiyojlar – shaxs, jamiyat va davlatning
barqaror rivojlanishi va kamol topishiga xizmat qiluvchi
ehtiyojlarning umumiyligi;
xavfsizlikka tahdidlar – davlat, jamiyat va shaxsning
muhim hayotiy manfaatlariga tahdid soluvchi omillar va shart-
sharoitlarning umumiyligi;
tahdidlarning ichki va tashqi manbalaridan kelib chiquvchi
xavfsizlikning real va potensial xavfi ichki va tashqi xavfsizlikni
ta‘minlash borasidagi faoliyatning mazmunini belgilab beradi.
Xavfsizlik masalalarini tartibga soluvchi qonunchilik
hujjatlari mazkur sohada shaxsning o‗rni va ahamiyatini hisobga
olgan holda shaxsning iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashning
o‗ziga xos jihatlarini ko‗rsatib beradi. Xususan, O‗zbekiston
milliy xavfsizligini ta‘minlash strategiyasida uzoq muddatli
istiqbolga
ega,
ushbu
xizmatning
milliy
xavfsizlikni
ta‘minlashning milliy ustuvorliklari belgilab berilgan bo‗lib, ular
orasida quyidagilar alohida o‗rin tutadi:
millatlararo totuvlik, siyosiy va ijtimoiy barqarorlikni
mustahkamlash, demokratik institutlarni rivojlantirish, davlat
idoralari va fuqarolik jamiyati institutlarining o‗zaro hamkorlik
mexanizmlarini takomillashtirish;
mamlakatning demografik jihatdan barqaror rivojlanishini
ta‘minlash, aholi salomatligini mustahkamlash, turmush sifati va
darajasini oshirish;
1
O‗zbekiston Respublikasining ―Korrupsiyaga qarshi kurash to‗g‗risida‖gi Qonun 2017-yil 3-
yanvar O‗RQ-419 son.
147
boy milliy an‘analar va qadriyatlarni saqlab qolish va ularni
yanada keng yoyish.
Xalq manfaatlarni ro‗yobga chiqarishga quyidagi strategik
milliy ustuvorliklarni amalga oshirish orqali erishiladi:
mamlakat mudofaasini mustahkamlash;
davlat va jamoat xavfsizligi;
mamlakat fuqarolarining turmush darajasini yaxshilash;
iqtisodiy o‗sish;
fan, ta‘lim va texnologiyalarni qo‗llab-quvvatlash;
sog‗liqni saqlash;
madaniyat;
tirik tizimlar ekologiyasi va tabiatdan oqilona foydalanish;
teng huquqli strategik sherikchilik va strategik barqarorlik.
Yuqorida
sanab
o‗tilgan
milliy
manfaatlar
va
ustuvorliklardan kelib chiqqan holda, shaxsning iqtisodiy
xavfsizligiga bevosita ta‘sir ko‗rsatuvchi bir qator omillar va
shart-sharoitlarni aniqlashtirish mumkin. O‗z navbatida, shaxsning
iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash borasida quyidagi asosiy
maqsadli yo‗nalishlarni belgilab olish mumkin bo‗ladi:
moliyaviy-iqtisodiy xavfsizlik;
oziq-ovqat xavfsizligi;
axborot xavfsizligi;
mehnat xavfsizligi (bandlikni ta‘minlash va xodimlarning
haq-huquqlarini himoya qilish muammolari);
ekologik xavfsizlik;
ta‘lim va madaniyat sohasida xavfsizlik;
tibbiy xizmat ko‗rsatish sohasida xavfsizlik va boshqalar.
Shaxsning iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash borasida
yuqorida sanab o‗tilgan yo‗nalishlar orasida iqtisodiy omillar
148
asosiylaridan biri hisoblanadi. Buning yaqqol tasdig‗i shundan
iboratki, iqtisodiy omillar shart-sharoitlarsiz jamiyat, xo‗jalik
yurituvchi subyektlar va davlatning yaxlit tarzda taraqqiyotini
rag‗batlantiruvchi, shaxsning har tomonlama rivojlanishi va kamol
topishiga xizmat qiluvchi umumiy ehtiyojlarni qondirmasdan
turib, shaxsning hayotiy muhim manfaatlari va ehtiyojlarini ta‘min
etib bo‗lmaydi.
2017-2021-yillarda
O‗zbekiston
Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishlari bo‗yicha harakatlar
strategiyasini ―Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili‖da
amalga oshirishga oid Davlat Dasturining ikkinchi yo‗nalishida
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish
kafolatlarini ta‘minlash borasida fuqarolarining xususiy mulkka
bo‗lgan huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlash
masalalari ham nazarda tutilgan edi.
―2022-2026-yillarga mo‗ljallangan yangi O‗zbekistonning
taraqqiyot
strategiyasi‖ning
inson
qadrini
ulug‗lashga
yo‗naltirilgan ijtimoiy himoya siyosati bo‗yicha belgilangan
vazifalar doirasida:
2026-yilga qadar ehtiyojmand aholi ijtimoiy nafaqa va
moddiy yordam bilan to‗liq qamrab olish;
Shaxsning iqtisodiy xavfsizligini shaxsning har tomonlama
kamol topishi uchun tegishli shart-sharoitlarning mavjudligi, inson
manfaatlari va ehtiyojlari qondirilishining turli xavf-xatar va
tahdidlardan himoyalanganligi, ijtimoiy barqarorlik, ta‘lim va
sog‗liqni
saqlash
xizmatlaridan
erkin
foydalana
olish
imkoniyatlarining ta‘min etilishi, fuqarolarning qonuniy haq-
huquqlarini kafolatlanganligi sifatida tushuntirishimiz mumkin.
149
Quyidagilarni nazarda tutuvchi aholini ijtimoiy himoya qilish
milliy strategiyasi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish:
ijtimoiy himoya sohasida yagona davlat siyosatini
amalga oshirish;
ijtimoiy sug‗urta tizimini yaratish, jumladan, ijtimoiy
sug‗urta jamg‗armasini tashkil etish;
kam ta‘minlangan oilalarga ijtimoiy yordam va
xizmatlarni ijtimoiy shartnoma asosida taqdim etish;
―Ijtimoiy himoya yagona reestri‖ axborot tizimida
yordamga muhtoj ayollar, yoshlar va nogironligi bo‗lgan shaxslar
bo‗yicha alohida ma‘lumotlar bazasini yaratish, jumladan, ―Temir
daftar‖, ―Yoshlar daftari‖ va ―Ayollar daftari‖ni ―Ijtimoiy himoya
yagona reestri‖ bilan integratsiya qilish va boshqa shu kabi muhim
vazifalar belgilangan.
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida
―Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‗zbekiston
iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi.
Davlat iste‘molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib,
iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha
mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-
baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi‖ – deb belgilangan.
Shaxsning iqtisodiy xavfsizligi tizimini shakllantirishda
davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosati muhim o‗rin tutadi, shu bois,
shaxsning iqtisodiy xavfsizligiga bevosita ta‘sir ko‗rsatuvchi
mamlakatning ijtimoiy sohadagi iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash
masalalariga katta urg‗u beriladi. Shuni alohida qayd etib o‗tish
kerakki, shaxsning iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash borasida
bugungi kunda turli-tuman tahdidlarning kuchayib borishi
sharoitida har bir inson kundalik hayotda duch kelishi mumkin
bo‗lgan xavf-xatarlar va ularning darajasini kamaytirish yoki
150
ularga hayoti davomida duch kelmaslik uchun nimalar qilish
lozimligini bilmog‗i lozim.
Dostları ilə paylaş: |