177
kapitallashtirish koeffitsiyenti, bozor qiymatidagi o‗z
kapitalining qarz mablag‗larining balans qiymatiga nisbati;
menejment
koeffitsiyenti,
sotishdan
olingan
pul
tushumining joriy majburiyatlar miqdoriga nisbati.
Xavfsizlik tizimi o‗z ichiga quyidagilarni oladi:
korxona
obyektlarini,
boshqaruvchi
rahbarlarning
shaxsiy daxlsizligini hamda pul mablag‗larini saqlash uchun
qo‗riqchi-qorovullik xizmatini tashkil etish;
korxonaning
informatsion
jihatdan
himoyalanishini
ta‘minlaydigan analitik xizmatni tashkil etish. Uning vazifalari
ichida
razvedka
va
kontrrazvedka
bilan
shug‗ullanishni
tashkil etish
uchun
strategik
muhim
subyektlar bilan ishlash.
Korxonaning
iqtisodiy
xavfsizligini
ta‘minlash
bo‗yicha
chora-tadbirlarni
amalga oshirish uchun uning
xavfsizligiga tahdid soladigan
xavf-xatarlarni bilish kerak bo‗ladi.
Buning uchun korxonaning
iqtisodiy xavfsizligini ifodalaydigan parametrlarni o‗rganish va
ularni tahlil qilish kerak bo‗ladi.
Korxona iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash beshta elementni
o‗z ichiga oladi:
birinchi – iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlarning tarkibi va
xarakterini hamda ularning ta‘sir yo‗nalishini aniqlash;
ikkinchi – iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlarning ta‘siri
natijasida yuzaga keladigan zararlarni baholash;
178
uchinchi – iqtisodiy xavfsizlikka ta‘sir ko‗rsatadigan
tahdidlarni muhimligi va vujudga kelish vaqti bo‗yicha guruhlarga
ajratish;
to‗rtinchi – u yoki bu tahdidlarga
nisbatan iqtisodiy
xavfsizlikni ta‘minlash strategiya variantini shakllantirish va
tanlash;
beshinchi – iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash bo‗yicha aniq
belgilangan chora - tadbirlarni aniqlash va amalga oshirish.
Korxonada iqtisodiy xavfsizlikni keskinlashuviga olib
keladigan omillarga quyidagilar kiradi:
korxonaning raqobatbardoshlik ko‗rsatkichining pastligi;
korxona uchun investitsiya muhitining yaxshi emasligi;
korxonaning moliyaviy faoliyatini barqaror emasligi;
davlatning o‗z ehtiyojlari uchun kerak bo‗ladigan
mahsulotlarning haqini to‗lash borasida qobiliyatsizligi.
Korxonaning iqtisodiy xavfsizligini
miqdor va sifat jihatdan
tavsiflaydigan indikatorlarga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish dinamikasi;
ishlab chiqarish korxonasining tarmoq va mamlakat yalpi
ichki mahsuloti hajmidagi ulushi;
ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushurishning amaldagi
darajasi;
ishlab chiqarish jarayonining barqarorligi;
ishlab chiqarishning rentabellik darajasi;
aylanma mablag‗larni moliyalashtirish uchun o‗z manbalari
bilan ta‘minlanganlik;
muddati o‗tgan qarzdorlik (debitorlik, kreditorlik);
ishlab chiqarishning fond (kapital) qaytimi;
asosiy ishlab chiqarish fondlarining yangilanish sur‘atlari;
179
innovatsion faollikning darajasi.
Dostları ilə paylaş: