173
VII BOB. KORXONA (FIRMA)NING VA TADBIRKORLIK
FAOLIYATINING IQTISODIY XAVFSIZLIGINI
TA‘MINLASH
7.1-§. Korxonaning iqtisodiy manfaatlari va uning iqtisodiy
xavfsizlik strategiyasi
Korxona iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash ishlab chiqarishni
tashkil etishning butunlay yangi tizimi hisoblanadi. Iqtisodiyot
subyektlari orasida milliy iqtisodiyot rivojlanishining muhim
dastagi bo‗lgan korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash
alohida ahamiyatga ega.
Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi jamiyatda iqtisodiy,
ijtimoiy va
siyosiy barqarorlik buzilganda, ayniqsa, dolzarb
bo‗ladi. Ishlab chiqarish xo‗jaligi faoliyati deganda, korxonaning
bo‗linmalari va
ishlovchilarining tashqi muhit, o‗zaro bir-biri
bilan munosabatlarida korxona aktivlari va passivlarining
o‗zgarishiga olib keladigan yoki salohiyatli holda olib kelishga
qodir bo‗lgan barcha xatti-harakatlarni tushunishi lozim.
Bunda
korxonalar davlat organlari, boshqa korxonalar va jismoniy
shaxslar bilan bo‗ladigan turli munosabatlarga kirishadilar, tovar -
moddiy boyliklardan foydalangan holda doimiy ravishda o‗zgarib
turadigan bozor sharoitida va raqobat muhitida ishlaydilar.
Korxona iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash bo‗yicha masalalarni
hal etishda sanab o‗tilgan barcha omillarni inobatga olish zarur.
Korxonaning
iqtisodiy xavfsizligi deganda, uning ilmiy-
texnikaviy, ishlab chiqarish salohiyatini hamda kadrlarni faol va
nofaol iqtisodiy tahdidlardan, masalan,
davlatning samarasiz ilmiy-
sanoat siyosatidan yoki tashqi muhitda yuzaga kelgan tahdidlardan
himoyalanganligi tushuniladi.
174
Eng umumiy holda iqtisodiy xavfsizlik deganda korxonaning
mavjud tashqi sharoitlarda va ularning ma‘lum bir chegaralarda
o‗zgarishlarida o‗z maqsadlariga erishish uchun normal holda
faoliyat ko‗rsatishga qodir bo‗lishi bilan
tavsivflanadigan holati
tushuniladi. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligiga ta‘rif berilganda
ko‗p hollarda ―tahdid‖ atamasidan foydalaniladi, korxonaning
iqtisodiy xavfsizligi deganda
esa uning ilmiy-texnikaviy,
texnologik, ishlab chiqarish va kadrlar salohiyatini aktiv yoki
passiv tahdidlardan himoya qilinganligini tushunish tavsiya
etiladi.
―Tahdid‖ atamasini ham har xil talqin qilish mumkin. Tahdid
– bu voqealarning shunday rivoji, harakat (harakatsizliklar) bo‗lib,
uning natijasida korxonaning normal faoliyat ko‗rsatishining
buzilishi va o‗z maqsadlariga erisha olmasligi, jumladan, istalgan
turdagi zararning keltirilishi ehtimoli oshadi yoki buning uchun
sharoit yaratiladi.
7.1 - jadval
Dostları ilə paylaş: