See discussions, stats, and author profiles for this publication at


-jadval  Shaxs iqtisodiy xavfsizligiga ichki va tashqi tahdidlar



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   224
30 06 2022 . (1)

6.1-jadval 
Shaxs iqtisodiy xavfsizligiga ichki va tashqi tahdidlar
1
 
Tashqi tahdidlar 
Ichki tahdidlar 
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish sur‘atlarining jamiyat 
ehtiyojlari o‗sishiga nisbatan 
orqada qolishi 
shaxsning o‗z oldiga noto‗g‗ri 
maqsadlarni qo‗yishi 
bozor konyunkturasidagi 
tebranishlar,siklik o‗zgarishlar, 
iqtisodiy inqirozlar 
bilim va kasb-malaka darajasining 
pastligi yoki yo‗qligi 
Aholining ish bilan bandlik 
darajasining pastligi, ishsizlik va 
inflatsiyaning boshqarib 
bo‗lmaydigan darajalarda o‗sishi 
kam haq to‗lanadigan ishlarda ishlashi 
ishsiz bo‗lib qolishi 
ijtimoiy sohalar, shu jumladan, 
ta‘lim va sog‗liqni saqlash 
sohalar rivojlanishining past 
darajadaligi 
Mehnat salohiyatining pastligi, ishchi 
kuchi raqobatbardoshligining pastligi 
yoki yo‗qligi, 
raqobat kurashida sinishi, bozori kasod 
bo‗lishi 
1
Abulqosimov M.H.tomonidan tuzilgan. Qarang: Abulqosimov M.H. Shaxs iqtisodiy xavfsizligiga 
tahdidlar va ularning oldini olish yo‗llari. // Iqtisod va moliya. 2017. 12-son. 22-bеt. 


153 
mamlakatda ijtimoiy-siyosiy 
vaziyatning yomonlashuvi 
daromadi kam bo‗la turib bolalari va 
boqimandalarining ko‗p bo‗lishi 
tabiiy muhitning yomonlashuvi, 
tabiiy ofatlar, favqulodda 
vaziyatlar 
tug‗ma nogironlik, insonning jismoniy 
va aqliy imkoniyatlarining 
cheklanganligi 
tabiiy yoki inson, kapital 
resurslarining yetarli emasligi 
boquvchisidan ayrilib qolishi 
mamlakatda kriminallashuv, 
uyushgan jinoyatchilik va 
korrupsiyaning kuchayishi 
qariganligi va kasalliklari hamda 
travmalar sababli mehnat qobiliyatini 
vaqtinchalik yoki butunlay 
yo‗qotganligi 
mamlakat tashqi qarzlarining 
haddan tashqari ortib ketishi
insonning qat‘iyatsizlik, sabrsizlik, 
chidamsizlik, dangasalik, passivlik 
kabi salbiy shaxsiy xususiyatlari 
jahon iqtisodiyotidagi inqirozli 
vaziyatlar 
insonning yomon xulq va 
odatlar(axloqsizlik, ichkilikbozlik, 
qimorbozlik va nosog‗lom hayot 
tarzi)ga moyilligi 
turli davlatlar o‗rtasida nizo, 
ziddiyat, qarama-qarshiliklarning 
kuchayishi 
Omadsizlik 
O‗rta sinfning ulushi bo‗yicha ham turlicha baholashlar 
mavjud. G‗arb mamlakatlarida o‗rta sinf vakillariga mansublikni 
baholashda shaxsning ma‘lumoti, shug‗ullanadigan aqliy va 
jismoniy faoliyati, daromadi kabi ko‗rsatkichlardan foydalaniladi. 
Mazkur yondashuvdan foydalansak, bugungi kunda katta yoshdagi 
mamlakat aholisining 40 foizini o‗rta sinfga mansub deb 
hisoblashimiz mumkin. Ammo mazkur yondashuv O‗zbekiston 
uchun unchalik ham qo‗l kelavermaydi. Xususan, bugungi kunda 
O‗zbekistonda oliy ma‘lumotga ega va u yoki bu faoliyat bilan 
shug‗ullanayotgan shaxs o‗zini o‗rta sinfga mansub deb 
hisoblasada, uning daromadlari o‗ta past darajada. Shuni inobatga 
olgan holda, bugungi kunda O‗zbekiston Respublikasida 


154 
fuqarolarining 40-45 foizi o‗rta sinfga mansub bo‗lsa, 5 foiz 
aholini boylar qatlamiga qo‗shishimiz mumkin. 
Jamiyat aholisining bunday ijtimoiy tarkibi, shu bilan bir 
qatorda, uy-joy bilan ta‘minlanish, sifatli ta‘lim, tibbiy va madaniy 
xizmatlardan foydalanish borasidagi keskin tafovutlar mamlakatda 
aholi o‗rtasida jiddiy noroziliklarni keltirib chiqaradi. 
Mamlakatda qishloq feldsherlik punklarini tugatish va 
o‗quvchilar soni kam bo‗lgan maktablarni optimallashtirish 
asnosida ko‗plab aholi punktlarida istiqomat qiluvchi aholi 
o‗rtasida norozilik kayfiyatining kuchayishiga olib keldi. 
Transport vositalari bilan ta‘minlanish darajasining pastligi, 
mahalliy yo‗llar ahvolining yomonligi aholini tez va sifatli tibbiy 
xizmatlardan foydalanishiga katta salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Bunday 
muammolarning yanada kuchayishi ko‗pchilik holatlarda o‗z 
vaqtida tibbiy yordam ko‗rsatish imkoniyatining yo‗qligi bois 
fuqarolarning 
o‗limiga 
olib 
kelishi 
ko‗p 
kuzatilgan. 
Muammolarning bunday surunkali va jiddiy tus olishi mazkur 
muammolarni hal etish borasida maqsadli davlat siyosatini amalga 
oshirishga va bugungi kunda mamlakatda yosh mutaxassislarning 
uzoq aholi yashash manzillarida ta‘lim, sog‗liqni saqlash sohasida 
o‗z mehnat faoliyatlarini olib borishlarini rag‗batlantirish 
maqsadida turli dasturlar ishlab chiqilib amalga oshirilmoqda. 
Lekin ko‗rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan mazkur 
muammolar hanuz o‗zining to‗liq yechimini topayotgani yo‗q.
Shaxs nuqtayi nazaridan maqbul iqtisodiy xavfsizlik 
darajasini ta‘minlash borasidagi jiddiy muammolardan yana biri – 
bu aholini uy-joy bilan ta‘minlash darajasining pastligi 
hisoblanadi. Bu ko‗rsatkich uzoq yillar davomida asosiy e‘tiborni 
uy-joy qurishga emas, balki ishlab chiqarishni rivojlantirishga 
katta e‘tibor qaratgan. Ijtimoiy uy-joy olish uchun yillar davomida 


155 
navbatda turganlar oilalar sonining ko‗pligi mamlakat uchun 
tahdid hisoblanadi. Keyingi yillar davomida uy-joy olish uchun 
navbatda turgan oilalarning soni kamaymagan va bunday oilalar 
umumiy oilalar sonining 5 foizini tashkil qiladi.
Bugungi kunda hukumat fuqarolar tomonidan o‗z va qarz 
mablag‗lari evaziga uy-joy sotib olishlarini rag‗batlantirish 
siyosatini amalga oshirmoqda, bu uzoq muddatli masala sifatida 
o‗rinli bo‗lsa, lekin uy-joyga ehtiyojmandlarning aksariyat qismini 
kam ta‘minlanganlar ekanligini inobatga olsak, masalani 
yechimini topish uchun boshqacha yo‗l tutish lozimligi ayon 
bo‗ladi. 2017-2018-yillarda mamlakat ipoteka bozorida kuchli 
siljish yuz berishi natijasida yangi uy-joylar qurilishi keskin o‗sdi. 
Biroq uy-joy fondining eskirganligi, ko‗pchilik turar joylar 
avariya 
holatida 
ekanligi 
bois, 
aholining 
uy-joy 
bilan 
ta‘minlanishida aytarli o‗zgarish yuz bermadi. Ipoteka bozori 
imkoniyatlaridan aksariyat hollarda daromadi yetarli bo‗lgan 
fuqarolar 
foydalanganlarini 
kuzatish 
mumkin. 
2018-yilda 
mamlakat hukumati tomonidan ipoteka bozoriga katta e‘tibor 
qaratilishi mamlakat uy-joy qurilishini keskin oshirish imkonini 
beruvchi kuchli qurilish sanoati majmuiga egaligini ko‗rsatdi. Bu 
o‗rinda bitta muammo bor u ham bo‗lsa, aholi daromadlari 
darajasining pastligidir.
O‗zbekistonda davlatning milliy, iqtisodiy, axborot, harbiy 
xavfsizligini ta‘minlash ustuvor vazifa etib belgilab kelingan, bu 
yo‗nalishda tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amalga 
oshirilgan. Ammo xalqning, alohida shaxsning xavfsizligini 
ta‘minlash, davlat xavfsizligini ta‘minlash tizimida e‘tibordan 
chetda qolgan yoki unga bu tizimning bir kichik elementi sifatida 
jiddiy e‘tibor qaratilmagan. Inson xavfsizligini ta‘minlashning 
bugungi 
taraqqiyot 
mazmuniga 
mos 
yangi 
strategik 


156 
Konsepsiyasini ishlab chiqish va hayotga joriy etish davr talabidir. 
Xususan, mamlakatimizdan norasmiy yo‗l bilan xorijga 
ketayotgan mehnat migrantlari – O‗zbekiston fuqarolarining 
taqdiri bilan uzoq yillar davomida hech kim, hech qanday idora, 
tashkilot amalda shug‗ullanmadi. Oqibatda, xorijga ketgan 
hamyurtlarimizdan 20-30 foizining hayoti katta xavf-xatar ostida 
bo‗ldi, 3-5 foiz hamyurtlarimiz esa turli sabablar bilan, 
himoyasizligi 
oqibatida 
hayotdan 
ko‗z 
yumdi, 
―odam 
savdosi‖ning qurboni bo‗ldi. Uzoq yillar davomida bunday 
holatga ―panja ortidan‖ qarab kelindi. Bu borada, o‗tgan 2017-
yilgacha 
tegishli 
choralar 
ko‗rilmadi, 
xorijdagi 
hamyurtlarimizning xavfsizligini ta‘minlash choralari ishlab 
chiqilmadi.
Migrantlar masalasi hukumatning diqqat markazida bo‗lishi, 
bu borada tegishli tadqiqotlar o‗tkazilishi lozim. Xorijdagi 
O‗zbekiston fuqarosining yashash joyi, faoliyatining turi, oilaviy 
ahvoli, ijtimoiy himoyalanganlik darajasi, daromadlari xususidagi 
ma‘lumotlar tegishli davlat idoralarida mavjud bo‗lishi kerak. 
Xorijdagi har bir fuqaromiz to‗g‗risida ―ma‘lumotlar banki‖ni 
yaratish va uning asosida odamlarimiz bilan doimiy aloqada bo‗lib 
turish kerak. Bu borada sharoit taqozo etsa, xalqaro normalar 
doirasida migrantlar ishi bo‗yicha ba‘zi majburlov choralarini ham 
joriy etish maqsadga muvofiqdir. 
Ikkinchidan, inson xavfsizligini ta‘minlash davlatning uzoq 
muddatga hamda yaqin kelajakka belgilagan vazifalaridan, milliy 
hamda xalqaro xavfsizlikni ta‘minlash borasidagi amaliy 
ishlaridan kelib chiqishi lozim. Inson xavfsizligini ta‘minlash 
milliy xavfsizlikni ta‘minlash darajasida, u bilan bir qatorda 
bo‗lishi zarur. 


157 
Uchinchidan, inson xavfsizligini ta‘minlash masalasi inson 
huquqlari, demokratiya, taraqqiyot borasida amalga oshiriladigan 
tadbirlar bilan uzviy bog‗liq holda olib borilishi lozim. 
To‗rtinchidan, inson xavfsizligiga bo‗layotgan tahdid, xavf, 
chaqiriqlar, bugungi kunda juda murakkab tus olganligini inobatga 
olish va har bir shaxs xavfsizligini ta‘minlashda, bu ishda 
tashabbuskor bo‗lishda jamiyatdagi barcha kuchlar — davlat 
boshqaruv 
organlari, 
fuqarolarning 
o‗zini-o‗zi boshqarish 
organlari, jamoat tashkilotlari, xalqaro nufuzli tashkilotlar mas‘ul 
bo‗lishlari lozim. Sababi, inson xavfsizligiga bo‗layotgan 
tahdidlar nafaqat milliy, balki xalqaro, global ahamiyatga ega va 
ularni bartaraf etish davlatlarning ko‗p tomonlama hamkorligini 
taqozo etadi. Bu hamkorlik natijasida esa samarali qarorlarni 
ishlab chiqish, qabul qilish, hayotga joriy etish imkoni tug‗iladi. 
Beshinchidan, inson xavfsizligi Konsepsiyasini ishlab 
chiqishda bu ishga aloqador idoralarning tizimli hamkorligini 
ta‘minlash maqsadga muvofiqdir. 
Oltinchidan, inson xavfsizligini ta‘minlash va uni yangi 
bosqichga ko‗tarishda nodavlat-notijorat tashkilotlarining roli juda 
muhim. NNTlar inson xavfsizligini ta‘minlashda davlatning yaqin 
hamkori bo‗lishi darkor. 
Ijtimoiy sohada mamlakat xavfsizligiga tahdid soluvchi 
jiddiy muammolardan yana biri – bu ishsizlikdir. Ishsizlik 
mamlakat 
uchun 
nisbatan 
yangi 
fenomen 
hisoblansada, 
mamlakatning mehnat resurslari ortiqcha bo‗lgan hududlari va 
hududlar 
o‗rtasida 
mehnat 
kuchlarining 
taqsimlanishida 
nomutanosiblik mavjud.
O‗zbekistonda rasmiy ishsizlik darajasi uncha katta 
bo‗lmasa-da, 2018- yilda iqtisodiy faol aholining 9,7 foizini 
tashkil etgan, biroq uning amaldagi ko‗lami va darajasi sezilarli 


158 
darajada yuqoridir. O‗zbekistonda yashirin ishsizlik darajasining 
amaldagi ko‗rsatkichlari 20-23 foizni, mamlakatning ayrim 
hududlarida esa bundan ham yuqoriroqni tashkil etadi. Ishsizlik 
darajasining 
o‗sishi 
kambag‗allik 
muammosini 
yanada 
chigallashtirgani 
va 
jamiyatdagi 
ijtimoiy 
beqarorlikni 
kuchaytirgani holda, shaxs va davlatning iqtisodiy xavfsizligiga 
jiddiy xavf tug‗diradi. 

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin