See discussions, stats, and author profiles for this publication at



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   224
30 06 2022 . (1)

 
va ayollar 229,4 ming

ishsiz va band bo‗lmagan aholiga xizmatlar ko‗rsatildi. Xususan, 
501,1 ming nafari doimiy ish o‗rinlariga ishga joylaytirish va 
jamoat ishlariga jalb qilish orqali bandligi ta‘minlandi, 15 ming 
nafar ishsizlar kasb-hunarga o‗qitildi, 27,0 ming nafar ishsiz 
shaxslarga Bandlikka ko‗maklashish jamg‗armasidan 10,1 
milliard so‗m ishsizlik nafaqasi to‗lab berildi. Shuningdek, 
Bandlikka 
ko‗maklashish 
jamg‗armasidan 
ajratiladigan 
subsidiyalar 
hisobiga 
24,8 
ming 
nafar 
fuqaro 
shaxsiy 
tomorqalarida, 15 ming nafar fuqaro qishloq xo‗jaligi, tikuvchilik 
va hunarmandchilik kooperativlarida a‘zo sifatida biriktirilib, band 
qilingan, 3 ming nafar fuqaro tadbirkorlikka jalb etilgan, 256 ta 
ish beruvchiga mehnat organlari yo‗llanmasi bilan ishga olingan 
2,3 ming nafar ishsizlarning kasbiy malakasini oshirganligi va 
ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini ishga olganligi uchun moddiy 
ko‗mak ajratilgan
1

O‗zbekistonda inqiroz davrida yordamga muhtoj aholi 
qatlamiga (koronavirus pandemiyasi tufayli ishlay olmayotgan 
oilalar, chet eldan qaytgan va xorijga ishlashga qaytib keta 
olmagan migrant ishchilar, yolg‗iz yashovchi qariyalar) e‘tibor 
qaratish orqali ularni qo‗llab-quvvatlash, ijtimoiy nafaqa va 
moddiy yordamlar ajratilishi oshirishga qaratilgan choralar 
ko‗rildi. 
Jumladan, 
oilalarning 
ijtimoiy 
nafaqa 
olishga 
muhtojligini baholash tartib-taomillari soddalashtirildi. 2020-
yilning mart oyida nafaqa va moddiy yordam oluvchilar soni 10 
foizga oshirilishi sababli ularning soni 596 mingtadan 655 
1
O‗zbеkistonda yanvar-iyun oylarida ishsizlik darajasi 13,2 foizni tashkil etdi//
https://daryo.uz/



170 
mingtaga oshdi. Keyinchalik, nafaqalar va moddiy yordam 
tayinlanishi avtomatik tarzda uzaytirilishi, adresatlardan tegishli 
arizalar yangidan berilishi talab etilmasligi belgilanganligi 
natijasida, nafaqa oluvchilar soni 719 mingtagacha oshirildi
2020-yilning may oyida e‘lon qilingan aholini davlat tomonidan 
qo‗llab-quvvatlash 
bo‗yicha 
navbatdagi 
choralarga 
ko‗ra, 
qo‗shimcha 220 mlrd.so‗m
 
miqdoridagi mablag‗lar ajratilishi 
hisobiga nafaqa va moddiy yordam oluvchilar soni qo‗shimcha 
yana 10 foizga oshirildi. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 
Oliy Majlisga murojaatnomasida ta‘kidlaganlaridek, qisqa 
muddatda 
Toshkent 
shahri va hududlarda 
barcha sharoitlarga ega 
bo‗lgan qariyb 30 ming 
o‗rinli 
davolash 
maskanlari tashkil etildi. 
Ular zarur dori-darmon, 
himoya 
va 
eng 
zamonaviy diagnostika 
vositalari bilan ta‘minlandi. Pandemiyaga qarshi kurashish uchun 
200 mingdan ziyod tibbiyot xodimi, jumladan, chet ellik 150 nafar 
yuqori malakali shifokor va mutaxassislar jalb etildi. Xorijdan 600 
mingdan ortiq vatandoshlarimiz yurtimizga olib kelindi. Chet elda 
qiyin ahvolga tushib qolgan 100 mingga yaqin fuqarolarimizga 
zarur yordamlar ko‗rsatildi. Pandemiya oqibatlarini yumshatish va 
bartaraf etish uchun davlat tomonidan jami 82 trillion so‗mlik 
kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, Inqirozga 
qarshi jamg‗arma tashkil etilib, koronavirusga qarshi kurashish, 
aholi va korxonalarni qo‗llab-quvvatlash bilan bog‗liq tadbirlarga 


171 
byudjetdan 16 trillion so‗mdan ortiq mablag‗ yo‗naltirildi. 
Shuningdek, davlat korxonalariga va 500 mingdan ziyod 
tadbirkorlik subyekti hamda qariyb 8 million fuqaroga jami 66 
trillion so‗mlik soliq imtiyozlari, kredit muddatlarini uzaytirish va 
moliyaviy qo‗llab-quvvatlash bo‗yicha amaliy yordamlar berildi. 
―Saxovat va ko‗mak‖ umumxalq harakati doirasida fidoyi va 
olijanob vatandoshlarimizning faol ishtirokida 800 mingdan ziyod 
ehtiyojmand oilalarga 1 trillion so‗mdan ortiq moddiy yordam 
ko‗rsatildi
1

Endilikda, shaxs iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash nafaqat 
davlat boshqaruvi organlari, hukumat, fuqarolik jamiyati 
institutlari, 
jamoat 
va 
nodavlat-notijorat 
tashkilotlarining 
birgalikdagi sa‘y-harakatlarigagina, balki har bir fuqaroning 
o‗ziga ham bog‗liqdir. Shaxs manfaatlari va xavfsizligiga 
tahdidlarga munosabatda insonning ruhiy holatini faollik, 
bag‗rikenglik (tolerantlik), chidamlilik kabi qobiliyat va sifatlarini 
shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Muxtasar aytganda, O‗zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasida qayd etilgan inson 
hayotini yaxshilashga, uning turmush tarzini yuqori bosqichga 
ko‗tarishga qaratilgan, xususan, ish haqi, pensiya va nafaqalar 
miqdorini bosqichma-bosqich oshirish, aholi bandligini ta‘minlash 
masalasini samarali hal etish, fuqarolarni zamonaviy va arzon uy-
joylar bilan ta‘minlash, uy-joy va kommunal xo‗jaligini, ijtimoiy 
infratuzilma obyektlarini modernizatsiya qilish, aholini ijtimoiy 
himoya 
qilish 
va 
sog‗liqni 
saqlash 
tizimini 
yanada 
takomillashtirish tadbirlari ham inson xavfsizligini ta‘minlash 
Konsepsiyasida o‗z ifodasini topishi lozim. 
 
1
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi. 
2020 yil 29 dekabr.// Xalq so‘zi, 2020 yil 30 dekabr. 


172 

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin