“
Involta” Innovation Scientific Journal
Vol. 1 No.12 November (2022)
5
ISSN 2181-2632
www.2.involta.uz
raqobat kontekstida, albatta, mos keladi. Shu kabi islohotlar iste’molchilar
uchun sof foyda
yaratish va bu tartibga solish raqobatchilarga emas, balki iqtisodiy raqobatga xizmat qiladi.
Islohotlar xarajatlarni va bozor qonun-qoidalarini buzilishini minimallashtirishi kerak.
Mutasaddi tashkilotlar iqtisodiyotga tushadigan xarajatlar va yukni minimallashtirish
masalasini ko’rib chiqish kerak. Bu o’tgan tekshiruvdan olingan empirik ma’lumotlardan
foydalangan
holda xarajatlarni ham, foydalarni ham zarur darajadagi qat’iylik bilan baholash
zarurligini anglatadi. Bundan kelib chiqadiki, iqtisodiy maqsadlarda xarajatlarni
tartibga solish
hamda uning mukammal sxemasi bo’lishi kerak. Monopoliya va uni oldini olishga mas’ul
tashkilotlar iqtisodni tartibga solishda maqsadli tarmoqlarni imkon qadar kamroq buzishga harakat
qilishlari kerak.
Shuningdek, innovatsiyalar har qanday sohada taraqqiyotning asosiy omili bo‘lib,
hukumatlar uning iqtisodiy o‘sish dvigateli sifatidagi ahamiyatini tobora ko‘proq e’tirof etmoqda.
Masalan, raqobatni ta'minlash bo'yicha ko'plab harakatlar narxlar yoki ishlab chiqarish kabi
an’anaviy ta'sirlarni hisobga olgan bir xil tahlillarda innovatsiyalarga potensial ta’sirni ko'rib
chiqadi. Iste’molchilar o’z mahsulotlari, xizmatlari va umumiy tajribasini
yaxshilash uchun
innovatsiyalarga tayanadilar. Shu nuqtai nazardan, iqtisodiyotga innovatsiyalarni olib kirish
bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri bo’lishi lozim.
Xulosa
.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joiz, har qanday qonun yoki islohot “raqobatchilarni emas,
raqobat muhitini qo’llab-quvvatlashi lozim. Iqtisodiy islohotlarni
amalga oshirayotganda,
yuqoridagi faktorlarni hisobga olish lozim. Shuningdek, xorijiy davlatlarda raqobat muhitini
rivojlantirishda amalga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlarni kuzatib borish, tahlil qilish va uni
iqtisodiyotimizga moslashtirish orqali ham yurtimizdagi iqtisodiy muhitni yanada yaxshilash
mumkin. Shuni alohida ta’kidlash joiz, bugungi kunda mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan
iqtisodiy islohotlar negizida yurtimizning yuksak taraqqiyoti va xalqimizning farovon hayoti kabi
ustuvor vazifalar o’rin olgan.
Dostları ilə paylaş: