SELLYULOZA VA UNING ASOSIDA OLINADIGAN MAHSULOTLAR (Tolibov Fahriyor)
Sellyulozani yogʻochdan ajratib olishda (yogʻochda 40—50% S., 5—10% geksozanlar, 10— 20% pentozanlar, 20—30% lignin, 2—5% smola va boshqa aralashmalar boʻlib, ular murakkab morfologik tuzilishga ega boʻlganligi uchun) murakkab ishlov berish usuli yogʻoch tarashalarini sulfitli yoki sulfatli qaynatish usuli qoʻllanadi. Sulfitli qaynatish usuli yuqori sifatli qogʻoz va karton tayyorlashda, sulfatli qaynatish usuli esa buklamali (gofrirli) karton, qop qogʻozi tayyorlashda qoʻllanadi.

Sellyuloza oq rangli tolali material, zichligi 1,52—1,54 g/sm3 (20°da). Kimyoviy tabiatiga koʻra, Sellyuloza koʻp atomli spirtdir. Makromolekula elementar zvenosida gidroksil guruhi boʻlganligidan S. ishqoriy metallar va asoslar bilan reaksiyaga kirishadi. S.ga konsentrlangan ishqor eritmasi taʼsir ettirilganda kimyoviy reaksiyalar bilan bir qatorda fizik-kimyoviy jarayonlar ham kechadi, yaʼni Sellyuloza boʻkadi. Sellyulozaning konsentrlangan NaOH eritmasi bilan reaksiyaga kirishishidan toʻqimachilik sanoatida sunʼiy tolalar va oddiy Sellyuloza efirlari i.ch.da foydalaniladi.