Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə220/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI 
89 
Sezgi

Bilish faoliyatida sezgi – narsalar ayrim xossalarining sezgi a’zolari orqali his qilingan 
oddiy obrazi, in’ikosi, nusxasi yoki o‘ziga xos surati dastlabki sezgi obrazi hisoblanadi
. Masalan, 
aplesinda biz to‘q sariq rang,o‘ziga xos hid, ta’mni sezamiz. CHunki, sezgilar insondan 
tashqaridagi muhitda
 
yuz berayotgan va uning sezgi a’zolariga ta’sir ko‘rsatayotgan jarayonlarda 
yuzaga
 
keladi. Ovoz va yorug‘lik to‘lqinlari, mexanik bosim, kimyoviy ta’sir va hokazolar
 
tashqi 
ta’sirlantiruvchilar hisoblanadi.
 
Forobiy bilishning ikki shakli – hissiy va oqilona bilishni 
farqlaydi.
 
Insonni tashqi dunyo bilan bog‘lovchi sezgilar roliga e’tiborni qaratar ekan,
 
Forobiy 
ularni besh turga ajratadi. U sezgilarni bilimning asosiy manbai
 
deb hisoblab, sezgilar faqat 
narsaning in’ikosi narsaning o‘ziga mos tushgan
 
holda haqiqiy bo‘lishi mumkin
1
, deb 
ta’kidlaydi. Forobiyning bilishda va umuman hissiy idrok etishda sezgilarning roli haqidagi 
qarashlari Aristotelning «sezmaydigan odam hech narsani bilmaydi va tushunmaydi», degan 
fikriga juda o‘xshash. Insonning hayvondan farqi shundaki, u aql va sezgilar yordamida 
bilimlarni o‘zlashtirishga qodir. «Aql kuchi» borliq narsalarining fikriy in’ikosini o‘zida 
gavdalantiradi. Dunyoviy hodisalarning mohiyati va sabablarini bilgan aql osmon jismlari va 
ularning shakllarini bilishga harakat qiladi. Shu oxirgi bosqichda insonga ta’sir ko‘rsatuvchi 
koinot aql bilan birikadi va boqiylik xususiyatini kasb etadi.
 
Aql dunyoning yaralish bosqichlari 
sifatida inson va birinchi sabab o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi, birinchi sabab 
esa, o‘z navbatida, aqlga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Harakatlanuvchi aql jon bilan ruh orqali 
bog‘lanadi, jon inson tanasidan o‘rin oladi, shunday qilib, nodunyoviy hayot jihatlari insonga 
o‘tadi va pirovardida inson mohiyati, bilimlari – uning aqli boqiylik xususiyatini kasb etadi.
 
Forobiy fikricha, sezgilar tartibga ega bo‘lganidek, aqlning ham o‘z tegishli tartibi mavjuddir
2

Birinchi metod tabiiy fanlar (fizika)ga, ikkinchisi matematikaga mos tushadi. Ikkala metoddan 
ham faqat fanda narsa va hodisaning u yoki bu jihatini teranroq tushunish maqsadida 
foydalaniladi.
 
Idrok

Sezgi a’zolariga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi predmetlar, ularning xossalari va 
munosabatlarini aks ettiruvchi yaxlit obrazni idrok etish deb ataladi
. Insonning idrok etishi 
narsalar, ularning xossalari va munosabatlarini tushunish va anglab etishni o‘z ichiga oladi. 
Bunda inson o‘zining har
 
bir yangi taassurotini mavjud bilimlar tizimiga kiritadi. Sezish va idrok
 
etish inson tashqi dunyoga amaliy ta’sir ko‘rsatishi jarayonida, mehnatda, sezgi a’zolari faol 
ishlashi natijasida amalga oshadi va rivojlanadi; masalan,harakatsiz ko‘z narsalar rangini 
farqlashga qodir emas. Organizmning makroskopik, yaxlit narsalar va jarayonlar olamida mo‘ljal 
olishga bo‘lgan ehtiyoji bizning sezgi a’zolarimizni shunday tashkil qilganki, biz narsalarni 
yaxlit holda idrok etamiz. Aks holda hamma narsa harakatlanayotgan zarralar, molekulalar 
pardasiga aylangan va biz narsalarlarning chegaralarini ko‘rmagan bo‘lur edik. Ko‘rish a’zosi 
organizm hayotida muhim rol o‘ynaydigan borliqdagi yorug‘lik hodisalarini mumkin qadar 
yaxshiroq aks ettirish yo‘nalishida rivojlangan. Shu sababli ko‘z tabiatda mavjud yorug‘lik 
ta’sirida yorug‘likni qabul qilish, quloq – ovoz tebranishlarini farqlash uchun moslashgan va 
hokazo. Sezgi a’zolarining o‘ziga xosligi, «fiziologik» idealistlar fikridan farqli, tashqi dunyoni 
to‘g‘ri bilishga nafaqat monelik qilmaydi, balki, aksincha, narsalarning ob’ektiv xossalari 
aniqroq va to‘liqroq aks etishini ta’minlaydi. 
Xotira 
o‘tmish va hozirgi zamonni birlashtiradi, ularning bir-biriga o‘tishini ta’minlaydi. 
«Tovushlar va so‘zlar soni ko‘paygandan keyin, odamga uning
 
xotirasi yordamga keladi... 
Yozuv ham xotira bilan birga inson imkoniyatlarini oshiradi»
3
. Agar obrazlar miyada unga 
predmet ta’sir ko‘rsatgan paytda paydo
 
bo‘lib, bu ta’sir to‘xtaganidan keyin darhol g‘oyib 
bo‘lganida, inson narsalarni
 
har safar mutlaqo notanish narsalar sifatida qabul qilgan, u mazkur 
narsalarni tanimagan, demak, ularni anglamagan bo‘lar edi. Biror narsani anglash uchun aqlning 
ishlashi hozirgi holatni oldingi holat bilan taqqoslashi talab etiladi. Tashqi ta’sirlarning idrok 
etilishi va ularning vaqtda saqlanishi natijasida xotirada tasavvurlar uyg‘onadi.
 
1
Қаранг: Фараби. Китаб ал-Хуруф. Душанбе. «Илм», 1972 г. с. 23.
2
Қаранг: Фараби. Китаб ал-Хуруф. Душанбе. «Илм», 1972 г. с. 24.
3
Қаранг: S.M.Hotamiy. Islom tafakkuri tarixidan. –Т.: «Minhoj», 2003 y. 74-b.



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin