Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə311/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

birlashtiruvchi, ayiruvchi 
va shartli hukmlar.
Birlashtiruvchi hukmlarda 
sub’ekt rki predikat, ba’zan ikkalasi ham birdan ortiq bo‘ladi. 
Ularning tarkibida terminlarning teng bog‘lovchi «va» (uning o‘rniga mos keluvchi boshqa 
bog‘lovchi) mavjud bo‘ladi. Masalan, «Kant va Feyrbax nemis filosoflaridir», «Hamza shoir, 
dramaturg, kompozitor, ma’rifatparvar ». 
Ayiruvchi hukmlar 
tarkibida «yoki» bog‘lovchisi bo‘lib, bir qancha predikatlarni bir 
biridan ayirib turadi. Masalan, «Qodirov yo psixologiya, yoki siyosiy iqtisod, yoki filosofiya 
bo‘limida o‘qiydi». 
SHartli hukmlar 
tarkibida odatda «...sa, ...bo‘ladi» so‘zlari mavjud bo‘ladi. Ko‘pincha ikki 
bog‘liq hodisa haqida fikr bayon qilinadi. SHartli hukmning sabab va oqibatini ifodalaydigan 
qismlarida sub’ekt va predikat alohida-alohida bo‘ladi. Masalan, «Agar jism qizdirilsa, u 
kengayadi». Birlashtiruvchi hukmlar kon’yuktiv, ayiruvchi hukmlar diz’yunktiv, shartli hukmlar 
implikativ hukmlar deb ham ataladi. Ayiruvchi hukmlar «
S
yoki 
R, 
yoki 
R
1

yoki 
R
2
 
dir» 
formulasi, shartli hukmlar «Agar 
S R
 
bo‘lsa, 
S
1
 P
t
 
dir» formulasi orqali beriladi. 
Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi: tuzilishi, turlari va umumiy qoidalari.
Muhokama jarayonida olamdagi predmet va hodisalar orasidagi aloqa va munosabatlarni 
ifodalovchi bir yoki birdan ortiq yoki mushohada (fikr) asosida yangi bilim (fikr) ni hosil 
qilishning mantiqiy usuli xulosa chiqarish deb yuritiladi. Xulosa chiqarish asosida mantiq qonun-
qoidalariga tayangan holda ilgaridan ma’lum bo’lgan bilimdan yangisiga o’tish yotadi. Xulosa 
chiqarish shunday mantiqiy usulki, uning natijasida insonning olam haqidagi, bilimlari uzluksiz 
ravishda boyib, kengayib, chuqurlashib boradi. Xulosa
chiqarishda olamni bevosita bilish bilan 
bir qatorda mantiqiy fikrlash usullarini egallash talab qilinadi. Xulosa chiqarish uchun har safar 
olam, undagi predmetlarga murojaat qilish shart emas. Mavjud narsalar haqida qo’lga kiritilgan 
bilim asosida yangi bilim hosil qilish mumkin.

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin