Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə335/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI
180 
«Tajribanoma», Laroshfukoning «Hikmatlar», Gulxaniyning «Zarbulmasal» kabi amaliy axloqqa 
bag‘ishlangan asarlari ham o‘z mustahkam o‘rniga ega. Axloqshunoslikning boshqa falsafiy 
fanlardan farqi ham, o‘ziga xosligi ham undagi nazariya bilan amaliyotning ana shunday 
omuxtaligidadir. 
Axloqshunoslik va estetika. Axloqshunoslik boshqa ijtimoiy va falsafiy fanlar bilan o‘zaro 
aloqadorlikda rivojlanib kelmoqda. Ayniqsa, uning estetika bilan aloqasi qadimiy va o‘ziga xos.
Avvalo, insonning har bir xatti-harakati va niyati ham axloqiylikka, ham nafosatga tegishli 
bo‘ladi, ya’ni muayyan ijobiy faoliyat ham ezgulik (ichki go‘zallik), ham nafosat (tashqi 
go‘zallik) xususiyatlarini mujassam qiladi. Shu bois Suqrot, Aflotun, Forobiy singari qadimgi 
faylasuflar ko‘p hollarda axloqiylikni ichki go‘zallik, nafosatni tashqi go‘zallik tarzida talqin 
etganlar. Bundan tashqari, ma’lumki, san’at nafosatshunoslikning asosiy tadqiqot ob’ekti 
hisoblanadi. Har bir san’at asarida esa axloqning dolzarb muammolari ko‘tariladi hamda 
san’atkor doimo o‘zi yashayotgan zamonda erishilgan eng yuksak axloqiy daraja va unga 
munosabatni badiiy qiyofalar orqali bevosita yoxud bilvosita aks ettiradi. Ayni paytda, bu ikki 
fanda ba’zan bir tushunchaning ikki xil ko‘rinishini uchratish mumkin. Chunonchi, estetikasidagi 
ulug‘vorlik tushunchasi, axloqshunoslikda qahramonlik tarzida tavsiflanadi. SHuningdek
estetikada ildizi axloqshunoslikka borib taqaladigan inson axloqiyligi darajasi bilan bog‘liq 
xulqiy go‘zallik degan tushuncha ham mavjud. Demak, estetika o‘rganayotgan har bir badiiy 
asar ayni paytda, ma’lum ma’noda, axloqshunoslik nuqtai nazaridan ham tadqiq etilayotgan 
bo‘ladi. 
Axloqshunoslik va dinshunoslik. Axloqshunoslikning dinshunoslik bilan aloqasi shundaki, 
har ikkala fan ham bir xil muammo - axloqiy mezon muammosini hal etishga qaratilgan. CHunki 
umumjahoniy dinlar vujudga kelguniga qadar mavjud bo‘lgan ma’lum urf-odatlar va qadriyatlar 
muayyan diniy qonun-qoidalarga, muqaddas diniy kitoblarga katta ta’sir ko‘rsatgan. Ayni 
paytda, dinlar ham axloqqa ana shunday ta’sir o‘tkazganlar. 
CHunonchi, islom dinini oladigan bo‘lsak, Qur’oni karim, Hadisi sharif, Ijmo’ va muayyan 
fatvolardagi mezonlar hamda talablar musulmon Sharqi millatlari axloqiy darajasining 
shakllanishida katta ahamiyat kasb etgan. Tasavvuf ta’limotini esa rosmana islomiy axloq 
falsafasi deyish mumkin. Shuningdek, komil inson muammosi har ikkala fan uchun umumiy 
hisoblanadi. Farq shundaki, axloqshunoslik bu muammoga zamonaviy tarbiya nuqtai nazaridan 
yondashadi.
Axloqshunoslik va huquqshunoslik. Axloqshunoslikning huquqshunoslik bilan aloqasi 
uzoq tarixga ega. Ma’lumki, juda ko‘p hollarda axloq me’yorlari bilan huquq me’yorlari 
mohiyatan va mazmunan bir xil bo‘ladi. SHunga ko‘ra, axloqni jamoatchilik asosidagi huquq
huquqni esa qonuniylashtirilgan axloq deb atash mumkin. Zero, axloqshunoslik bilan 
huquqshunoslikning tadqiqot ob’ektlari ko‘p jihatdan o‘xshash, ular faqat yondashuv usuli nuqtai 
nazaridan farq qiladi, ya’ni huquq me’yorlarining bajarilishi, odatda, maxsus adliya idoralaridagi 
lavozimli kishilar orqali, majburiy sanksiyalar vositasida yo‘lga qo‘yiladi; axloq me’yorlari esa 
umumiy qabul qilingan milliy urf-odatlar, jamoatchilik fikri yordamida, alohida belgilangan 
kishilar tomonidan emas, balki muayyan ijtimoiy guruh, jamiyat tomonidan amalga oshiriladi. 
SHuningdek, huquqshunoslik kasbi uchun muhim bo‘lgan amaliy axloq jihatlarini 
axloqshunoslikning huquqshunos odobi deb ataladigan maxsus sohasi tadqiq qiladi va tavsiya 
etadi. 
Axloqshunoslik va pedagogika. Axloqshunoslik pedagogika bilan ham chambarchas 
aloqada. Pedagogikadagi shaxsni shakllantirish, tarbiyalash, ta’lim berish jarayonlarini pand-



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin