Somirliklar erishgan ilmiy badiiy, axloqiy daraja, huquqqa oid yutuqlap bobilliklar axloqiy
qarashlari uchun asos bo‘ldi. Bobilonda somirliklarnikiga nisbagan badiiy yuksak va mukammal
“Gilgamesh” eposi vujudga keldi. Adolat va haqiqatning himoyasini asosiy maqsad qilib olgan
Bobilon podshosi Xammurapining mashxur Qonunlar majmui esa qadimgi Somir qonunlarining
tadrijiy rivoji edi. Bu majmuada zaiflarni, etim-esir va kam6ag‘allarni adolat tamoyili asosida
himoya qilish asosiy maqsad qi.lib quyilran; Xammurapi unda o‘zining kambag‘alparvarligi va
adolatparvarligi bilan faxrlanadi.
Qadimgi Misrda esa odob-axloq masalalari o‘ziga xos pandnomalarda ifoda topgan. Ular orasida
“Pxatotep o‘gitlari bizgacha etib kelgan eng qadimiy pandnoma xisoblanadi. Bundan deyarli ikki
yarim ming yil avval beshinchi sulola fir’avni Jadkara Isesidan vazir Pxatotep qariligi tufayli
o‘rniga o‘z o‘g‘lini tayinlashni iltimos qiladi va o‘g‘liga atab o‘ttiz etti nashatdan iborat mazkur
pandnomani yozadi. Unda o‘sha davr axloqiy qonun-qoidalari, o‘zni tutish, muomala odobi
singari muammolar ko‘tariladi, axloqiy fazilatlar esa xikmatlar va nasihatlar tarzida targ‘ib
qilinadi. Undagilar yuksak badiiyati bilangina emas, balki kuldorlik davri talablarini chetlab o‘ta
olgan umuminsoniy demokratik fikrlar tarzida, donishmandlik va insonparvarlik namunasi
sifatida hanuzgacha kishini xayratga soladi: “Qimmatbahotoshdek yashirindir oqilona so‘z,
xolbuki uni don tuyayotgan cho‘ridan topish mumkin”.Agar nafaqat qadimri Misrda, balki undan
bir nechaming yil keyingi qadimgi YUnonistonda xam qul ezgulikka, donishmandlikka xos
bo‘lmagan jonzot sanalganini va odam o‘rnida ko‘rganini xisobga oladigan bo‘lsak,
Pxatotepning mazkur fikri insoniyat axloqiy tafakkur taraqqiyotida naqadar katta ahamiyatga ega
ekanini anglash mumkin.
Qadimgi Turonzamin va Eronzamindagi axloqiy tafakkur taraqiyoti zardushtiylik
dinining vujudga kelishi bilan bog‘liq Qadimgi Xorazmda yaratilgan “Avesto” deb atalgan