Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə340/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

GEDONIZM 
– (yunon. 
hedone
– huzur–halovat, rohatlanish) etika nazariyasidagi axloqiy 
talablarni asoslash tamoyili bo‘lib, unga ko‘ra huzur-halovat keltiruvchi va azob uqubatdan 
qutqazuvchi narsa 
yaxshilik
deb, azob–uqubat keltiruvchi narsa esa 
yomonlik
deb ta’rif qilinadi. 
Nazariy G. etikadagi naturalizmning bir ko‘rinishidir. Insonga tabiat tomonidan jo qilingan va 
uning butun ish amalini belgilaydigan, bosh harakatlantiruvchi ibtido – huzur-halovatdan iborat 
degan tasavvur G.ning asosini tashkil etadi. Huzur–halovatga erishish maqsadi birdan–bir 
ishtiyoq va shu bilan birga axloqiy talab, deb e’lon qilinadi.
G. axloq–odob tamoyili sifatida kishilarga dunyoning shod xurramliklariga, o‘zlari va 
boshqalar uchun yuksak rohat–farog‘at olishga intilishni buyuradi. Gedonizm qadim 


13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI
185 
zamondayoq paydo bo‘lgan. Gretsiyada Aristipp etikasining muxlislari bo‘lgan va huzur–
halovatni oliy saodat deb hisoblagan kishilar gedoniklar deb atalgan. G. Epikur nazariyasida eng 
rivojlangan nuqtasiga erishgan. G. g‘oyalari Mill va Betnam utilitarizmida markaziy o‘rinni 
egallagan. Hozirgi zamon nazariyalarida Gedonizm odatda faqat uslubiy tamoyil – yaxshilikni 
ta’riflash usuli sifatida mavjuddir. 
G. ta’limoti insoniyatning ilk davrlaridan boshlaboq hozirgacha etib kelgan ta’limotlardan 
biri sifatida yaxshi sharoitlarda yashash, zeb-ziynatlarga burkanish, huzur - halovatga intilishni 
targ‘ib etib keldi. Negaki inson tabiatan huzur-halovatga intiladi. Ammo har bir narsada me’yor 
bo‘lgani kabi inson huzur-halovatida ham me’yorga rioya qilish zarur. Inson o‘z hayotida 
me’yorlarga qat’iy asoslanib yashashi bilan o‘zligini yo‘qotmaydi. Beruniy ayganidek, “Inson 
hayotida lazzat me’yorining buzilishi uni halokatga etaklaydi”. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin