13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI 184
Biz shu o‘ringacha, e’tibor qilsangiz, axloqni bugun insoniyat uchun umumiy hodisa sifatida
talqin etib keldik. Zotan axloqning avvalo, umuminsoniy an’anaviy hodisadir. Asosiy axloqiy
qadriyatlar, mushtarak axloqiy tushunchalar, axloqiy tamoyil va me’yorlar barcha mintaqalar
hamda millatlar uchunbir xil ma’no kasb etadi. Chunonchi, muhabbat, ezgulik va yovuzlik,
yaxshilik va yomonlik, vijdon, burch, insonparvarlik, odamiylik, baxt, to‘g‘rilik, rostguylik,
saxiylik va baxillik singari fazilat hamda illatlar tom ma’noda umuminsoniy hodisalardir. Zero
o‘zbekcha ezgulik yoki yovuzlik, inglizcha vijdon, fransuzcha insonparvarlik, arabcha yolg‘on,
deyish mumkinmi? Albatta, yo‘q, Lekin, ayni paytda, axloqiylikda umuminsoniylik
xususiyatidan tashqari, mintaqaviylik va milliylik xususiyatlari ham muhim axamiyat kasb etadi.
Mintaqaviylik va milliylik xususiyatlari axloqning nisbatan kichikroq qamrovga ega bulgan
qo‘pinishlarida - xulqiy xatti- harakatlar, odob va etiketda yaqqol ko‘zga tashlanadi. CHunonchi,
musulmon mintaqasida dasturxon ustida bosh kiyimsiz o‘tirish beodoblik hisoblanadi. Buning
odobdan tashqari gigienik-ozodalik nuqtai nazaridan ham axamiyati bor. Ovqatlanish paytida
ro‘molsiz ayol yoki do‘ppisiz erkak boshidan soch tolasi, kepak, chang-gard taomga yoki
dasturxonga tushishi mumkin. Nasroniylar mintaqasida esa aksincha dasturxon ustida bosh
kiyimni echmaslik Xudo in’om etgan taom va dasturxonga xurmatsizlik sanaladi. Yoki
amerikalik yigit uzi kresloda o‘tirib, oyoqlarini kuldon va ichimlik ashyolari tupgan stolchaga
chalkashtirib tashlab, orom oladi va uning uchun bu tabiiy hol hisoblanadi. Uzbek uchun esa,
stolga yoki xontaxtaga oyoq qo‘yib o‘tirish - o‘ta odobsizlik.
Farbu Sharq mintaqalari odobida yana bir katta farqi borki, bu hozirgi paytda g‘arbda xuquqning
axloqdan, sharqda axloqning qancha utuvorlshi masalasi g‘arb yoshlari, balog‘atga etgach, ota
onaga teng huquqli fuqarolar sifatida munosabat qoladi, o‘zining qarshi fikrini to‘ppa-to‘g‘ri, ota
yo onasining yuziga tik qarab, bayon qiladi va buni inson xuquqlaridan, deb biladi. sharq;
yoshlari masalan, yapon yoki o‘zbek ota-onaga tik gapirishini to‘g‘pidan-to‘g‘pi qarshi chiqishni
an’anaviy axloqiy qoidalarning oyoq osti qilinishii deb tushunadi, padari yo volidasiga ko‘zini
erga tikib, muloyim, uz fikrini tovut ko‘tarmay aytishni, ba’zan esa cukut saqlashini afzal deb
biladi, ularga bo‘ysunishni burch sifatida olib qaraydi afsuski, ba’zi g‘arb mamlakatlarida keksa
avlodni yoshlar hukuqiqiy hayotiga, erkinligiga g‘ov deb bilishi hollari mavjud. To‘g‘pi,
sharqona etiqot, odobiy qonun-qoidalarning an’anaviylik bilan bog‘liq ba’zi zamonaviy nuqtai
nazardan nuqisli tomonlari bor. Lekin, shunga qaramay, ularda insoniylik va mehr-oqibat
tuyg‘ulari hali xam mustahkam ildiziga ega. Farbda esa hozirgi paytda bunday fazilatlarni
uchratish tobora g‘ayri tabiiy holatga o‘xshab qolayotir. SHu bois hozirgi paytda g‘arbning
xuqukiylik tamoyilini sharkning axloqiylik tamoyili bilan uyg‘unlashgirish zamonaviy jamiyat
taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydi