Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə341/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

EVDEMONIZM
– (yunon. eudania–rohat–farog‘at, baxt–saodat) –axloq –odobning 
gedonizmga yaqin uslubiy tamoyili. E. antik dunyo axloqiy nazariyalarida to‘liq ravishda 
namoyon bo‘lgan. (Demokrit, Sokrat, Aristotel). Baxtga intilishni e. axloq–odobning mezoni va 
inson axloqiy xatti–harakatining asosi deb hisoblaydi, shaxsiy baxtga intilish – individualistik e. 
ijtimoiy baxtga intilish – sotsial e. dey.adi.
XVIII asr fransuz materialistlari (Gelvetsiy, Didro) qarashlarida ham e.g‘oyalari mavjud 
edi. Ular inson baxti – har qanday jamiyatning va har qanday foydali inson faoliyatining tub 
maqsadidir, deb chiqqan edilar. Evdemonistik etika o‘z faolligi va insonparvarligi bilan 
xristianlik etikasidan beqiyos yuqori turadi, chunki u oxiratda emas, balki erda baxtga erishishga 
da’vat etadi. 
Evdemonistlar inson ham ma’naviy, ham jismoniy sog‘lomlikka intilsa, o‘zining va 
o‘zgalarning barcha ezgu xususiyatlarining shakllanishiga yordam bersa hamda bu bilan 
zamondoshlar va kelajak avlod obro‘–e’tiboriga sazovor bo‘lsa bunday insonni baxtli va komil 
deb e’tirof etganlar.
Baxt ob’ektiv prinsip bo‘lishi mumkinmi, alohida individlarga ularning xohish istaklari, 
qiziqishlari, ehtiyojlari va insoniy jamiyatlari turli xil bo‘lishiga qaramasdan har biriga axloqiy 
mutanosiblik berish imkoniyatiga egami, degan savollar ularni qiziqtiradi. E. bu savollarga ijobiy 
javob beradi va baxtni xulq-atvorning axloqiy prinsipi darajasigacha ko‘taradi.
E.ning muhimligi faqatgina xulqni asoslash usuli hamda xulqni to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqaga 
qo‘yishda va baxtga bog‘liqligida emas. Xulqning o‘zi birinchi navbatda tashqi muhitdan qabul 
qilingan hissiyotlar bilan bog‘lanuvchi qadriyat, shuningdek lazzatni xis qilish, qalbiy komfort, 
fikr va harakatlarning ezgulikka doir obraziga hamrohlik qiluvchi tushuncha sifatida alohida 
tushuniladi.
E.ning ijtimoiy xususiyatlarini Bentam ishlab chiqqan. Alohida individning barcha ezgu 
faoliyati qanchalik ko‘p kishilarni baxtli qilishi darajasi bilan ahamiyat kasb etadi. Sotsial e.ning 
mohiyati jamiyatdagi barcha kishilar baxtiga intilish bilan izohlanadi. Davlat va uning barcha 
institutlari, ularning tadbirlari va qonunlari mana shu buyuk maqsad yo‘lidagi vosita, xolos. 
Ijtimoiy e. oxir–oqibat, utilitarizmga olib keladi. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin