13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI 192
shaxsiy fazilat emas, davlatga xos fazilat. SHu sababdan u: “Biz tabiatiga ko‘ra uchga bo‘lingan
tabaqalarning xar biri faqat o‘z yumushi bilan shyg‘ullangan davlatnigina tan olamiz”, deydi.
SHuningdek, tijorat fuqarolarni yo‘ldan ozdiradigan soxa bo‘lgani uchun, u bilan adolatli
davlatda xorijliklar shyg‘ullanishi kerak.
Aflotun axloqshunosligining muhim xususiyati shundaki, unda axloqning asosi, axloqiy namuna
sifatida iloxiylik olinadi. Faylasufning fikricha, kimda-kim Xudoning marhamatiga erishmoqchi
ekan, unta iqtido qilmog‘i, undan namuna olmog‘i kerak, Xudo barcha narsalar uchun mezon;
faqat Xudoga ishonuvchi va taqlid qiluvchi kishirina donishmand bulishi mumkin. Xullas,
Aflotunning axloqshunosligi qatiy diniy tabiatga ega. Ayni paytda u kun jihatdan vedachilik
axloqshunosligidagi g‘oyalarni o‘z ichiga oladi va ularni rivojlantiradi.
Aflotundan so‘ng ikki qadimgi yunon allomasi – Arastu (miloddan avvalgi 384-322 yillar) va
Epikurning (milodan avvalgi 341-270yillar) axloq nazariyalari diqqatga sazovor. Aflotunning
shogirdi Arastu birinchi bo‘lib axloqshunoslikni ruhshunoslik bilan siyosatshunoslik oralig‘idagi
alohida falsafiy fan sifatida taqdim etdi va unga (keyinchalik Ovro‘poda qabul qilingan) “Etika”
degan nomni berdi. Arastuning axloqiy qarashlari, asosan o‘g‘liga bag‘ishlangan “Nikomaxning
axloq kitobi” va “Evdemning axloq kitobi” hamda “Katta axloq kitobi” risolalarida o‘z aksini
topgan
Arastu qadimgi Yunon mutafakkirlari ichida birinchi bulib ixtiyor erkinligini axloqning asosi
sifatida olib qaraydi va axloqiy fazilatni Aflotunga qarama-qarshi o‘laroq, ruhning tug‘ma
xususiyati emas, balki kasb etiladigan (xosil qilinadigan) sifat ekanini aytadi. U barcha
fazilatlarni ikkiga bo‘ladi: birinchisi, ruhning donishmandlik, tajri6akorlik, topqirlik, singari
ma’naviy soxa bilan bog‘liq aqliy qismiga oid fazilatlar va, ikkinchisi, ruhning
intilyvchan(ixtiyoriy) qismi - sof axloq bilan bog‘liq, fazilatlar. Uning fikricha, asosiy fazilat
adolatdir. “Fazilat, - deydi Arastu - ma’lum ma’noda o‘rtalikdir, zero, doimo o‘rtalikka intiladi”.
Masalan, mardlik telbavor jasorat bilan qo‘rqoqlik orasidari o‘rtalik va xokazo. SHuningdek,
mutafakkir niyatga katta ahamiyat beradi va uni xarakatning tamoyili, boshlanishi deb ataydi.
Lekin u pirovard ma:qsad emas, niyatning tamoyili esa intilish va aql, shu sababli niyat aqldan,
es-hushdan va odobdan tashqarida bo‘lmaydi.
Arastu Aflotundan farqli o‘laroq, vujud va puh yaxlitligi nuqtai nazarini ilgari suradi, inson
kamolotga, oliy ezgulik va erkinlikka bilish faoliyati, voqelikka faol munosabati orqali, xirsu
ehgiroslar ustidan hukmronlik qila olishi tufayli erishadi, degan fikrni aytadi. Demak, insonda
ixtiyor erkinligi bor, zero u ezgulik yoki yovuzlikni, fazilat yoki illatni tanlashda bir xil
hukmronlik mavqeiga ega.
Maqsad bilan vositani Arastu yaxlitda ko‘radi, maqsad vositani belgilaydi, shu sababli
maqsadning axloqiy tabiati faqat axloqiy vositalarnigina tan oladi va, ayniqsa, axloqsiz maqsad
axloqsiz vositalarni talab qiladi.
Arastu aql - idrok faoliyatini xayot va faoliyatning oliy shakli, hech bir narca bilan qiyoslab
bo‘lmaydigan qadriyat , deb xisoblaydi. Oliy aql doirasida sub’ekt va ob’ekt, fikr va fikrning
narsa xodisasi bir-biriga mos, ya’ni Oliy aql (Xudo) tafakkur xaqidagi tafakkurdir. Garchand