Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə355/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI
198 
tushuncha tarzida olib qarashdan cho‘chiydilar. Vaholanki, muxabbat aynan axloqiy hissiyot va 
axloqshunoslikning bosh mezoniy tushunchasidir. 
2. Muxabbat bosh mezoniy tushuncha sifatida deyarli barcha asosiy tushunchalarda va 
tamoyillarda o‘z “xissa”siga ega. Na ezgulikni, na yaxshilikni, na vataparvarlikni, na 
insonparvarlikni muxabbatsiz tasavvur etib bulmaydi. Qo‘shimcha qilib shuni aytish mumkinki, 
u-insonni tashqi va transsendentrat olam bilan bog‘lovchi, uni yolg‘izlikni olib chiqadgan buyuk 
kuch muxabbatning ob’ekti doimo go‘zallik, manfaatsiz go‘zallik. U - Olloxmi, Vatanmi, yormi 
- muxabbat egasiga undan-da go‘zalroq narsa yo‘q. Ayni paytda bir ob’ektni cevgan kishi 
boshqa ob’ektlarni xam sevmasligi mumkin emas. Deylik, yorga bulgan xaqiqiy muxabbat 
Vatanga, insoniyatga muxabbatni inkor etmaydi, aksincha, barqaror qiladi. Zero “o‘z-o‘zicha”, 
yakka, “xudbin” muxabbatning bulishi mumkin emas. Inson o‘zi-o‘zgaga aylanganida, o‘zgani 
o‘ziga aylantira olganida xaqiqiy muxabbat egasi hisoblanadi. Mana shu ob’ekt bilan sub’ekt 
orasidagi farqning yo‘qolishi eng buyuk, eng mukammal lazzatdir. Buni Mavlono Fuzuliy 
nihoyatda go‘zal qilib, bir baytda shunday ifodalaydi
Ishqdir ul, nasha’i komilkim, andandir mudom 
Mayda tashviri harorat, nayda ta’siri sado. 
Komil nasha, komil lazzatga faqat komil insongina erisha oladi. Demak, muxabbat inson axloqiy 
xayotining cho‘qqisi, komillik belgisidir. Shu bois xaqiqiy muxabbat egalari yoshlar tomonidan 
doimo axloqiy ideal tarzida qabul qilinadi: Farxod va Shirin, Romeo va Juletta, Otabek va h.
Shuni ta’kidlash lozimki, muxabbat - oliy tuyg‘u, shu ma’noda u oliy tushuncha. Lekin uni 
tuban, quyi narsa xodisalarga nisbatan xam qo‘llash hollari uchrab turadi. Chunonchi, Fromm 
singari g’arblik mutafakkirlar, ba’zi rus faylasuflari muxabbat tushunchasini o‘likka (nekrofil), 
mol-dunyoga, pulga nisbatan qo‘llaydilar. Ularga nisbatan “o‘chlik”, “ruju”, “hirs” singari 
tushunchalarni qo‘llash ma’kul emasmikan?
Muxabbat ham axloqshunoslikdagi ko‘pgina tushunchalardek, “juftlik” xususiyatiga ega, uning 
ziddi - nafrat. Nafrat tushunchasi, albatta, muhabbat singari keng qamrovli emas. U aksil 
muhabbat tarzida namoyon bo‘lgan ob’ektdan chetlashish, undan begonalashishni taqozo etadi. 
Xazar, jirkanch hissi nafratning kundalik turmushidagi tor, “mayda” ko‘rinishidir. Nafratning 
ularga nisbtan “yirikligi” uning ijtimoiy hodisa sifatida namoyon bulishidir. Ayni paytda, bu 
tushuncha g‘azabdan, keskin. farq qiladi. U, g‘azabga o‘xshab, o‘z ob’ektini yo‘qotishga 
intilmaydi, undan faqat yuz buradi. Ko‘rinishdan, nafrat kishida yoqimsiz taassurot uyg‘otsa-da, 
aslida u asosan illat emas, axloqiy fazilat sifatida insonning vijdonliligidan, botiniy jasoratidan 
dalolatdir. 
Nafratdan tashqari yana rashk hisi borki, u –ijtimoiy hodisa emas, faqat jinsiy muhabbat bilan 
yonma-yon keladi. Ma’lumki, muxabbat egasi o‘z sevgisini va sevgilisini qizg‘anib, asrab 
qolishga harakat qiladi. Yana shu qizg‘anish hissi me’yoridan oshib-ketganda rashkka aylanadi. 
Rashk esa, uni qanchalik ta’rif tavsif qilmaylik - me’yorning bo‘zilishi, illat. 
Mezoniy tushunchalar orasidagi yana bir juftlik - ezgulik va yovuzlik, ezgulik 
axloqshunoslikdagi eng asosiy kategoriyalardan. U inson faoliyatining asl mohiyatini anglatadi. 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin