Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə358/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI
201 
o‘tkinchilik xususiyati, ma’lum ma’noda eskirganligi aybdordir. Zero vijdon ko‘zga ko‘rinmas, 
lekin ulkan va mutlaq aybsiz axloqiy xodisadir.
Ko‘pincha vijdon tushunchasi o‘rnida iymon iborasini uchratish mumkin. Iymon aslida diniy 
tushuncha. Lekin xayotda vijdon tushunchasining sinonimi tarzida ishlatiladi. Masalan, kimnidir 
birov “iymonli odam” deganida, uning musulmonlikka iymon keltirgan-keltirmagani xaqida 
o‘ylab o‘tirmaydi, buning ustiga, u odam musulmon emas, nasroniy bulishi xam mumkin. 
Chunki gap bu erda o‘sha odamning dindorligi xaqida emas, balki vijdonli, xalol, rostgo‘y 
ekanligi to‘g‘risida ketyapti. SHu ma’noda vijdon bilan iymonni egizak deyish mumkin. 
Afsuski, odatda, ko‘pchilik adabiyotlar vijdon mezoniy tushunchasiga “sub’ektgiv” hodisa 
tarzida karab adolat, burch, nomus singari tushunchalarni unga karaganda ijtimoiy ahamiyatliroq 
deb baholash, ularni, “turga chiqarish” hollari tez-tez uchrab turadi. Vaholanki, vijdonsiz 
odamdan hech qachon adolatni ham, burchga sadokatni ham, or-nomusni ham kutish mumkin 
emas. Vijdonli odamlargina haqiqiy erkin, demokratik fuqarolik jamiyatini yarata oladilar. Zero 
vijdon, eng avvalo, o‘zgalarga nisbatan burch va mas’uliyatni taqozo etadi. 
Yana bir muhim mezoniy tushuncha - burch. Burch, mohiyatan, jamiyat, davlat va shaxslarga 
nisbatan muayyan individdagi munosabat, ular oldidagi majburiyat. U yuqorida aytganimizdek, 
vijdon, e’tiqod mas’uliyat kabi tushunchalar bilan mustahkam bog‘liq. Umuman, hayotda 
insonning har bip xatti-harakati zamirida burch tushunchasi - burchga sadokat- yoki xiyonat 
yotadi. Burchning insonlik burchi, musulmonlik burchi, nasroniylik burchi, farzandlik burchi 
singari keng kamrovli, barcha davrlar uchun umumiy bulgan tushunchalari ham, jurnalistlik 
burchi, shifokorlik burchi, olimlik burchi kabi kasbiy odob doirasidagi tushunchalari ham 
mavjud. Burch tushunchasining o‘ziga xos jihatlaridan yana biri-uning vaqt va jamiyatda 
muayyanlashish xususiyati.
Harbiylashgan va o‘ta mafkuraviylashgan, yani yagona mafkura hukmronlik qilgan jamiyatlarda 
esa burch omma hamda shaxs hayotida fojeiy hodisaga aylanadi. O‘ta ustalik bilan yo‘lga 
qo‘yilgan targ‘ibot natijasida bunday jamiyatlar a’zolari oqni-qora, qorani - oq deb qabul 
qiladilar. Buni umumbashariy milliy qadriyatlarni oyoq osti qilgan beshafqat sho‘rolar 
sotsializmi yoki fashistlarning milliy sotsializmi yaqqol isbotlab berdi. YUz minglab, hatto 
millionlab odamlar aldandilar, keyinchalik, uzoq yillar mobaynida vijdon azobida yashadilar. 
Demak, jamiyat qurishda totalitarchilikka yo‘l ko‘yilishi o‘sha jamiyat a’zolarini burchni 
noto‘g‘ri tushunishga va buning oqibatida axloqsizlikka olib keladi. 
Shuni ham aytish kerakki, ba’zi hollarda burch shaxsning ko‘pgina mayl-istaklariga qarshi 
boradi uni huzur halovatdan turmush lazzatlaridan mahrum etadi. Masalan, Furqat 
mustamlakachilar mafkurasiga xizmat qilganida, uning hayoti rohat-farog‘atda kechishi mumkin 
edi. Lekin u Vatan oldidagi, millat oldidagi burchni deb muhojirlikning og‘ir qismatiga duchor 
buldi uni muctamlakachilar mamlakat xududidan chiqarib yuborib, qayta kiritmadilar. Furqat 
xorijda vafot etdi. Ba’zan burch tufayli odamlar o‘z sevgisidan, jon-dilidan cevgan kishisidan 
kechishga ham majbur buladilar 
Mezoniy tushunchalardan yana biri - nomus. Nomus tushunchasi bir tomondan, burch bilan 
bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi jihatdan, qadr-qimmat tushunchasiga aloqudor. Zero nomus mohiyatan 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin