MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI Talaba portfoliosini yaratish bo‘yicha tavsiyalar 330
davlatlarda allaqachon o‘z o‘rnini topgan, chunki Internet bu texnologiyani joriy etish uchun
bir qancha qulayliklarni yarata oladi.
«Talaba portfoliosi» nafaqat akademik o‘zlashtirish, balki talabaning kommunikativ
muvaffaqiyatlari, muomula madaniyati, sport va jamoat ishlaridagi faolligi bo‘yicha ham
yuritilishi mumkin. Bunday «portfolio» muhokamasida (taqdimotida) ota- onalarni ham faol
ishtirok etishlarini ta’minlash yanada yaxshi natijalarga olib keladi. Ota-onalar o‘z farzandlari
faoliyati natijalarini baholashlari uchun o‘qituvchi tomonidan yoki ekspert guruh tomonidan
taklif etilgan baholash mezonlari va parametrlaridan foydalanishlari mumkin.
Bunday «portfolio» muallifining o‘z fikrlari va o‘z-o‘zini baholash natijalari
muhokamasida ushbu texnologiya prinsiplari va baholash mezonlarini quyidagicha belgilash
mumkin:
1.
Aniq bilim sohasidagi faoliyat bo‘yicha o‘z-o‘zini baholash natijalari quyidagi
omillar bilan asoslanadi:
ma’lum fan sohasi bo‘yicha bilimlarni o‘quv dasturiga mos kelishi;
bilish jarayonida talabaning mustaqil qarorlar qabul qilish qobiliyati, o‘z
qarorlarining oqibatlarini bilish darajasi;
talabaning kommunikativ qobiliyatlarini xususiyatlari (bahslarda qatnashish, o‘z
qarorlarini asoslay olishi, materiallarni ravon va sodda tilda tushuntirib bera olishi).
2.
Tizimli va muntazam o‘z monitoringini olib borishi. Talaba biror fan bo‘yicha o‘z
yutuqlarini nazorat qilib borishni maqsad qilib olsa, u ushbu fan bo‘yicha muhim deb
hisoblagan bilimlarini tizimiy ravishda «portfolio»ga joylashtirib boradi. Uning vazifasi-
ushbu ishlarni diqqat bilan tahlil qilib borish, kerakli o‘zgartirishlar kiritish, unga
tushuntirishlar berish, o‘z-o‘zini baholash bo‘yicha qisqa hisobot tayyorlash, ya’ni ushbu
bilim sohasi bo‘yicha u nimalarni o‘zlashtirdi, nimalarni o‘zlashtira olmadi yoki tushunmadi,
kelajakda nimalarga e’tibor qaratishi lozim. Shuningdek u bu erda o‘z bilimlariga o‘qituvchi,
ekspertlar va ota-onasi tomonidan qo‘ygan baholarga ham fikrini bildirishi mumkin.
3.
«Portfolio» materiallari tarkibi, barcha yozma tushuntirishlarning mantiqiyligi va
aniqligi.
4.
«Portfolio»da keltirilgan materiallarni to‘liqligi va mazmunan tugallanganligi.
5.
«Portfolio»ni tartib bilan va estetik jihatdan did bilan yaratilganligi.
6.
«Talaba portfoliosi» taqdimotini ko‘rgazmali, yaqqol va asoslangan holda bo‘lishi.