5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA KATEGORIYALARI 67
mavjudligi, avvalo, inson o‘z bilish jarayonida ba’zan bilishning biron bir tomoni yoki biron
holatini noo‘rin mutlaqlashtirishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu bilan birga, dogmatik
tafakkurning mavjudligi hozirgi zamon falsafasida olamning o‘zgaruvchanligi va rivojlanishi
g‘oyasini inkor etuvchi antidialektik (ya’ni metafizik) konsepsiyalarning mavjudligi bilan hamda
dialektikani bilmaslik yoki tushunmaslik bilan ham bog‘liqdir.
Dogmatik tafakkur, ayniqsa, siyosatda juda xavflidir, u bunda sektantlikka,
sub’ektivizmga, amaliyotdan uzilishga, ijodiy jarayonlarni to‘xtatishga, ijodiy g‘oyalar, nazariya
va ta’limotlardan voz kechishga, hamma sohada sodir bo‘ladigan yangiliklarni o‘z vaqtida
payqamaslikka, istiqbolni oldindan ko‘rishga to‘sqinlik qiladi. Dogmatik tafakkurga ega kishilar,
ayniqsa, rahbarlik sohalarida jamiyatga juda katta zarar keltiradilar, ular jahon (jamiyat)
taraqqiyotining o‘zgargan sharoitlarini hisobga olmasdan, o‘zlari ko‘nikkan vaziyatga muvofiq
eski qarashlarga qattiq yopishib olib, ish tutadilar va fikr yuritadilar. Buni biz O‘zbekistonning
o‘z mustaqil taraqqiyotini boshlab yangicha rivojlanish yo‘liga o‘tgan davrda ba’zi o‘rta bo‘g‘in
rahbar kishilar faoliyatlarida yaqqol uchratdik. Umuman, dogmatik tafakkurning hamma xildagi
ko‘rinishlariga qarshi kurash olib borib, dialektik tafakkurni hamma sohada keng qaror toptirish
lozim. Faqat dialektik tafakkurgina ijtimoiy taraqqiyotning tarixiy ehtiyojlarini, eski shakllarning
yangi rivojlangan mazmunga muvofiq kelmasligini, insoniyatning taraqqiyotini ta’minlovchi
yangi shakl va mazmunga o‘tishning zarurligini to‘g‘ri hisobga olishga yordam beradi. Hozirgi
kunda shakllanayotgan sinergetika ham dialektika muammolariga yangicha yondoshish
kerakligini ko‘rsatmoqda.
Dialektika o‘z mohiyati jihatdan umumiy aloqadorlik, bog‘lanish, harakat, o‘zgarish
to‘g‘risidagi ta’limot sifatida tabiat, jamiyat va inson tafakkuriga xos eng umumiy aloqadorlik va
bog‘lanishlarni to‘g‘ri ochib borish asosida kishilarga dunyoni o‘zlashtirish va o‘zgartirish
yo‘llarini ko‘rsatuvchi metodologik qurol bo‘lib xizmat qiladi.
Dialektika, avvalo, umumiy aloqadorlik va bog‘lanishlar haqidagi fandir. Chunki
borliqdagi barcha narsa va hodisalarni umumiy aloqadorlikda va o‘zaro bog‘lanishda olib qarash
borliq haqida dialektik fikr yuritishdir. Haqiqatan ham, borliqdagi hamma narsalar, hodisa va
jarayonlar o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ular umumiy aloqadorlikda bir-birlariga ta’sir va aks ta’sir qilib
turadilar, bir-birlarini taqozo qiladilar. Xoh tabiat va jamiyatda, xoh inson hayoti va tafakkurida
bo‘lsin, hech bir hodisa yoki voqea, o‘zgarish yoki jarayon boshqa hodisa yoki voqealardan,
boshqa o‘zgarish va jarayonlardan alohida, ulardan ajralgan, ularga bog‘liq, bo‘lmagan, ular
bilan aloqadorliksiz mavjud bo‘lmaydi, aksincha, ular bilan doimo o‘zaro aloqadorlikda bo‘ladi.
Borliqning turli tomonlari, materiyaning turli ko‘rinishlari, uning asosiy mavjudlik
usullari, harakatning turli shakllari bir-birlari bilan o‘zaro umumiy aloqadorlikda bo‘lib, bir-
birlariga ta’sir va aks ta’sirida, lekin o‘zaro bog‘lanishda bir-birlarini taqozo qilib turadi.
Dialektikaning o‘zaro aloqadorlik prinsipi yalpi umumiy xarakterga egadir. Uning bu
yalpi umumiyligi shundaki, birinchidan, bu aloqadorlik bir butun borliqqa, ya’ni tabiat, jamiyat,
inson, inson tafakkuri va bilishga xosdir; ikkinchidan, bu aloqadorlik borliqning hamma
ko‘rinishlariga oid barcha narsa va hodisalarni, ularga xos hamma narsa va holatlarni, bir butun
inson bilish jarayonini, xullas, bir butun moddiy va ma’naviy olamning hamma bog‘lanishlarini
o‘z ichiga oladi.
Dunyoda boshqa narsalar, hodisalar va jarayonlar bilan tabiiy aloqadorlikda bo‘lmagan
hech bir narsa, jarayon yo‘q. Lekin biz o‘z bilish jarayonimizda biron narsa yoki hodisani
o‘rganar ekanmiz, dastlab uni boshqa narsalar yoki hodisalarning umumiy bog‘lanishlaridan
ajratamiz. Bu jarayonda biz uning o‘ziga xos tomonlari va xususiyatlarini ochib berish uchun bu
narsa yoki hodisaning boshqa narsalar va hodisalar bilan bo‘lgan hamma aloqa va
bog‘lanishlarini, hamma aloqadorliklarini aniqlab, bilib boramiz. Narsa va hodisalarni
haqiqatdan bilish uchun ularning barcha tomonlarini, barcha aloqalarini va bog‘lanishlarini birga
olib o‘rganmoq, lozim. Biz garchi bunga hech qachon to‘la-to‘kis erisha olmasak ham, lekin har
tamonlama o‘rganish talabi bizni xatolardan, noto‘g‘ri xulosa chiqarishlardan saqlab qoladi. SHu