Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə186/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA 
KATEGORIYALARI 
69 
Dialektika borliqning barcha jarayonlariga xos bo‘lgan umumiy, muhim, universal aloqalarni 
o‘rganadi. Fan borliqning universal qonunlarini tashkil etadigan ichki, zaruriy, muhim,barqaror, 
takrorlanuvchi aloqalarga alohida e’tibor beradi. Umumiy aloqalar dialektika kategoriyalarida 
yoritiladi. 
O‘zaro aloqa. 
Real voqelikda har bir muayyan ob’ekt ko‘p sonli sababiy zanjirlarning murakkab 
«tuguni» hisoblanadi. U boshqa ob’ektlardan ta’sirlanish bilan bir vaqtda o‘zi ham ularga aks 
(reaktiv) ta’sir ko‘rsatadi. «Tashqi» va «ichki» sababiy zanjirlar unda uyg‘unlashadi, kesishadi 
va tarmoqlanadi. Ular bir-biri bilan o‘zaro aloqaga kirishadi va bu o‘zaro aloqa ob’ektda yuz 
beruvchi barcha jarayonlarning negiziga aylanadi.Ob’ektni bilish uchun pirovard natijada unda 
vujudga kelgan sababiy aloqalar «tuguni»ni echish talab etiladi. Barcha hodisalar mohiyatiga 
izohni o‘zaro aloqadan izlash kerak. U hodisalarning barcha xossalari va xususiyatlarini 
belgilaydi, amalda mavjud bo‘lgan barcha imkoniyatlar, tasodiflar va zaruriyatlarning 
manbalarini o‘zida mujassamlashtiradi. O‘zaro aloqani tushunish umuman ob’ektni tushunish 
demakdir. Ammo har qanday ob’ekt boshqa ob’ektlar bilan o‘zaro aloqa qilgani bois,uning 
barcha o‘zaro aloqalarini bilish uchun undan boshqa ob’ektlarni o‘rganishga,ulardan – uchinchi 
ob’ektlarga o‘tishga to‘g‘ri keladi va hokazo. Ayrim ob’ektning tabiatini belgilovchi o‘zaro 
aloqani bilish jarayoni cheksizdir. Paskal ta’biri bilan aytganda, to‘g‘nag‘ich kallagini bilish 
uchun butun Olamni bilish talab etiladi. 
Aloqa uchun asos. 
Aloqa, aloqa uchun asos va aloqa shart-sharoitlari tushunchalarini farqlash 
lozim. Aloqa yuzaga kelishiga imkoniyat yaratuvchi ayrim xossa, belgi yoki munosabat aloqa 
uchun asos bo‘ladi. Asosning mavjudligi aloqa o‘rnatish uchun zarur, lekin etarli emas, chunki 
uning o‘rnatilishi doim emas, balki muayyan sharoitdagina yuz beradi. SHart-sharoitlar – bu 
avvalo predmet mavjud bo‘lgan muhitdir. U aloqa o‘rnatish uchun qulay yoki noqulay bo‘lishi 
mumkin. SHart-sharoitlar o‘z holicha aloqa o‘rnatish omili bo‘lishi mumkin emas, ular faqat 
aloqa yuzaga kelishiga ko‘maklashadi yoki monelik qiladi. 
Narsalar o‘rtasida aloqa biron-bir muayyan asosga ko‘ra yuzaga keladi. Umumiy asos ayrim 
umumiy asosga ega bo‘lgan turli ob’ektlar o‘rtasida umumiy aloqa yo‘lini ham vujudga keltiradi. 
Masalan, muayyan manfaat guruhlari o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun siyosiy guruhlarga 
birlashadilar, mamlakatdagi siyosiy muhitga kuchli ta’sir ko‘rsatadilar. Ammo boshqa, masalan, 
etnik, diniy va boshqa asoslarga ko‘ra ular o‘zaro bog‘liq bo‘lmasligi ham mumkin. SHunday 
qilib, mazkur misolda aloqa yo‘li aloqa yuzaga kelishi uchun asos, boshqa belgilar – buning 
shartlaridir. O‘zaro aloqa umumiy xususiyat kasb etadi, u butun borliqqa xosdir. SHu sababli 
aloqa tushunchasi dialektikada eng umumiy tushunchalardan biri hisoblanadi. Boshqa barcha 
kategoriyalar o‘zaro aloqaning muayyan turlari bilan tavsiflanadi. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin