5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA
KATEGORIYALARI
70
rivojlanadi, o‘zgaradi va g‘oyib bo‘ladi (o‘ladi, halok bo‘ladi, barham topadi). Demak, har
qanday hodisa o‘z tarixiga ega. Ayni shu sababli tabiat va jamiyat hodisalarini o‘rganishga
nisbatan tarixiy yondashuv zarur. O‘zgarishlar o‘z xususiyati va yo‘nalishiga ko‘ra tartibsiz
o‘zgarishlar, aylanma harakatlar, jismlarning makonda bir
joydan boshqa joyga mexanik
ko‘chishida namoyon bo‘lishi mumkin. Rivojlanish o‘zgarishning alohida tipi hisoblanadi.
Dialektika kategoriyalari umumiy aloqalarning o‘zgarish va rivojlanish manbai sifatidagi
tavsifini to‘ldiradi, harakatlanayotgan, tadrijiy rivojlanayotgan
dunyoning keng manzarasini
yaratish imkonini beradi. Biron-bir aloqalar va o‘zaro ta’sirlarsiz mavjud bo‘lishi mumkin
bo‘lgan ob’ektlar amalda mavjud emas. Dialektikaning muhim belgilaridan biri va umumiy
aloqa tamoyilining mazmuni aynan ob’ektlarning har tomonlama o‘zaro aloqalari va o‘zaro
ta’sirlarini hisobga olishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: