6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI 87
mumkin. Bu so‘zlar zamirida muayyan muammo yotadi. Masalan, biz
Nyuton mexanikasi
haqiqatga etarli darajada muvofiq emas va uning o‘rnini
Eynshteynning aniqroq nazariyasi
egalladi, deb hisoblaymiz. Biroq buning
natijasida Nyuton nazariyasi o‘zining bilim xususiyatini
yo‘qotgani yo‘q-ku?
Eynshteynga qadar, uning haqiqiyligiga ko‘pchilikning ishonchi komil bo‘lgan davrda u bilim
edimi? Shunga o‘xshash so‘zlarni hozirda fan tarixidan o‘rin olgan minglab nazariyalar sha’niga
aytish mumkin. Bilimni qanday qilib asoslash mumkin va etarli asoslar mavjudmi? Bu savol ham
ancha mavhum. Gipoteza, faraz, odatda, bilim shakli sifatida qaraladi, biroq olimlar o‘zlari ilgari
surayotgan gipoteza yoki farazlarning to‘g‘riligiga ba’zan ishonchi komil bo‘lmaydi.
Balki bilimni standart tushunish haddan tashqari taxminiy va nisbiydir? Qisman shunday, biroq
bilim-bir ta’rif chegaralariga sig‘dirish juda qiyin bo‘lgan rang-barang hodisa ekanligi
muhimroq. Agar «bilmoq» so‘zi tilimizda qanday qo‘llanilishiga nazar tashlasak, bilim turlari
juda rang-barang ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Quyidagi gaplarni ko‘rib chiqamiz. Men bu
mashinani qanday qilib tuzatish mumkinligini bilaman. Men gitara chalishni bilaman. Men
Po‘latni o‘n yildan beri bilaman. Men Toshkentni yaxshi bilaman. Men uchburchak
burchaklarining yig‘indisi ikki to‘g‘ri burchakka teng ekanligini bilaman. Men kit sut
emizuvchilar oilasiga mansub ekanligini bilaman.Bu bir qarashda o‘xshash gaplarda «bilaman»
so‘zi har xil ma’nolarda keladi.Dastlabki ikki gapda bilish nimanidir bajara olishni anglatadi.
Gnoseologiyada u «
bilim-ko‘nikma » deb ataladi. Keyingi ikki misolda bilish – bu «
bilim- tanishuvlik » demakdir. U inson yoki qandaydir ob’ektni tanish qobiliyatini anglatadi. So‘nggi
gaplarda bilim «
nimanidir bilish» ni ifodalaydi, chunonchi: u narsalarda qandaydir xossalar,
nisbatlar, qonuniyatlar va shu kabilarning mavjudligini tavsiflaydi. Bilim bu erda ma’lum
axborot ko‘rinishida keladi deb aytish mumkin. Ko‘rib turganimizdek, «bilim-ko‘nikma» va
«bilim-tanishuvlik» bilimning standart talqiniga uncha mos kelmaydi. Umuman olganda, ularga
nisbatan haqiqiylik va asoslanganlik tushunchalarini tatbiq etish mumkin emas. Po‘latni yaxshi
yoki orqavarotdan bilish mumkin, biroq biz uni «to‘g‘ri» yoki «ishonchli» bilishimiz
mumkinmi? Biroq, bu erda shuni ta’kidlash lozimki, yuqorida zikr etilgan bilim turlari
o‘rtasidagi chegaralar aniq emas. Masalan, sizning Toshkent haqidagi bilimingiz siz shaharning
kattaligi, aholisining soni, u O‘zbekiston poytaxti ekanligi va hokazolar haqida ma’lum
axborotga ega ekanligingizni nazarda tutadi. Biroq, bu bilim, avvalo, shahar bilan tanishlik, unda
yaxshi mo‘ljal ola bilish demak. Gnoseologiyada asosiy e’tibor muayyan narsalar haqidagi
bilimni tahlil qilishga qaratiladi. Zero, faqat shunday bilimni asosli va asossiz, ishonchli va
ishonchsiz, haqiqiy yoki soxta bilim sifatida aniq baholash mumkin.