Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə229/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI 
94 
bilan chambarchas bog‘liq. Nisbiy haqiqatlar bi lish taraqqiyoti jarayonida rivojlanib, o‘z 
chegarasi bo‘lgan mutlaq
 
haqiqatga yaqin lashadi. 
Isbotlash va rad etish. 
Fanning u yoki bu qoidasining haqiqiyligi yoki soxtaligi, aniq-ravshan 
ko‘rinib turmaydi. Faqat eng sodda mulohazalar o‘zining haqiqiyligini tasdiqlash uchun sezgi 
idrokidangina foydalanishni talab qiladi: ko‘rsatish mumkin bo‘lgan narsani isbotlashning hojati 
yo‘q. Fanning aksariyat qoidalari sezgi a’zolari orqali bilish darajasida va boshqa haqiqatlardan 
alohida emas, balki mantiqiy tafakkur darajasida, boshqa haqiqatlarga bog‘langan holda, ya’ni 
isbotlash yo‘li bilan haqiqiy deb qabul qilinadi. Isbotlash – ilmiy tafakkurning muhim vositasi. 
Har qanday isbotda tezis, isbotlash uchun asoslar (dalillar) va isbotlash usuli mavjud. Haqiqiyligi 
yoki soxtaligi isbotlash yo‘li bilan aniqlanayotgan qoida tezis deb ataladi. Tezisning soxtaligini 
aniqlash – rad etish deb ataladi. Isbotlashda foydalanilayotgan va isbotlanayotgan tezisning 
haqiqiyligini ko‘rsatayotgan barcha qoidalar asoslar yoki dalillar deb ataladi. Asoslar va dalillar 
ishonchli dalillar haqidagi qoidalar, ta’riflar, aksiomalar va ilgari isbotlangan qoidalardan tashkil 
topadi.
 
Yolg‘on 
haqiqatning qarama-qarshisi. 
YOlg‘on odatda noto‘g‘riligi ayon bo‘lgan tasavvurlarni 
bila turib haqiqat darajasiga ko‘tarish sifatida tushuniladi. 
YOlg‘on kundalik va ijtimoiy 
hayotda keng tarqalgan bo‘lib, odamlar o‘zaro
 
aloqa qiluvchi hamma joyda uchraydi; u 
individlar va ijtimoiy guruhlar manfaatlarining «uchrashuvi» yuz beradigan har qanday insoniy 
munosabatlar funksiyasidir. Gap yolg‘on mavjud yoki mavjud emasligida emas (oddiy hayot 
tajribasi
 
uning mavjudligidan dalolat beradi), balki har bir muayyan holda uning ulushi 
qanchaligidadir.
 
Beruniy fikricha, «SHunday kishilar bo‘ladiki, ularning tabiatiga yolg‘on
 
xabar 
tarqatish o‘rnashib qolib, go‘yo unga shu vazifa yuklatilgandek bo‘ladi va
 
yolg‘on xabar 
tarqatmasdan turolmaydi... Ba’zan kishi yolg‘on xabar tarqatuvchiga
 
taqlid qilib, bilmasdan 
yolg‘on xabar tarqatadi. Bu xabarchilar birinchi marta
 
ataylab yolg‘on xabar tarqatgan kishi 
bilan eng keyin yolg‘on xabarni eshituvchi
 
oralig‘ida vositachi bo‘ladilar. YOlg‘onchilik kishini 
adolatdan yuz o‘girtiradi,zulm, yolg‘on guvohlik, omonatga xiyonat qilish, boshqalar mulklarini 
hiyla bilan
 
bosib olish, o‘g‘irlik, dunyo va xalqning buzilishiga sabab bo‘ladigan boshqa yomon
 
xulqlarni kishilar yaxshi qilib ko‘rsatadilar»
6
. Beruniy insonni rostgo‘ylik
 
qolib, yolg‘onchilik 
yo‘lidan yurmasligi, boshqalarga yaxshilik qilish, yaxshilik
 
qilish imkoniyati bo‘lmasa, yaxshi 
tilaklar izhor qilishga chorlaydi. Rostgo‘ylik,odillik, Beruniy fikricha, yuksak ma’naviyat, go‘zal 
odob – axloq belgisidir.
 
Insonning individual rivojlanish jarayonida yolg‘on bolada jazodan 
qutulib
 
qolishga harakat qilish, kattalar o‘rnagi va shu kabilar orqali shakllanadi. Keyinchalik 
bunga jamiyat kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi. Insonni bu tomonga itaruvchi omillar majmui orasida 
ehtiroslar, shu jumladan, muhabbat tobora kengroq o‘rin egallay boshlaydi. Muhabbat «son-
sanoqsiz yolg‘onni vujudga keltiradi. Oshiq odam o‘zining narxini oshirish uchun yolg‘on 
so‘zlaydi, o‘z raqibining obro‘sini tushirish uchun, rashk o‘tini yoqish uchun... sovib borayotgan 
muhabbat otashini qayta o‘t oldirish uchun aldaydi, nihoyat, muhabbat yo‘qolgan holda yolg‘on 
gapiradi»
7
. YOlg‘on takabburlik, irodasizlik, muvaffaqiyatga intilish, pulga, hokimiyatga o‘chlik 
va hokazolar zaminida yuzaga keladi.

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin