Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə241/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

Madaniy-tarixiy tiplar g‘oyasi. 
XIX asrda madaniy-tarixiy tiplar nazariyasi vujudga kelgan 
bo‘lsa-da, aslida bu haqdagi dastlabki qarashlar Forobiy ijodiga mansub. Forobiy insonlar 
jamiyatini ikki madaniy-tarixiy tiplarga ajratadi. Birinchisi to‘liq jamiyat bo‘lib, u o‘zida a) Yer 
yuzidagi jami insonlarni qamrab oluvchi yirik jamiyat, b) Yerning muayyan qismida yashovchi 
bir millat yoki bir dinga mansub kishilarning o‘rta jamiyati v) muayyan qavm yoki dinga mansub 
bir shahar jamiyatini qamrab oladi. Ikkinchisi bir qishloq, ovul, yoki bir oiladan iborat bo‘lgan 
to‘liqsiz jamiyat
1
. Forobiy fikricha, «Eng yaxshi fazilat va oliy darajadagi komillikni kichik 
birligi shahar hisoblanadigan madaniy jamiyat ichidagina qo‘lga kiritish mumkin. To‘liqsiz 
jamiyatlar insonni takomillashtirishga qobil emaslar»
2
. Forobiyning bu fikrlari Platon va 
Aristotelning jamiyatga oid qarashlaridan farq qiladi, chunki u jamiyatdagi o‘zgarishlarni 
1
Farobiy. Fozil shahar aholisi. –Т.: «Шарқ», 2016 y. 82–83-b.
2
O’sha asar : 69-б. 


7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI. 
JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI
 
102 
inobatga olgan. Jamiyatni to‘liq va to‘liqsizga ajratar ekan, Forobiy shahar to‘liq jamiyatning 
birinchi bosqichidir deb e’tirof etadi. Platon va Aristotel esa to‘liq jamiyatni shahar bilan 
chegaralaganlar va shahar insoniyat jamiyati takomilining oxirgi darajasi, jamoaviy baxt 
saodatning bosh markazi deb ta’kidlaganlar. Forobiy esa, butun dunyodagi jamiyat haqida fikr 
yuritib, uning xukmdori qandaydir alohida olingan xalq, qavm yoki jamoa boshlig‘i emas, balki 
butun madaniy dunyodir deb ta’kidlaydi va bu fikri bilan yunon faylasuflaridan ilgarilab ketadi. 
Fuqarolik jamiyati, davlat, demokratiya. 
Hozirgi zamon jamiyati o‘ta murakkab va faol 
ijtimoiy tizimdir. Umuman olganda, uni quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lgan jamiyat sifatida 
tavsiflash mumkin: 
• u spontan tarzda vujudga keladi va biron-bir boshlang‘ich g‘oyani o‘zida 
mujassamlashtirmaydi, jamiyatning barcha a’zolari uchun muqarrar bo‘lgan olamshumul 
maqsadga ega bo‘lmaydi; 
• u o‘z hayotining barcha tomonlarini yagona markazdan nazorat qilmaydi; 
• unda muvofiqlashtirishga muayyan umumiy maqsad va yagona markazga bo‘ysunish hisobiga 
emas, balki xulq-atvor umumiy qoidalariga rioya etish hisobiga erishiladi; 
• mazkur jamiyatning iqtisodiy asosi xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik, markazlashtirishdan 
chiqarilgan bozor tizimi va raqobatdir; 
• uning individlari erkin va mustaqil bo‘lib, qonun bilan muhofaza etiladigan shaxsiy hayot 
sohasiga egadirlar, bu hayot doirasida ular o‘zlari istagan har qanday qarorlarni mustaqil 
ravishda qabul qilishga haqlidirlar; 
• individlar shak-shubhasiz va uzviy fundamental huquqlar va erkinliklarga, shu jumladan 
fikrlash va so‘z erkinligi, uyushmalar va tashkilotlar tuzish erkinligi, vijdon erkinligi, bir joydan 
boshqa joyga ko‘chib yurish erkinligi, o‘zi istiqomat qiladigan mamlakatni tanlash erkinligiga 
egadirlar; 
• bu ko‘ppartiyaviy jamiyat bo‘lib, unda siyosiy partiyalar hech qanday bevosita ommaviy-
hokimiyat vakolatlariga ega emaslar; 
• davlat hokimiyati va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning vakillik organlari aholi tomonidan 
saylanadi; 
• hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari bir-biridan ajratilgan. Zamonaviy 
jamiyatning umumiy tavsifida quyidagi tushunchalar markaziy o‘rinni egallaydi: fuqarolik 
jamiyati, huquqiy davlat, ko‘ppartiyaviylik, demokratiya, hokimiyatning bo‘linishi, xususiy 
mulk, bozor, shaxs erkinligi va suvereniteti. 
Fuqarolik jamiyati – davlat hokimiyati organlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvidan qonunlar 
bilan muhofaza etilgan ixtiyoriy uyushmalar va tashkilotlar majmui
.
 
Zamonaviy jamiyatda davlat odamlarning shaxsiy hayotiga aralashmaydi, ularni yagona mafkura 
va qadriyatlar yagona tizimini qabul qilishga majburlamaydi.Kishilarning rang-barang 
manfaatlari, ularning hamkorlikdagi harakatlari orqali ro‘yobga chiqariladi, bunga erishish uchun 
ular davlat oldida hisobdor bo‘lmagan ixtiyoriy birlashmalar va uyushmalarga birlashadilar. 
Odamlarning manfaatlarini aks ettiradigan nodavlat, nohukumat tashkilotlari fuqarolik jamiyatini 
tashkil etadi. Ular rasmiy statistikaga kirmaydi va ularning hisobini yuritish ancha qiyin ish. 
Chunonchi, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda yuz minglab bunday tashkilotlar faoliyati 25 
mingdan ortiq xayriya fondlaridan mablag‘ bilan ta’minlanadi. Norvegiyada bu mamlakat 
fuqarosi hisoblangan har olti kishidan biriga bitta nohukumat tashkiloti to‘g‘ri keladi. XIX asr 
fransuz sotsiologi A.de Tokvil Amerikada demokratiyani qo‘llab- quvvatlovchi ijtimoiy 
sharoitlar to‘g‘risida mulohaza yuritar ekan, amerikaliklarning fuqarolik va siyosiy tashkilotlar 
tuzishga bo‘lgan moyilligiga alohida e’tiborni qaratgan: «Turli yosh, mavqe va qiziqishlarga ega 
bo‘lgan amerikaliklar turli xil uyushmalarga ixtiyoriy ravishda birlashadilar.
Bular tijorat yoki ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan, amerikaliklarning barchasi ishtirok 
etadigan birlashmalargina emas, balki boshqa xil turdagi minglab birlashmalar: diniy-ma’naviy 
uyushmalar, jiddiy va ahamiyatsiz, ochiq va berk, ko‘p kishilik va atigi bir nechta a’zodan iborat 
birlashmalardir... Shunday qilib, odamlar o‘zlarining umumiy xohish-istaklariga muvofiq 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin