7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI.
JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI
102
inobatga olgan. Jamiyatni to‘liq va to‘liqsizga
ajratar ekan, Forobiy shahar to‘liq jamiyatning
birinchi bosqichidir deb e’tirof etadi. Platon va Aristotel esa to‘liq jamiyatni shahar bilan
chegaralaganlar va shahar insoniyat jamiyati takomilining oxirgi darajasi, jamoaviy baxt
saodatning bosh markazi deb ta’kidlaganlar.
Forobiy esa, butun dunyodagi jamiyat haqida fikr
yuritib, uning xukmdori qandaydir alohida olingan xalq, qavm yoki jamoa boshlig‘i emas, balki
butun madaniy dunyodir deb ta’kidlaydi va bu fikri bilan yunon faylasuflaridan ilgarilab ketadi.
Fuqarolik jamiyati, davlat, demokratiya.
Hozirgi zamon jamiyati o‘ta murakkab va faol
ijtimoiy tizimdir. Umuman olganda, uni quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lgan
jamiyat sifatida
tavsiflash mumkin:
• u spontan tarzda vujudga keladi va biron-bir boshlang‘ich g‘oyani o‘zida
mujassamlashtirmaydi, jamiyatning barcha a’zolari uchun muqarrar bo‘lgan olamshumul
maqsadga ega bo‘lmaydi;
• u o‘z hayotining barcha tomonlarini yagona markazdan nazorat qilmaydi;
• unda muvofiqlashtirishga muayyan umumiy maqsad va yagona markazga bo‘ysunish hisobiga
emas, balki xulq-atvor umumiy qoidalariga rioya etish hisobiga erishiladi;
• mazkur jamiyatning iqtisodiy asosi xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik, markazlashtirishdan
chiqarilgan bozor tizimi va raqobatdir;
• uning individlari erkin va mustaqil bo‘lib, qonun bilan muhofaza etiladigan shaxsiy hayot
sohasiga egadirlar, bu hayot doirasida ular o‘zlari istagan har
qanday qarorlarni mustaqil
ravishda qabul qilishga haqlidirlar;
• individlar shak-shubhasiz va uzviy fundamental huquqlar va erkinliklarga, shu jumladan
fikrlash va so‘z erkinligi, uyushmalar va tashkilotlar tuzish erkinligi, vijdon erkinligi, bir joydan
boshqa joyga ko‘chib yurish erkinligi, o‘zi istiqomat qiladigan mamlakatni tanlash erkinligiga
egadirlar;
• bu ko‘ppartiyaviy jamiyat bo‘lib, unda siyosiy partiyalar hech
qanday bevosita ommaviy-
hokimiyat vakolatlariga ega emaslar;
• davlat hokimiyati va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning vakillik organlari aholi tomonidan
saylanadi;
• hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari bir-biridan ajratilgan. Zamonaviy
jamiyatning umumiy tavsifida quyidagi tushunchalar markaziy o‘rinni egallaydi: fuqarolik
jamiyati,
huquqiy davlat, ko‘ppartiyaviylik, demokratiya, hokimiyatning bo‘linishi, xususiy
mulk, bozor, shaxs erkinligi va suvereniteti.
Fuqarolik jamiyati – davlat hokimiyati organlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvidan qonunlar
bilan muhofaza etilgan ixtiyoriy uyushmalar va tashkilotlar majmui
.
Zamonaviy jamiyatda davlat odamlarning shaxsiy hayotiga aralashmaydi, ularni yagona mafkura
va qadriyatlar yagona tizimini qabul qilishga majburlamaydi.Kishilarning rang-barang
manfaatlari, ularning hamkorlikdagi harakatlari orqali ro‘yobga chiqariladi, bunga erishish uchun
ular davlat oldida hisobdor bo‘lmagan ixtiyoriy birlashmalar va uyushmalarga birlashadilar.
Odamlarning manfaatlarini aks ettiradigan nodavlat, nohukumat tashkilotlari fuqarolik jamiyatini
tashkil etadi. Ular rasmiy statistikaga kirmaydi va ularning hisobini yuritish ancha qiyin ish.
Chunonchi, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda yuz minglab bunday tashkilotlar faoliyati 25
mingdan ortiq xayriya fondlaridan mablag‘ bilan ta’minlanadi. Norvegiyada bu mamlakat
fuqarosi hisoblangan har olti kishidan biriga bitta nohukumat tashkiloti to‘g‘ri keladi.
XIX asr
fransuz sotsiologi A.de Tokvil Amerikada demokratiyani qo‘llab- quvvatlovchi ijtimoiy
sharoitlar to‘g‘risida mulohaza yuritar ekan, amerikaliklarning fuqarolik va siyosiy tashkilotlar
tuzishga bo‘lgan moyilligiga alohida e’tiborni qaratgan: «Turli yosh, mavqe va qiziqishlarga ega
bo‘lgan amerikaliklar turli xil uyushmalarga ixtiyoriy ravishda birlashadilar.
Bular tijorat yoki ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan, amerikaliklarning barchasi ishtirok
etadigan
birlashmalargina emas, balki boshqa xil turdagi minglab birlashmalar: diniy-ma’naviy
uyushmalar, jiddiy va ahamiyatsiz, ochiq va berk, ko‘p kishilik va atigi bir nechta a’zodan iborat
birlashmalardir... Shunday qilib, odamlar o‘zlarining umumiy xohish-istaklariga muvofiq