Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə242/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI. 
JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI
 
103 
bo‘lgan maqsadga bahamjihat erishish san’atida oliy barkamollikka erishdilar va jamoa 
harakatining mazkur usulini boshqalarga qaraganda ko‘proq qo‘llay boshladilar»
3
Fuqarolik jamiyatiga O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov quyidagicha ta’rif 
beradi: “Fuqarolik jamiyati - ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning 
o‘z-o‘zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. SHaxs manfaatlari, 
uning huquq va erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda 
boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ya’ni erkinlik va 
qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi, bir-birini to‘ldiradi va birbirini taqozo etadi. 
Boshqacha aytganda, davlatning qonunlari inson va fuqaro huquqlarini kamsitmasligi lozim. 
Shuning barobarida barcha odamlar qonunlarga so‘zsiz rioya qilishlari shart”
4
«Sivilizatsiya» 
(lot. «civilis» – «fuqarolik», «davlatga doir») atamasi har xil ma’noda ishlatiladi. 
Birinchidan, 
sivilizatsiya – insoniyat rivojlanishida varvarlikdan keyin boshlangan va sinflar, 
davlat vujudga kelishi, urbanizatsiya va yozuv paydo bo‘lishi bilan tavsiflanadigan tarixiy 
bosqich. 
Ibn Xaldun (1332–1406) o‘z davrida birinchi bo‘lib, sivilizatsiyalarning yuzaga kelishi, 
rivojlanishi va tanazzuli haqida ilmiy asosslangan g‘oyalarni ilgari suradi. Jumladan 
madaniyatlar va davlatlarning paydo bo‘lishi, yashashi va inqirozi muayyan tarixiy qonuniyat 
ekanligini, unga tabiiy geografik va iqtisodiy omillar, turmush tarzi va dunyoqarashlar jiddiy 
ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini aytadi. 
I.A.Karimov, «Har qanday sivilizatsiya ko‘pdan ko‘p xalqlar, millatlar, elatlar faoliyatining va 
samarali tar’sirining mahsulidir. Bir so‘z bilan aytganda, ko‘chmanchilar, bosqinchilar kelib 
ketaveradi, lekin xalq boqiy qoladi, uning madaniyati abadiy yashaydi»
5
, deb ta’kidlaydi. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin