I.A.Karimov (1938-2016) tarix falsafasini tarixiy xotira bilan uyg‘un holda ko‘radi. Uning
fikricha, «Inson uchun tarxidan judo bo‘lish – hayotdan judo bo‘lish demakdir»
6
. Fikrining
davomida u tarixiy xotirasi bor inson irodali inson, jamiyatning har bir a’zosi o‘z o‘tmishini
yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo‘ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. tarix
saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi, o‘zlikni anglash tarixni
bilishdan boshlanadi, deb ta’kidlaydi. Buning uchun har bir millat o‘zining tarixiy ildizlariga
nazar solishi, u yoki bu mafkura ta’sirida xash-po‘shlangan tarixiy xotirani o‘z holicha, qayta
tiklashga harakat qilishi lozim. «O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning
kelajagi yo‘q»
7
. Shundagina millat, xalq o‘z-o‘zini anglaydi. Tarixchilar millatga uning haqqoniy
tarixini ko‘rsatib, isbotlab berishlari kerak. Zotan, tarix xalq ma’naviyatining asosidir.
Hozirgi zamon tarix falsafasida, tarixiy jarayon mantig‘i va yo‘nalishini tushuntirishga nisbatan
ikki asosiy yondashuv:
formatsion va sivilizatsion yondashuvlar mavjud. Formatsion
yondashuv tarixni monistik, universalistik tushunishga asoslanadi. U jahon tarixini ijtimoiy-
iqtisodiy formatsiyalar olinma-ketin almashuvidan iborat yagona, chiziqli-hujumkor tabiiy-
tarixiy jarayon sifatida talqin qiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar haqidagi ta’limotni Karl Marks o‘zining «Kapital», «Siyosiy
iqtisod tanqidiga doir» kabi asarlarida ilgari surgan. Marks nazariyasining mohiyatini, uning bir
qancha qoidalari orqali ifodalash mumkin:
1)
ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya – sifat jihatidan aniq, yaxlit ijtimoiy tizim bo‘lib, uning
muhim elementi odamlarning hayot faoliyati jarayonida ular o‘rtasida o‘rnatiladigan moddiy
(iqtisodiy), ma’naviy (mafkuraviy) va boshqa aloqalar va munosabatlardir. Moddiy va ma’naviy
munosabatlarning o‘zaro aloqasida moddiy munosabatlar etakchi rol o‘ynaydi. Ularning o‘zagini
ishlab chiqarish munosabatlari tashkil qiladi. Aynan ishlab chiqarish munosabatlari, ijtimoiy
tizim faoliyatini belgilovchi asos hisoblanadi;
6
Karimov I.А.
Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. –T.: «Sharq», 1998 y. 10-b.
7
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –Т.: «Ma’naviyat», 2008 y. 4-b.