7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI. JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI 106
2) ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya turli mamlakatlarda ular rivojlanishining muayyan bosqichida
ijtimoiy hayotga xos bo‘lgan umumiy jihatlarni aks ettiradi. Kapitalizmni o‘rganish va turli
mamlakatlardagi
moddiy
va
ma’naviy munosabatlarni taqqoslash jarayonida bu
munosabatlarning ko‘pgina tomonlari takrorlanishining va mazkur mamlakatlar ijtimoiy
rivojlanishning bir bosqichi – kapitalistik bosqichda, degan xulosaga kelingan;
3) ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya jamiyat rivojlanishining muayyan bosqichidir. Ko‘p sonli
ijtimoiy aloqalar orasida ishlab chiqarish munosabatlarini farqlash, ularning bir necha turlari
mavjudligini aniqlash imkonini ham bergan; turli ijtimoiy organizmlar bir xil ijtimoiy-iqtisodiy
tuzilishga ega bo‘lishi ham, har xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishga ega bo‘lishi ham mumkinligi
(ya’ni, har xil tipdagi ishlab chiqarish munosabatlari) aniqlangan.
Shunday qilib, ishlab chiqarish munosabatlarining har bir tipi rivojlanish bosqichi, tarixiy davrni,
bu ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi va o‘zgarishi esa jamiyat rivojlanishining
mohiyatini belgilaydi, degan xulosaga kelingan.
Bu qoidalardan kelib chiqib, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya – bu jamiyatning muayyan tarixiy tipi,
ishlab chiqarishning muayyan usuliga asoslangan va ijtimoiy taraqqiyot bosqichi sifatida amal
qiladigan yaxlit ijtimoiy tizim, degan to‘xtamga kelish mumkin.
«Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya» kategoriyasini asoslash tarixiy jarayonni davriylashtirish
imkonini bergan. U jami formatsiyalarning besh tipini farqlagan: ibtidoiy jamoa, quldorlik,
feodalizm, kapitalizm, kommunizm. Jahon tarixiy jarayoni bir formatsiyadan boshqa
formatsiyaga yuksalishdan iborat bo‘lgan chiziqli jarayon sifatida tavsiflagan.
XIX asrda ishlab chiqilgan formatsion yondashuv o‘zini oqlamadi. Bunda tarixiy ri vojlanish
jarayonini tushuntirishga nisbatan Marksning yondashuvi emas, balki uni dogmaga aylantirish va
mutlaqlashtirish shakllandi. Ayrim tadqiqotchilar formatsion yondashuvni tahlil qilar ekanlar,
uning quyidagi zaif jihatlarini qayd etadilar. Birinchidan, tarixning har qanday bosqichida
jamiyat hayotini ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlargina belgilaydi, deb aytish o‘rinli bo‘lmaydi.
Ikkinchidan, bir formatsiyadan boshqa formatsiyaga tabiiy yuksalish haqidagi monistik tasavvur
inson erkinligiga, insoniyat rivojlanishining muqobil yo‘llarini tanlashga o‘rin qoldirmaydi.
Uchinchidan, xalqlar, jamiyatlar, davlatlarning haqiqiy tarixi yuksalib boruvchi chiziq bo‘ylab
formatsion rivojlanishning tor doirasiga sig‘maydi. Mazkur yondashuv amalga tatbiq etilganda
har bir xalq va sivilizatsiyaning o‘ziga xosligi va betakrorligi yo‘qoladi, ular ayni holda kelajak
barkamol jamiyatining sharti sifatidagina amal qiladi.
SHunday qilib, hozirgi davr sharoitida tarixiy jarayonni besh ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyadan
iborat bo‘lgan chiziqli sxema sifatida talqin qilishning bir yoqlamaligi, ayniqsa, bo‘rtib namoyon
bo‘ladi. Jahon tarixiy jarayoni mazkur nazariy modeldan boyroq. SHu sababli ushbu talqinni
tarixni tushunishga nisbatan o‘zgacha, nochiziq yondashuv bilan to‘ldirish talab etiladi.
Sivilizatsionyondashuv tarixiy jarayonni tushunishga nisbatan aynan shunday yondashuvdir.
Falsafani tushunishga nisbatan sivilizatsion yondashuv XIX–XX asrlarda vujudga kelgan. U,
asosan, ko‘p sonli madaniyatlar va sivilizatsiyalar mavjudligi, ularning lokalligi va har xilligi
haqidagi g‘oyani ilgari surishi bilan tavsiflanadi. Bu yerda ijtimoiy taraqqiyotning qat’iy bir
chiziqli sxemasi rad etiladi.
Mazkur yondashuv asoschilaridan biri, tabiatshunos olim Nikolay Danilevskiy (1822–1885)
bo‘lgan. U har biri alohida-alohida mavjud bo‘lgan, faoliyatning to‘rt muhim shakli yoki
sivilizatsiyalar «asosi» – diniy, madaniy, siyosiy,ijtimoiy-iqtisodiy asoslar orqali namoyon
bo‘luvchi madaniy-tarixiy tiplar (sivilizatsiyalar) haqidagi konsepsiyani ilgari surgan. Madaniy-
tarixiy tiplar, biologik organizmlar kabi, tashqi muhit va bir-biri bilan uzluksiz kurash jarayonida
bo‘ladi va vujudga kelish, voyaga etish, qarish va halok bo‘lish bosqichlaridan o‘tadi. Jahon
tarixining mazmunini, Danilevskiy o‘zining alohida qonunlariga binoan rivojlanuvchi xalqlar
madaniy-tarixiy tiplarining o‘z-o‘zini namoyon etish xususiyatlarini aniqlashdan iborat, deb
bilgan.Danilevskiy madaniy-tarixiy tiplar rivojlanishining ayrim qonunlarini
ta’riflagan: 1) bir tilda yoki o‘xshash tillarda so‘zlashuvchi xalqlar bir madaniy-tarixiy tipni
tashkil etadi; 2) madaniy-tarixiy tip vujudga kelishi va rivojlanishi uchun muayyan siyosiy