11-MAVZU. MULOHAZA. XULOSA CHIQARISH
159
predmetning biror jihatdan munosabati ko‘rsatiladi. Masalan, «Matematik
mantiq klassik
mantiqqa qaraganda yoshroqdir».
Sub’ektning miqdoriga qarab hukm turlari quyidagilardir: umumiy, juz’iy, yakka
hukmlar. Bunda sub’ektda
ifodalangan predmetning soni, nechtaligi ahamiyatga ega bo‘ladi.
Oddiy hukmlarda diqqatimiz bir turkum predmetlarning hammasiga,
bir qismiga yoki bir
donasiga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Masalan, «Hamma darsliklar kitobdir», «Ba’zi darsliklar
O‘zbek tilida chiqarilgan», «Bu darsliklar mantiq faniga oiddir».
Mantiqiy bog‘lamaga qarab hukm turlari quyidagilardir: tasdiq va inkor hukmlar.
Mantiqiy bog‘lama hukmning sifatini belgilaydi. Tasdiq hukmlarda
xususiyatning predmetga
xosligi, inkor hukmlarda aksincha, xos emasligi ko‘rsatiladi. Masalan, «O‘zbekiston
fuqarolari
tinchlik tarafdoridir», «O‘zbekiston fuqarolari qurollanish tarafdori emas».
Dostları ilə paylaş: