11-MAVZU. MULOHAZA. XULOSA CHIQARISH 160
to‘la olinmagan. Masalan,
O «Ba’zi talabalar kutubxonalarga a’zo emas». YAkka inkor
hukmlarning sub’ekti ham, predikati ham to‘la hajmda olingan bo‘ladi. Masalan, «Bu odam oliy
ma’lumotli emas» hukmlarda terminlar hajmini yaxshiroq tushunish uchun doiralardan
foydalanamiz.
A 1 Oddiy hukmlar o‘rtasidagi munosabatlar. Har qanday ikki hukm o‘rtasida emas, balki moddiy jihatdan bir xil hukmlar
o‘rtasidagi munosabatlar haqida fikr yuritamiz. Sub’ektlari bir xil, predikatlari bir xil hukmlar
moddiy jihatdan bir xil hukmlar deyiladi. Hukmlar sifat va miqdr jihatdan farq qilishlari
mumkin. Oddiy hukmlar o‘rtasida quyidagi munosabatlar bo‘lishi mumkin:
zidlik munosabati, umumiy tasdiq va juz’iy inkor (A—O) hamda umumiy inkor va juz’iy tasdiq
( E—J ) hukmlar
o‘rtasida bo‘ladi. Masalan,
A «Hamma talabalar a’lochi»,
E «hech bir talaba a’lochi emas».
Juz’iy qarama-qarshilik munosabati, juz’iy tasdiq va juz’iy inkor hukmlar o‘rtasida bo‘ladi.
Masalan,
J «Ba’zi qishloqlar obod»,
O «ba’zi qishloqlar orod emas». Bo‘ysunish munosabati
umumiy tasdiq va juz’iy tasdiq hamda umumiy inkor va juz’iy inkor hukmlar o‘rtasida bo‘ladi.
(Masalan,
A «Hamma domlalar professor»,
J «ba’zi domlalar professor».
Murakkab hukmlar. Yuqorida bayon qilinganlardan ma’lumki, hukm terminlari birdan
ortiq bo‘lsa, ularni murakkab hukmlar deb yuritamiz. Murakkab hukmlarni turlarga, ajiratganda
ularning tarkibidagi mantiqiy bog‘lovchining mazmuniga e’tibor beramiz. Shunga qarab
murakkab hukmlarning quyidkgi asosiy turlarini ko‘rsatish mumkin: