Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


 Axloqiy tarbiya hamda uning yo‘llari va vositalari



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə380/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

4. Axloqiy tarbiya hamda uning yo‘llari va vositalari 
Insonning axloqiy hayoti uning axloqiy tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Zero, axloqiy 
tarbiya insonning shaxs bo‘lib yetishuvini ta ’minlaydigan uzluksiz jarayonlardan biri. Unda 
individ axloqiy qadriyatlarni anglab yetadi, o‘zida axloqiy fazilatlarni barqaror etadi,axloqiy 
tamoyillar va me’yorlar asosida yashashga o‘rganadi. Axloqiy tarbiya insoniyat tarixi mobaynida 
ikki muhim masalaga javob izlaydi: bulardan biri — qanday yashamoq kerak, ikkinchisi — nima 
qilmog‘-u, nima qilmaslik lozim. Ana shu savollarga javob izlash jarayoni axloqiy tarbiyaning 
amaliy ko'rinishidir. Tarbiya ona qornidan boshlanadi degan gap bor. Uning asl ma’nosi, avvalo, 
ota-onaning o‘zi axloqiy tarbiya ko‘rgan bo‘lishi kerak degani. Zero, qush inida ko‘rganini 
qiladi: ota-ona oilada yuksak axloq namunasini ko‘rsatishi lozim. Shuni ham alohida ta’kidlash 
joizki, axloqiylik insonda faqat axloqiy tarbiya vositasidagina vujudga keladi, degan 
moddiyatchilik qarashlari ko’p yillar mobaynida hukmronlik qilib keldi. To‘g‘ri, axloqiy 
tarbiyaning ahamiyati nihoyatda katta. Lekin axloqiylik insonga uning insoniylik belgilaridan 
eng muhimi sifatida ato etilgan ilohiy ne’mat. Shu ma’naviy ne’mat asosni axloqiy tarbiya 
yordamida takomillashtiramiz. Aks holda maymun va itlardan ham axloqiy mavjudot tarbiyalab 
yetkazishimiz mumkin bo‘lur edi. 
Shunday qilib, axloqiy tarbiya inson farzandini takomilga, komillikka yetkazish yo‘llaridan biri. 
Uning vositalari ko‘p. Ulaming bir qismi an’anaviy tarbiya vositalari bo‘lsa, yana bir qismi 
zamonaviy vositalar. Odatda, har ikki turdagi vositalardan foydalaniladi. Chunonchi, 
maktabgacha bo’lgan axloqiy tarbiyada ertak va rivoyatlar vositasidagi an anaviy tarbiya bilan 
o‘yinchoqlar va o‘yinlar vositasidagi zamonaviy tarbiya muvaffaqiyatli qo‘llaniladi; bunda bola 
1
I.A.Karimov .Biz o’z kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz.T.O’zbekiston 1999 y. 77 bet



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin