15-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR 223
solishi mumkinligi va qisman solayotgani uchun uni amalda qo’llanilishiga qarshi kurashdi. U
sho‘rolar hukumati va mafkurachilari tomonidan o'zining Vatan mudofaasi quvvatini
susaytirishga harakat qilgan salkam xiyonatkor fuqaro deb e’lon etilishiga, boshiga behisob
tuhmatlar, ta’na-dashnomlar yog‘dirilishiga sabot bilan chidadi, ahdidan qaytmadi, yovuzlik
saltanati qo‘lida o‘z olimlik iste’dodining qo‘g‘irchoq bo’lishiga, harbiy murvatga aylanishiga
yo‘l qo‘ymadi. Oxir-oqibatda u inson huquqlarining jahon tan olgan eng buyuk himoyachilaridan
biri sifatida butun insoniyat tahsiniga sazovor bo‘ldi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish
mumkin.
Bulardan tashqari, muallimlik odobi, huquq-tartibot xodimlari odobi, muhandis odobi singari
birqancha kasbiy odob turlari borki, ular ham jamiyatda axloqiy munosabatlar silsilasida muhim
ahamiyatga ega. Shuni aytish kerakki, barcha kasbiy odob qonun-qoidalarining ta ’sir doirasi,
miqyosi bir xil emas. Ba’zi bir kasbiy odobning buzilishi oddiy odobsizlik doirasidan chiqib,
axloqsizlikka aylanib ketadi. Masalan, rahbarlik odobidagi ba’ zi nuqtalarga to‘xtalaylik. Rahbar
quyi lavozimdagilarga mensimay, qo‘pol munosabatda bo'lishi, o'ziga ishonib topshirilgan hudud
yoki tashkilotdagi oddiy odamlar arz-dodiga, orzu-istaklariga
to'ralarcha qarashi odobsizlikka kirsa, uning shaxsiy boylik orttirishi yo‘lida korrupsiya
vositasida mamlakat, viloyat yoki tashkilot manfaatlarini qurbon qilishi axloqsizlik, nafaqat
rahbarlik kasbiga, balki Vatanga ham xiyonat tarzida baholanishi mumkin. Ba’zan kasbiy
odobning kasbiy axloq deb atalishi ham ana shundan. Rahbarlikning axloqiy jihatlari, rahbar
borasida Islom Karimovning mana bu fikrlari bag‘oyat ibratlidir: «Oddiy odamlarning
rahbarlarga munosabati ikki fuqaro o‘rtasidagi munosabatgina emas. Ayni paytda u jamiyatda
qaror topadigan ma’naviy-ruhiy, siyosiy-axloqiy muhitni ham yaratadi. Haqiqiy rahbar
odamlarning ko'ngliga yo‘l topib, ularni ezgulikka, yaxshilikka, yaratishga da’vat etadi»
1
.
Yuqorida keltirilganlardan ko‘rinib turibdiki, kasbiy odob muammosi, ba’zilar o’ylaganidek,
axloqshunoslikning mayda masalalaridan emas. Uni har tomonlama o ‘rganish, kasbiy erkinlik
va kasbiy burch munosabatini tadqiq etish XXI asr axloqshunosligida muhim o ‘rin egallayajak.
Zero, kasbiy odob shaxs va jamiyat axloqiy hayotida o ‘zini amaliy axloq tarzida namoyon
etuvchi ma’naviy hodisa sifatida baholanishi lozim.