Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə392/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   388   389   390   391   392   393   394   395   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

 
Tayanch tushunchalar: 
Estetika, «Go‘zallik falsafasi», estetik ehtiyoj, nafosat, san’at, estetika 
amaliyoti, Zardushtiylik, Pifagor, Geraklit, Suqrot, Aflotun, Arastu, Tit, Lukretsiy Kar, G‘arb 
O‘rta asrlar estetikasi, Uyg‘onish davri, klassitsizm, nemis klassik falsafasi, O‘rta Osiyo 
Uyg‘onish davri estetikasi, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, ekzistensializm, 
strukturalizm. 
 
Estetika so‘zi yunoncha «estezis» so‘zidan olingan bo‘lib, «sezish», «his qilish 
qobiliyati» ma’nosini bildiradi. Bu fan – insonning voqelikka estetik munosabatlari va insoniyat 
badiiy rivojining umumiy qonun-qoidalari haqidagi fan. Uzoq vaqt bu fan «Go‘zallik falsafasi» 
deb ta’riflab kelingan. Lekin hozirgi davrda „Estetika" fanini bunday ta’riflab bo‘lmaydi, chunki 
«go‘zallik»ning o‘zi „Estetika"ga tegishli tushunchalardan biriga aylanib qoldi. Birinchi marta 
estetika so‘zini fanning nomi sifatida olmon faylasufi Aleksandr Baumgarten (1714-1762) 
“Poetika” asarining ba’zi bir masalalari to‘g‘risida falsafiy mulohazalar” kitobida ishlatgan 
(1735 yil). Lekin bu bilan Baumgartenni „Estetika" fanining asoschisi deb bo‘lmaydi, chunki 
estetika nazariyalari qadim zamonlardayoq „Falsafa” fani doirasida o‘rganilgan. 
Dastlabki estetik ta’limotlar quldorlik jamiyati davrida – Sharq mamlakatlari (Misr, Bobil, 
Hindiston, Xitoy, Eron va Turon)da vujudga kelib, qadimgi Yunonistonda, ayniqsa, Aflotun, 
Arastu, Suqrot asarlarida, qadimgi Rimda Lukretsiy Kar, Goratsiy va boshqalarning 
tadqiqotlarida rivojlantirildi. XVIII asrning ikkinchi yarmidan mustaqil fan sifatida shakllana 
boshladi. „Estetika" so‘zi ko‘pincha narsa va hodisalarning rang-tusi va shaklidagi 
mukammallik, mutanosiblik, latofat ma’nolari majmui sifatida ham qo‘llaniladi. Mazkur 
tushuncha kishilarning yaxshi fe’l-atvori, muomalasi, nutqi, did bilan kiyinishini anglatadi yoki 
tabiatdagi go‘zallikni ham bildiradi. 
Estetika so‘zi ba’zan «nafosat» tushunchasi bilan baravar ishlatiladi. San’atda ham 
estetika bir qancha ma’nolarda qo‘llaniladi. Voqelikdagi tabiatan nozik narsalar va hodisalar 
in’ikosi – badiiy adabiyotda nazm, tasviriy san’atda – manzara, miniatyura va boshqalar 
fikrimizga yorqin dalildir. Ikkinchidan, san’atda nima in’ikos ettirilishidan qat’i nazar, nihoyatda 
nozik ifoda usullari qo‘llanilishi, ifoda usulining bag‘oyat nafisligi – nozik raqs va boshqalar 
diqqatga sazovordir. “Estetika” atamasi o‘rnini bevosita va bilvosita “Nafosat” atamasi bosa 
oladi. Ko‘pchilik “estetika” atamasiga o‘rgangani uchun “nafosat” atamasini chuqur his qilol-
maydi. 
Estetika fan sifatida voqelikning go‘zallik asosida in’ikos etishini, inson amaliy 
faoliyatining hamma sohalarida go‘zallik va xunuklik tuyg‘ularini, ayniqsa, badiiy ijodning 
umumiy qonunlarini o‘rganadi. Biz voqelikdagi go‘zallik va xunuklikni turlicha tushunamiz. 
Estetik qarashlarimiz, tasavvurlarimiz, baholarimiz nisbiy bo‘lib, ularni xolis baholash 
estetikaning vazifasidir. Mazkur fanning asosiy tushunchasi – go‘zallik zohiriy va boti-niy 
ma’noga ega, voqea-hodisa, buyum zohiran go‘zal, botinan xunuk bo‘lsa, bu erda tom 
ma’nodagi go‘zallik deb bo‘lmaydi. Shu bois donishmandlar tashqi va ichki go‘zallik 
mutanosibligiga alohida ahamiyat berganlar. 
Go‘zallikka intilish tabiiy ehtiyojdir. Bu ehtiyoj tarbiya vo-sitasida namoyon bo‘ladi. 
Go‘zallik qurshovida yashagan inson bilan xunuklik muhitida o‘sgan odam o‘rtasida katta farq 
bor. Go‘zallik tarbiyasi insonni ma’naviy jihatdan kamolotga etaklaydi, estetik his-tuyg‘uni 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   388   389   390   391   392   393   394   395   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin