Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


San’atning xususiyatlari va tamoyillari



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə418/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   414   415   416   417   418   419   420   421   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

 
San’atning xususiyatlari va tamoyillari 
Ma’joziylik xususiyati.
Boshqacha qilib aytganda, narsa-hodisalar yoki so‘z-
iboralarining ko‘chma ma’nolarda, ko‘p ma’noli tarzda qo‘llanilishi san’atning san’atligini 
belgilab beradi. Majoziylik, keng ma’noda olganda, badiiy qiyofa yaratish, umumlashtirish, 
ramziylik, o‘xshatish, sifatlash, jonlantirish, istiora, kinoya singari badiiy vosita va usullarni o‘z 
ichiga oladi. Misol uchun, daryo. U aslida biologik hodisa sifatida bitta narsani anglatadi: 
manbaidan to quyilish joyigacha doimiy oqib turadigan katta suv. san’atda esa u – inson umri, 
hayot beruvchi manba, insonning kengligi v.h. Badiiy asarda u pishqiradi, o‘ynoqlaydi, 


17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI
257 
yuguradi, hikoya so‘ylab beradi, ertak aytib beradi v.b. sifatlar bilan jonlanadi, 
odamiylashtiriladi. Majoziylik hususiyati, xullas, san’atning yashash shartlaridan biri, u yo‘q 
joyda – san’at ham yo‘q. 
Demokratik xususiyati.
San’atinng demokratik xususiyati ham uning yashash shartlaridan 
biri. Bu xususiyat eng avvalo erkinlik bilan bog‘liq. Ijodkor fikr erkinligi, so‘z erkinligi, g‘oya 
erkinligi, mavzu erkinligi, uslub erkinligi, rang erkinligi v.b. ijodiy erkinliklar tizimiga ega 
bo‘lsagina, ulardan o‘z o‘rnida foydalana olsagina, uning asarini san’at namunasi deb atash 
mumkin. Ijodkorga, siyosiy-mafkuraviy zo‘ravonlik qilish, uni majburlash, qo‘rqitish orqali 
ta’sir ko‘rsatish kabi hodisalar san’at uchun o‘lim demakdir. Faqat ijod emas, badiiy asarni 
estetik idrok etish jarayoni ham erkin bo‘lishi kerak, bunda ham majburiylik, zo‘ravonlik 
mumkin emas. Zero, har qanday san’at asari erkin xohish-ixtiyor bilan idrok etilgandagina, u 
yashab qolish imkoniga ega bo‘ladi. Bu masalaning bir tomoni, ikkinchi tomoni - san’atni 
yaratuvchilar orasidagi demokratiya bilan bog‘liq.

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   414   415   416   417   418   419   420   421   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin