Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


Originallik (yangilik)-ijodiylik tamoyili



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə420/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   416   417   418   419   420   421   422   423   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

Originallik (yangilik)-ijodiylik tamoyili.
Har bir ma’naviy hodisada bo‘lganidek, 
san’atda ham uning asosini tashkil etadigan, tamal toshi vazifasini o‘taydigan tamoyillar mavjud. 
Ulardan birinchisi - san’atning yangilik (orginallik) yoxud ijodiylik tamoyili. CHunki ijod 


17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI
258 
mahsuli, ijod qilishi – kashf etish, shu kungacha mavjud bo‘lmagan narsani yaratish demakdir. 
Bunday yangilik muayyan san’at asarining shakl, mazmun, uslub v.b. jihatlari bilan o‘zidan 
avvalgi asarlarini takrorlamasligini, o‘sha asarlar bilan yonma-yon qo‘yganda, ulardan ijobiy 
o‘ziga xosligi tufayli ajralib turishini taqozo etadi.
Haqqoniylik tamoyili.
U san’at asarida in’ikos etayotgan inson xatti-harakatlarining
ilg‘or g‘oyalarning, badiiy usullarning, butun ifodaviy-tasviriy vositalarning bir-biri bilan 
uyg‘un, maqsadga muvofiq tarzda berilishini ta’minlaydi. Zero umumiylikni – xususiylikda aks 
ettirish, makon, zamon va inson yaxlitligini badiiy qiyofalarga ko‘chirish san’atkor uchun eng 
murakkab ish. Bunda iste’dod, xayolot, tasavvur va mahorat katta rol o‘ynaydi. Asardagi har bir 
epizod, har bir rang, har bir misra, har bir tovush idrok etuvchini ishontirishi, unda shubha 
uyg‘otmasligi kerak. San’atkor uni, qadimgi yunonlar ta’biri bilan aytganda, «go‘zal yolg‘onga» 
ishontirishi, ro‘y bermagan, lekin ro‘y berishi mumkin bo‘lgan voqelikni ro‘y bergan deb idrok 
etishga «majbur qilishi» lozim. SHu sababli haqqoniylikni faqat real hayotga yaqinlik – 
hayotiylik bilan izohlash uni jo‘nlashtirish demakdir. Haqqoniylik tamoyiliga amal qilinmasa
asarlar juda oz muddat yashaydi, haqqoniylikning yo‘qligi sxematizm va soxtalikni barqaror 
etadi. 
Xalqchillik tamoyili.
San’at asari xalq uchun yaratiladi. Lekin xalq degani, bu – aholi 
emas, aholining fikrlaydigan, milliy qadriyatlarga befarq qaramaydigan, afkor, tinglay olish, 
tomosha qila bilish va o‘qish qobiliyatiga ega qismi. Asardagi xalqchillik ana shu ko‘pchilikning 
shodligu qayg‘usini, dardlarini, intilishlarini, muammolarini qay darajada tushunarli tarzda 
ifodalay olishi bilan belgilanadi. Xaqiqiy san’at asari «qoralar» (omma) uchun ham, «saralar» 
(elita) uchun ham yaratilmaydi, tabaqaviylik, mahalliychilik, millatchilik singari salbiy 
yo‘nalmalardan yiroq bo‘ladi, boshqacha qilib aytganda, podsholar haqidagi asarni – fuqarolar, 
fuqarolar haqidagi asarni - podsholar tushunganida, unday asarni xalqchil deyish mumkin. 
Masalan, Navoiyning «Farhod va SHirin», «Sab’ai sayyor» dostonlari podsholaru malikalar 
haqida, lekin xalqqa tushunarli. CHunki ular xalqning vakillari sifatida badiiy qiyofaga ega 
qahramonlardir. YOki Sulaymon YUdakovning «Maysaraning ishi» operasi xalq orasida shuhrat 
qozongani hech kimga sir emas. Bu asar orqali, bizda yosirabroq qaraladigan, opera san’ati ham 
ruhimizga singib ketdi. Xalqchillikda muhimi – san’atkor tomonidan xalq ruhini anglay bilish va 
uni in’ikos ettira olish, millatni millat qilgan qadriyatlar mohiyatini badiiy qiyofalar orqali aks 
ettirish. Xalqchillik tamoyilining yana bir muhim jihati shuki, san’at asari u – tarixiymi, 
zamonaviymi, – xalqning orzu-ideallarini ifodalashi, ya’ni kechani yoki bugunni emas, ertani 
kuylashi lozim, xalqdan ortda qolmasligi, u bilan yonma-yon ham turmasligi, balki undan va 
zamondan bir qadam oldin yurishi kerak. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   416   417   418   419   420   421   422   423   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin