17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI 260
Bunda san’at asari ijtimoiylashgan badiiyat, undagi qahramon g‘oyaviy-badiiy yaxlitlik tarzida
tarbiyaviy rol o‘ynaydi.
Ijtimoiy aloqachilik (kommunikativlik) faoliyati - san’atning o‘ziga xos vazifasi. Haqiqiy san’at asari idrok etuvchini muayyan makonda va zamonda «birga olib yuradi», biz
uchun yangi bo‘lgan voqelik bilan «tanishtiradi», hozirgi zamon odamini boshqa bir zamonga,
boshqa tarixiy voqealar joyiga, boshqa mintaletetga, boshqa mintaqaga «olib boradi», M.,
SHekspirning «Romeo va Juletta» asari orqali O‘rta asrlar Italiyasidagi voqealar bilan
bog‘lanamiz. Zamonaviy san’at asarida ham shunday holatni ko‘rishimiz mumkin. Bundan
tashqari, san’at ijodkor va jamiyat, ijodkor va asar, asar va uni estetik idrok etuvchi orasidagi uch
yoqlama aloqani ham amalga oshiradi.
Huzurbaxshlik - san’atning ijtimoiy vazifasi. Biz yuqorida san’atning kelib chiqishini
o‘yin bilan bog‘lagan edik. SHunday ekan, huzurbaxshlik vazifasini uning tabiiy burchi deb
atash mumkin. CHunki o‘yin «bir maza qilish», bir muddat zavqqa berilib, huzur olish uchun
kerak. San’atda ham, u ilk bor bunyodga kelgan paytidan boshlaboq, huzurbaxshlik asosiy vazifa
hisoblangan. Biroq, taraqqiyot davomida insonning, qo‘polroq bo‘lsa ham, Arastu ta’biri bilan
aytganda, «ijtimoiy hayvon»ligi ustuvorlik kasb etib borgani sayin, bu vazifaga juda ko‘p
hollarda etarli e’tibor berilmaydi: g‘oyaviylik, mafkuraviylik, zamonaviylik, dolzarblik kabi
ijtimoiy «yuk»lar «san’at elkasiga» me’yoridan ortiq yuklanadi. Natijada sa’at bunday og‘ir yuk
ostida ezilib qoladi va huzurbaxshlik vazifasini kerakli darajada bajara olmaydi. Bundan na
zamon, na mafkura, na g‘oya, na san’atkor, na san’at asari foyda ko‘radi. CHunki bularning
hammasi asarni idrok etuvchiga xuzurbaxshlik orqali etib boradi. Huzurbaxshlik yo‘qolgan joyda
san’atning o‘zi yo‘qoladi. U bir marta o‘qiladigan, bir marta ko‘riladigan, bir marta
tinglanadigan, g‘oyaviyligi bilan badiiyligi orasida Xitoy devori ko‘tarilgan soxtalik namunasiga
aylanadi. Zero, huzurbaxshlik vazifasi san’atning g‘oyaviy-badiiy yaxlitligini ta’minlashi
barobarida uni ajdoddan avlodga asrab etkazishni ham o‘z bo‘yniga oladi.