Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI 
Talaba portfoliosini yaratish bo‘yicha tavsiyalar 
331 
Talaba portfoliosining komponentlari 
Portfolio tarkibi talabaning semestr yoki o‘quv yili davomidagi mustaqil ishlaridan iborat 
bo‘lmog‘i lozim. Talaba ushbu «portfolio» orqali anjumanlarda chiqish qilib, o‘zining 
mustaqil fikrlashga, fan bo‘yicha olgan bilimlarini ijodiy amalda tadbiq etishga qodirligini 
namoyish etgan holda, o‘z-o‘ziga ushbu bilim doirasi bo‘yicha shaxsan bahosini beradi. Bu 
talabaga o‘z yutuqlari, olgan bilimlari va ijodiy ishlarini mustaqil tahlil qilish va unga o‘z 
bahosini berish, uni o‘qituvchi yoki hamkorlari bilan baham ko‘rish imkonini yaratadi. 
Bunday «portfolio» tarkibi quyidagicha bo‘lishi mumkin: 

titul; 

mazmuni; 

har bir materialning qisqacha mazmuni va talaba uchun tushunchalar; 

nima uchun ushbu material yoki bilim sohasi olinganlik sababi; 

portfolio o‘qituvchi va talabaning o‘zi tomonidan qanday baholanganligi; 

fan bo‘yicha yutuqlari tarixi; 

« portfolio»ni yaratish muddati va taqdimot vaqti. 
Muallifga «portfolio»ni yaratishda to‘liq erkinlik beriladi. 
Talabaning dunyoqarashlari, fikrlarining mantiqiyligi, nutq va bayon etish madaniyati, o‘z 
fikrini isbotlay olishi kabi omillar uning faoliyatini baholashda asosiy mezonlardan biri 
sifatida foydalaniladi. Ayrim hollarda o‘qituvchi «portfolio» tarkibiga o‘z talablarini qo‘yishi 
ham mumkin. 
Portfolio tarkibi quyidagi materiallardan iborat bo‘lishi mumkin: 
Titul varaqa - «
portfolio»ni nomi, talaba f.i.sh., fanning nomi, «portfolio»ni yuritish 
davri (semestr yoki o‘quv yili), boshlanish va tugash sanasi, o‘qituvchi f.i.sh. 
«Portfolio» tarkibi: 

fan bo‘yicha talabaning erishgan yutuqlari (shaxsiy faoliyat natijalari tahlili, nimani 
o‘zlashtirish oson, nima qiyin kechyapdi, ushbu qiyinchiliklar mohiyati nimada va b); 

yozuvlar, ma’ruzalar, uy vazifalari (fanning turli bo‘limlari bo‘yicha kamida 8 ta 
topshiriq beriladi, albatta bunda mustaqil fikrlash qobiliyati, fikrlarning originalligi hisobga 
olinadi, talaba bitta muammo yoki topshiriq echimining turli xil yo‘llarini ko‘rsatishi zarur; 

nazorat va mustaqil ishlar (kamida 3 ta mavzu bo‘yicha 5-6 ta mustaqil ish); 

testlar; 

axborot texnologiyalaridan foydalanish (axborot texnologiyalari foydalanilgan 
kamida 2 ta misol, dasturiy material); 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin