“Mantiq” fanidan testlar
1. Formal mantiq nimani o‘rganadi?
a) tafakkurning vujudga kelishini;
b) tafakkur taraqqiyotini;
v) to‘g‘ri tafakkur shakllari va qonunlarini*
g) fikrning konkret mazmuni;
2. Tafakkur shakli nima?
a) fikrning mazmunini tashkil etuvchi elementlarning bog‘lanish usuli*
b) firkning yaqqol iqodalanishi;
v) fikrning tilda gavdalanishi;
g) til va tafakkurning bir - biriga to‘la mos kelishi;
3. Fikr qachon to‘g‘ri qurilgan deb hisoblanadi?
a) aniq ma’nasiga ega bo‘lsa;
b) izchil bo‘lsa;
v) etarli asosga ega bo‘lsa;
g) b, v, g hollari mavjud bo‘lsa
TESTLAR
5
4. Tafakkur qonuni nima?
a) fikr yuritish qoidalari yig‘indisi;
b) fikr yuritish usuli;
v) fikrlash elementlari o‘rtasidagi ichki zaruriy aloqadorlik*
g) fikrlash shakli;
5. Sinonim va omonimlardan noto‘g‘ri foydalanish, masalan, “Vatan”, “o‘lka” so‘zlari ifoda
qiluvchi tushunchalarning mazmunini barcha hollarda bir - biriga tenglashtirish yoki “xukm”
so‘zi ifoda qiluvchi tushunchalarning (xukm - sud chiqargan qaror, hukm - tafakkur shakl)
mazmunini farq qilmaslik muhokama yuritishda fikrning aniq ifoda qilinmasligiga olib keladi.
Bunday hollarda tafakkurning qaysi qonuni talablari buzilgan bo‘ladi?
a) ayniyat qonunining talabi buzilgan*
b) ziddiyat qonunining talabi buzilgan;
v) uchinchi mustasno qonunining talabi buzilgan;
g) etarli asos qonunining talabi buzilgan;
6. Amaliy mashg‘ulotlarda talaba o‘qituvchidan, - “Qilmagan ish uchun jazolab bo‘ladimi?”, -
deb so‘radi. O‘qituvchi, - “Yo‘q, jazolab bo‘lmaydi”, deb javob beradi. Talaba, - “Unday bo‘lsa
meni jazolamang, uyga vazifani qilmadim”, - deydi. YUritilgan muhokamada tafakkurning qaysi
qonun talablari buziladi?
a) ayniyat qonunining*
b) ziddiyat qonunining;
v) uchinchi mustasno qonunining;
g) etarli asos qonunining;
7. “Mazmunsiz fikr” tushunchasida ziddiyat qonuni talabiga rioya qilinganmi?
a) rioya qilingan;
b) rioya qilinmagan*
v) ba’zida rioya qilinishi mumkin;
g) ba’zida rioya qilinmaydi;
8. Afandi xotiniga “Qatiq keltir! Yozning issig‘ida oshqozon uchun qattiqdan foydaliroq narsa
yo‘q!”, - dedi. Xotini - “Uyda qattiq yo‘q edi”, - deb javob beradi. Shunda Afandi, - “Bo‘lmagani
ham yaxshi; aslida u zararli”, - debdi. Afandining xotini shunda, - “Qiziq odam ekansiz, qattiq
dam foydali, dam foydasiz deysiz. Qaysi biriga ishonsa bo‘ladi?” - deb so‘radi. Afandi, - “Agar
uyda qattiq bo‘lsa birinchisi, bo‘lmasa ikkinchasi to‘g‘ri”, - deb javob beribdi.
Mazkur latifada tafakkurning qaysi qonuni talabi buzilgan?
a) ayniyat qonunining talabi;
b) ziddiyat qonunining talabi*
v) uchinchi mustasno qonunining talabi;
g) etarli asos qonunining talabi;
9. Afndining chap yon qo‘shnisi Afandining o‘ng yon qo‘shnisi bilan bo‘lib o‘tgan munozarani
gapirib berib, Afandidan kim haq ekanligini so‘rabdi. Afandi shunda, - “Albatta siz haqsiz”, -
deb javob beribdi. Birpasdan keyin o‘ng yon qo‘shnisi kelib u ham chap yon qo‘shnisi bilan
bo‘lib o‘tgan baxsining tafsilotini gapirib berib kim haqligini so‘rabdi. SHunda Afandi unga
ham - “Albatta siz haqsiz” - deb javob beribdi. Bu hangomani kuzatib turgan xotini, “Juda qiziq
odatingiz borda, axir u qo‘shniga ham, bu qo‘shniga ham “Siz haqsiz” deb javob berdingiz,
tutirig‘ingiz qolmabdi-ku, umuman”, - debdi. SHunda Afandi xotiniga qarab, - “Xotin, sen ham
haqsan”, - degan ekan.
Bu erda Afandi mantiqning qaysi qonuni talabiga amal qilmadi?
a) ayniyat qonunining talablari;
|