Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

3-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI:
G‘ARB FALSAFASI 
35 
ko‘tarilgan iskandarning kamolotida Arastuning xizmatlari beqiyos bo‘lgan. Filippning o‘limidan 
keyin Aleksandr taxtga o‘tirgach, Arastu Afinaga qaytib kelib, 50 yoshlarida «Likkey» nomli 
maktab ochgan. Ilmiy faoliyatining samarali bo‘lishida, umuman, Yunonistondagi ilm-fan rivojida 
Aleksandr tomonidan ko‘rsatilgan himmat va rag‘batlar muhim ahamiyat kasb etgan. Iskandar 
vafotidan keyin unga qarshi kuchlar bosh ko‘tarib, Arastuni dahriylikda ayblashgan va sudga 
tortishgan. Suddan oldin Evbey oroliga ko‘chib ketgan Arastu ko‘p o‘tmay o‘sha yerda vafot 
etgan. 
Arastu zabardast olim bo‘lib, mantiq, psixologiya, falsafa, axloq, notiqlik san’ati, tabiiy 
fanlar bo‘yicha o‘lmas, bebaho asarlar yozib qoldirgan. Uning barcha asarlari borliqni 
o‘rganishga qartilgan. Mantiqqa oid asarlarining barchasini «Organon» («Qurol») nomli asariga 
jamlagan. Faylasuf barcha fanlarni ikki turga — nazariy va amaliy fanlarga bo‘lgan. Amaliy 
fanlar shogirdlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishga, biror bir foydali ishni amalga oshirishga 
yo‘naltirilgan. U nazariy fanlarni uch qismga - falsafa (metafizika), matematika va fizikaga 
ajratgan. 
Faylasuf olamdagi narsa va hodisalar to‘rtta sababga ega. Bular — moddiy sabab, ya’ni 
modda (materiya); shakliy sabab yoki shakl; yaratuvchi sabab; pirovard sabab yoki maqsad 
sabablardir. Yaratuvchi sabab, Arastu talqinicha, harakat manbaidir. Masalan, ota va ona bolaning 
ulg‘ayishi sababchisidir. Arastu pirovard sabab (maqsad sabab) vositasida insonga xos bo‘lgan 
maqsadni tabiat hodisalariga ham tatbiq etmoqchi bo‘lgan. Harakat olam singari abadiydir. Ayni 
paytda, olam o‘zining abadiy sababi, ya’ni harakatlantiruvchi kuchiga ega. 
Arastuning jamiyat va davlat to‘g‘risidagi ta’limoti «Davlat», «Siyosat» kabi asarlarida 
bayon etilgan. Uning fikricha, davlat boshqaruvi jamiyatning yerkin va farovon hayoti uchun 
xizmat qilishi lozim. Baxtli hayot mazmuni faqat moddiy mo‘l-ko‘lchilik bilan belgilanmaydi, 
balki syeroblik ma’naviy boylik bilan uyg‘un bo‘lgandagina, jamiyat baxtli hayot kechiradi. 
Davlatning boyligi, asosan, o‘rtacha mulkka ega bo‘lgan fuqarolarning mehnati bilan 
ta’minlanadi. Arastuning bu boradagi qarashlari bugungi kunda Vatanimizda kichik va o‘rta 
biznes sohasini rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan islohotlar mohiyatiga juda hamohangdir. 
Yunon falsafasida Demokritning qarashlari ham muhim o‘rin tutadi. U haqiqiy borliq — 
moddiy dunyo, abadiy va poyonsiz, cheksiz-chegarasiz reallikdir, olam mayda moddiy 
zarrachalardan, ya’ni atomlardan va bo‘shliqdan iborat deya ta’lim byeradi. Atomlar va bo‘shliq 
o‘zaro yaxlit abadiy ibtidodir. Atomlar — bo‘linmas va o‘zgarmas, sifat jihatdan bir xil, uning 
miqdori shakli singari behisobdir. Harakat, degan edi Demokrit, atomlardan iborat moddaning 
abadiy, tabiiy holatidir. Demokrit tasodifiyatni inkor etgan. U «na tabiatda na jamiyatda xech bir 
narsa tasodifan paydo bo‘lmaydi», deb yozgan. Demokritning falsafiy qarashlarida axloqiy 
ta’limot muhim o‘rin tutadi. Uning bu boradagi qarashlari siyosiy qarashlari bilan uzviy 
bog‘liqdir. Yaxshi boshqarilayotgan davlat — buyuk qo‘rg‘ondir. Davlat manfaatlari qolgan 
barcha narsalardan ustun turmog‘i lozim. 
Me’yor, deydi faylasuf, axloqning tabiat insonlarga in’om etgan kuch va qobiliyatga mos 
kelishadadir. Donolik uchta hosil keltiradi: yaxshi fikrlash; yaxshi so‘zlash; yaxshi harakat qilish. 
Demokritning 
axloqiy 
qarashlari 
o‘z davridagi amaliy ma’naviy munosabatlarning 
umumlashmasidir. Uning ta’limoti bugungi kunda insonlarni axloq-odobga, diyonatga da’vat etadi. 
Epikur (341-270 yillar) — qadimgi Yunon mutafakkiri. Demokrit ilgari surgan atomchilik 
ta’limotini yanada takomillashtirib, uni yuqori pog‘onaga ko‘targan va tegishli qarashlar bilan 
boyitgan faylasuf. Epikur ta’limoticha, olam — moddiy, abadiy va cheksiz. Atomlar — 



Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin