Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

Fridrix Nitsshe
(1844–1900) borliqning ikki asosi: dionisiycha hayotiy asos va apolloncha bir 
yoqlama-intellektual asosni ajratgan va haqiqiy madaniyat bu asoslarni muvozanatga solishga harakat 
qilishi lozim, deb hisoblagan.Evropa madaniyati mazkur idealni ro‘yobga chiqara olmadi va inson 
borliq deganda stixiyali shakllanishni emas, balki tartibga solinganlikni tushunib, o‘z mavjudligining 
asosiy negizlaridan uzoqlasha boshladi. Vaholanki, hayot abadiy harakat va shakllanishdan iboratdir. 
Hayotning mazmun va mohiyati hokimiyatga intilishda namoyon bo‘ladi. Bunday intilish butun 


4-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI 
54 
tiriklikka xosdir. Unga intellektning hukmronligi, o‘z yaqiniga muhabbatni targ‘ib qiluvchi axloq va 
tenglikni e’lon qiluvchi sotsializm monelik qiladi. Bularning barchasi qullar axloqini tashkil etadi. 
To‘ralar axloqi esa hayotning qimmati, odamlar o‘rtasidagi tengsizlik hamda kuchning 
hukmronligiga asoslanishi lozim. Nitsshe «Xudo o‘ldi» degan tezisni ilgari suradi. Ushbu tezis 
yangicha axloqni shakllantirish zarurligini anglatadi.To‘ralar axloqining sub’ekti sifatida o‘ta qudratli 
inson amal qiladi. U oliy biologik tur hisoblanadi. Odam maymundan qanday tarqalgan bo‘lsa, o‘ta 
qudratli inson ham odamdan shunday tarqaladi. U tayyor tur sifatidagi inson tabiatiga xos bo‘lgan 
jihatlarni o‘zidan soqit etadi. O‘ta qudratli inson hayotni kurash sifatida idrok etishga va o‘zini 
tinimsiz o‘zgartirish yo‘lida harakat qilishga qodir. Nemis faylasufi, irratsionalizm vakili, hayot 
falsafasi asoschisi. O‘ta qudratli inson g‘oyasiga «abadiy qaytish» konsepsiyasi qarshi turadi. Nitsshe 
fikriga ko‘ra, voqealarning ehtimol tutilgan kombinatsiyalari soni cheklangan, vaqt esa cheksizdir, 
shu sababli barcha voqealar takrorlanishi lozim. Umuman olganda, Nitsshening falsafiy tizimi 
o‘zining ziddiyatlarga to‘laligi bilan ajralib turadi, shu tufayli ham u turlicha tushuniladi va talqin 
qilinadi. Nitsshe falsafasi XX asr falsafasining turli yo‘nalishlari: hayot falsafasi, pragmatizm va 
ekzistensializmga ulkan ta’sir ko‘rsatdi. 

Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin