Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. ARGUMENTLASH VA BILIMLAR TARAQQIYOTINING MANTIQIY SHAKLLARI



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə328/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

12-MAVZU. ARGUMENTLASH VA BILIMLAR TARAQQIYOTINING MANTIQIY SHAKLLARI 
173 
a’zolarining (antitezisning) xatoligini ko‘rsatish orkali asoslanadi. Masalan, “Jinoyatni yo A, yo 
V, yo S 
shaxslar sodir etgan”, degan fikr tekshirilib, “Jinoyatni V shaxs xam, S shaxsxam sodir 
etmagan”ligi aniqlanadi va shu tarika “Jinoyatni A shaxs sodir kilgan”, degan xukmning chinligi 
asoslanadi. Bu misolda ayiruvchi isbotlash ayiruvchi - qatiy sillogizmning inkor etib, 
tasdiklovchi modusi buyicha qurilgan: 
Raddiya - isbotni buzishga qaratilgan mantikly amaldir. Birorta fikrning chinligini rad etish ayni 
paytda unga zid bulgan fikrning xatoligi ko‘rsatishdan iborat bo‘lganligi uchun raddiyani 
isbotlashning xususiy 
ko‘rinishi, 
deb hisoblash mumkin. Raddiya ham isbotlash kabi tezis (rad 
qilinishi lozim bulgan hukm), argumentlar (tezisni rad qiluvchi xukmlar) va demonstratsiyadan 
(rad etish usuli) dan tashkil topgan bo‘ladi. Raddiya birorta masalani muhokama qilish, ya’ni 
baxs, munozara jarayonida uchraydi. Bahs qatnashchilaridan biri malum bir tezisni ilgari surib, 
uni ximoya kilsa (proponent), boshqasi unga qarshi chikadi (opponent). Hal qilinmagan, 
munozarali masalalar buyicha olib boriladigan bahslar polemika hisoblanib, unda qarama-karshi 
tezislar asoslanibgina qolmay, balki tanqidiy analiz ham qilinadi. 
Raddiya uch xil usul bilan amalga oshiriladi: 
1) tezisni rad etish; 
2) argumentlarni rad etish; 
3) demonstratsiyani rad etish. 
I. Tezisni rad etish. 
Tezisni rad etishning kuyidagi usullari mavjud: 
1. Faktlar orkali rad etish. Bu eng ishonchli va samarali usuldir. Bunda bulib o‘tgan voqealarga, 
statistik ma’lumotlarga asoslanib tezis rad etiladi. Masalan, “Sovet davrida O‘zbekiston 
to‘laqonli mustaqil respublika bo‘lgan”, degan tezisni rad etish, ya’ni uning noto‘g‘ri ekanligini 
isbotlash uchun tarixiy faktlarga asoslanamiz. O‘sha davrda respublika rahbariyati birorta muhim 
masalan Moskvaning ruxsatisiz hal qila olmaganligiga dalillar keltirib, tezisni rad etamiz. 
2. Tezisdan kelib chikadigan natijalarning xatoligini (yoki ziddiyatli ekanligini) ko‘rsatish orkali 
rad etish. Bunda tezisdan kelib chikadigan natijalarning chin emasligi asoslab beriladi. Bu usul 
“bema’nilikka olib 
kelish”, deb ataladi. Rad etilayotgan tezis vaqtincha chin deb tan olinadi, undan kelib chiqadigan 
natijalar aniqlanib

bu natijalarning xaqiqatga zid, noto‘g‘ri ekanligi isbotlanadi. Chin asosdan 
xato natija kelib 
chiqmaydi, aks xolda bu bema’nilik buladi. “Bema’nilikka olib kelish” usulining formulasi 
kuyidagicha: 
(a —> ) —> ((a 
—\ 
) —> a) 
3. Tezisni antitezisni isbotlash orkali rad etish. Rad etilayotgan tezisga zid bulgan yangi tezis 
(antitezis) olinadi va isbotlanadi. Uchinchisi istisno konuniga muvofik, antitezisning chinligidan 
tezisning xatoligi keltirib chikariladi. Masalan, I.A.Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” 
nomli maqolasida “Amir Temur buyuk sarkarda bo‘lgan va yovuzliklar kilgan”, degan tezisni 
shunday rad etadi: “Inson bir paytning o‘zida ham bunyodkor, ham yovuz bo‘lishi mumkin 
emas. Ne-ne madrasayu masjidlar, oily koshonalarni qurgan, ne-ne olimu fuzalolarning boshini 
silagan, Qur’oni karimni yod bilgan inson yovuz bo’lmaydi. Qonxo‘r odam “Kuch – adolatda”, 
deyishi mumkinmi?”
1
Darhaqiqat, Soxibqiron Amir Temur xomiyligida, uning ko‘rsatmasiga 
binoan yaratilgan bog‘lar, qurilgan imoratlar uning bunyodkor shaxs ekanligini yaqqol 
isbotlaydi. 

Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin