15-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR
222
Axloqiy madaniyat kasbiy odobda ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Chunki inson voyaga yetib, bir
kasbning boshini tutgach, o ‘z kasbi doirasida odamlar bilan muntazam munosabatda boladi. Bu
munosabat, bir tomondan, hamkasabalar davrasida ro‘y bersa, ikkinchi jihatdan, u kasb talabiga
binoan uchrashadigan turli toifadagi odamlar bilan yuzaga keladi.
Ayni paytda, kasbiy odob
axloqiy madaniyatning eng yuksak shakllaridan biri; uning jamiyat axloqiy hayotidagi o‘rni
yuksak. Shu bois kasbiy odobga bafurjaroq to‘xtalish joiz. Har bir jamiyatda muayyan guruhlar
borki, egallagan kasblari ularni boshqa jamiyatdoshlariga nisbatan imtiyozli darajaga olib
chiqadi. Ko'pchilik jamiyat a ’zolarining hayot-mamotlari,
salomatligi, ma’naviy sog’lomligi,
huquqiy himoyasi, ilmiy salohiyatining namoyon bo‘lishi kabi omillar o ‘shanday imtiyozli kasb
egalarining kasbiy burch mas’uliyatini qay darajada his etishlariga, halollik va vijdon yuzasidan
ish ko'rishlariga bog'liqligi hammaga ma’lum. Chunonchi, tabobat xodimini, jarrohni olaylik.
Deylik, u har bir operatsiya kunida bir necha kishini hayotga qaytaradi; yuzlab odamlar uning
yordamiga muhtoj,
unga umid va ishonch, ilinj bilan qaraydilar. Bordi-yu, shaxsiy manfaat
yo‘lida jarroh o z bemoriga xiyonat qilsa-chi, ya’ni, uni qasddan halok etsachi? Kim uni shunday
qilmasligini kafolatlaydi? Yoki jurnalistni olaylik. U shaxsiy manfaati yo’lida, kasbining
kamyobligidan foydalanib, begunoh kishilami ma naviy azobga qo'yishi,
atayin jamiyat oldida
sharmanda qilishi va shuning hisobiga o‘zining ba’zi bir muammolarini hal qilib olishi mumkin
emasmi? Mumkin. Zero, to haqiqat yuzaga chiqquncha
nohaq tanqidga uchragan shaxsning adoi tamom bo‘lishi hech gap emas. Xo‘sh, jumalistning
shunday qilmasligini kim kafolatlaydi? Shu bois boshqalarning qo‘lidan kelmaydigan ishlarni
bajara oladiganlar faoliyatida o‘zboshimchalik, manfaatparastlik, xudbinlik va kasbni suiiste mol
qilish singari illatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun, shuningdek, ular axloqiy darajasini yuksak
bosqichda turishini ta ’minlash maqsadida ko‘p hollarda o‘zaro qoidalar majmui yaratilgan. Bu
qoidalar majmui, odatda, qasamyod yoki me’yorlar ko’ rinishini olgan. Uni buzish
o‘ta odobsizlik va axloqsizlik, hatto jamiyatga hiyonat tarzida baholanadi. Bunday qasamyodlar
juda uzoq tarixga ega. Misol tariqasida hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan
Qadimgi Yunon hakimi Hippokrat (milodgacha V-IV asrlar) tomonidan qisqa va lo’nda shaklda
tuzilgan, tabobat xodimlari kasbiy odobi qonun-qoidalan jamlangan mashhur «Hippokrat
qasami»ni keltirish mumkin Tarixda o‘z dushmanini davolagan tabiblar ham ko’p uchraydi.
Chunonchi qadimgi hind eposi «Ramayana»da (II asr) behush yotgan Lakshman boshida turgan
devlar shohining xos tabibi kechinmalari, shu jihatdan muhim. Tabib oldida ikki yo‘l bor edi. b n
saltanat dushmanini muhtoj bemor sifatida davolash, ikkinchi yo’l davolashdan bosh tortish bilan
uni o'limga mahkum etish. Tabib uzoq mulohazadan so‘ng
tabiblik odobi qoidalariga
bo‘ysunishni - Lakshmanni davolash
afzal ko'radi. Zero, kasbiy odob qonun-qoidalan talabiga ko’ra, bemor to‘shagi ustidagi tabib
uchun do‘st yoki dushman degan tushunchalar o’z ma’nosini yo‘qotadi, uning qoshida faqat
tibbiy yordamga intizor shafqatga muhtoj, zaif inson yotadi. Davolanib hayotga qaytgan
Lakshman devlar mamlakatining tengsiz buyuk valiahdi Indiijidni
jangda halok etadi hamda
tabib fuqaro bo’lgan Lanka, davlatining tanazzuliga yo‘l ochadi. Lekin kitobxon tabibni yoki
sotqin demaydi, aksincha, uning ma’ naviy jasoratiga, halolligiga,
kasbiy burchiga sodiqligiga
hayrat bilan tasannolar o’qiydi. Yoki mashhur rus olimi akademik Andrey Saxarovnning
taqdirini olaylik. Buyuk nazariyotchi, fizik, termoyadro sohasida tengi yo’q mutaxassis, vodorod
bombasining asosiy kashfiyotchisi Vatan mudofaasini mustahkamlashdagi xizmatlan uchun
o’nlab orden va medallar sohibi, ikki marta Sotsialistik Mehnat Qahramoni obroli,
badavlat bu
insonga nima yetishmasdi? Nega u - ommaviy qirg‘in qurollari, jumladan, o’zi yaratgan vodorod
bombasi sinovlariga ochiq bayonotlar bilan qarshi chiqishga ahd qildi. Natijada qatag‘onlarga
asoslangan sho‘rolar tuzumi uni ilmiy jamoatchilikdan ajratib, poytaxtdan olisdagi Rossiya
shaharlaridan biriga badarg’a qildi uning nomini matbuotda yoki kitoblarda qayd etlhshinl
taqiqladi. Vaholanki, u hammadan izzatliroq yashashi mumkm edi. Saxarov yuksak axloq yo'lini
tanladi - olimlik bur chi
odobi talablarini
bajarish har qanday boylik, izzat-ikromdan baland
qo’ydi. Buyuk olim kashfiyoti insonning eng oliy huquqi bo‘lmish yashash huquqiga rahna