Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə376/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

 
Muomala odobi. 
Axloqiy madaniyatning eng muhim unsurlaridan biri – muomala odobi. U, mohiyatan, o‘zaro 
hamkorlikning shakllaridan biri. Inson zoti bir-biri bilan hamkorlik qilmasdan, o‘zaro tajriba 
almashmasdan, bir-biriga ta ’sir ko'rsatmasdan rosmana yashashi mumkin emas. Muomala odam 
uchun ehtiyoj, zarurat, sog‘lom kishi usiz ruhan qiynaladi, kayfiyati tushib boradi. Bu o‘rinda 
buyuk ingliz yozuvchisi Daniyel Defo qalamiga mansub mashhur «Robinzon Kruzoning 


15-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR 
220 
sarguzashtlari» asarini eslashning o‘ziyoq kifoya: Jumaboyni topib olgan Robinzonning naqadar 
quvonishiga ham sabab ana shunda. 
Muomala odobi boshqa kishilar qadr-qimmatini, izzatini joyiga qo‘yishni, an’anaviy axloqiy-
me’yoriy talablarni bajarishni taqozo etadi. Shuning barobarida, u insondagi yaxshi jihatlami 
namoyon etishi, ko‘zga ko‘rsatishi bilan ham ajralib turadi. Uning eng yorqin, eng sermazmun 
va eng ifodali namoyon bo‘lishi so‘z, nutq vositasida ro‘y beradi. So'zlash va tinglay bilish, 
suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatlarini tashkil etadi. Shu bois muomala odobi 
o‘zini, eng avvalo, shirinsuxanlilik, kamsuqumlik, bosiqlik, xushfe’llilik singari axloqiy 
me’yorlarda namoyon qiladi. Darhaqiqat, muomala odobida muloqotning asosi bo‘lmish til katta 
ahamiyatga ega. Zero, odamlar bir-birlarini til orqali tushunadilar, til vositasida o‘z fikrini 
o‘zgaga yetkazish ma’lum ma’noda san’at. Zarur so'zni topish, muayyan holatga mos keladigan 
ifodaviy vositalarni qo‘llash, fikrni jumlaviy jihatdan to‘g‘ri ifodalash, aniq, bosiq, salobat bilan 
so‘zlash hamsuhbatingiz yoki tinglovchining diqqatmi tortishda muhim rol o‘ynaydi, 
so'zlovchining nutq madaniyati darajasini ko’taradi. Muomala odobida tilning sofligi masalasi 
ham muhim. Til sofligi buzilishining asosiy uch xil ko'rinishi mavjud: birmchisi bir tilde 
so'zlashayotib, ikkinchi tilga o‘tib ketish, to‘g‘rirog‘i, birvarakay “ikki tilde”so‘zlashish, misol 
qilib, ikki talabaning so‘zlashayotganda o zbek tilida rus tiliga, rus tilidan o‘zbekchaga 
muntazam o‘tib tunshini olish mumkin, bu ba’zilar uchun odatiy hol boiib qolgan. Ikkinchisi bir 
tilda so‘zlashayotib, ikkinchi tildagi so‘zlarni, ayniqsa jargonlarni ishlatish. M., “davay”, 
“koroche”, va h.k. Til sofligining uchinchi buzilishi esa bir tilda so‘zlashgan holda o'sha tildagi 
“parazit” so‘zlarni qo‘llashda ko‘rinadi. M., «anaqa» «haliginday» va h.k. Muomaladagi bunday 
til sofligining buzilishlari hamsuhbatlarga bilinmasa ham, chetdan kuzatgan odamga nihoyatda 
xunuk ko‘rinadi. r , Muomala odobida “siz” va “sen”ning o‘z o‘rnida qo‘llanilishi ham 
ahamiyatga ega. Xususan, ota-ona, aka-opa yoki boshqa yoshi katta odamlar uchinchi shaxs 
bo‘lganida ularga nisban birlikdagi «u» olmoshini emas, hurmatni anglatuvchi “ular” yoki “u 
kishi” shaklini qo’llash odobdan. M., «Otam shunday dedi» emas, «Otam shunday dedilar», «U 
kishi shuni xohlayaptilar» va h.k. Suhbat paytida tinimsiz harakatda bo'lib turish, qo‘lni paxsa 
qilib 
gapirish yoki suhbatdoshining yoshini nazarga olmay, uni oyoqni chalkashtirib o‘tirgan holda 
tinglash, birov jon kuydirib so‘zlayotganda esnash v.b. shunga o‘xshash holatlar ham 
muomaladagi odobsizlikni bildiradi.
Muomala odobining yana bir «ko‘zgusi», bu - insoniy qarash, nigoh, so‘zsiz — noverbal 
harakatlar. Ma’lumki, odamning qarashida, yuz ifodasida, qo‘l harakatlarida uning qay 
sabablardandir tilga chiqmagan, so‘zga aylanmagan hissiyoti, talablari o‘z aksini topadi. 
Chunonchi, suhbatdoshining gapini oxirigacha eshitmay, qo‘l siltab ketish muomaladagi 
madaniyatsizlikni anglatadi. Ba’zan qarab qo’yishnmgo‘zi so'zdan ham kuchliroq ta’sir 
ko‘rsatadi. Deylik, bir quruvchi usta o‘z shogirdining xatti-harakatlaridan noroziligini bildirish 
uchun bosh chayqab jilmayib qo‘yishi mumkin. Ikkinchi usta esa, bir lahza o‘qrayib qarash bilan 
munosabatini ifodalaydi. Birinchi usta yuz ifodasi va xatti-harakati bilan: «Obbo shovvoz-ey, sal 
shoshilibsan-da, ha, mayli, zarari yo‘q, shunaqasi ham bo‘ladi», degan ma’noni anglatsa, 
ikkinchi ustaning qarashidan: «Yana ishni rasvo qilibsan-ku, padarla’nat, qachon odam 
bo‘lasan?!», degan so'zlarni uqish mumkin. Shubhasiz, birinchi usta muomalada odobga rioya 
qilgan bo‘lsa, ikkinchisi uning aksi — shogirdining emas, o‘zining odobsizligini ko‘rsatmoqda. 
Umuman olganda, muomala odobi kishilarning nasihat qilmasdan va odob o‘rgatmasdan bir-
biriga ta’siri, tarbiya va o‘z-o‘zini tarbiya vositasi sifatida diqqatga sazovor. Shu sababli 
yoshlarimizda muomala odobini shakllantirish hozirgi kunda jamiyatimiz oldida turgan muhim 
vazifalardan. Bunda ota-onaning, mahalla-ko‘yning ta’siri katta. Undan foydalana bilish kerak. 
Zero, axloqiy komillikka erishish muomala odobini egallashdan boshlanadi. 

Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin