Toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 63,43 Kb.
səhifə1/25
tarix30.04.2023
ölçüsü63,43 Kb.
#105004
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti «ijtimoiy psixologiya»


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI
« IJTIMOIY PSIXOLOGIYA » FANI BUYICHA
MA'RUZALAR MATNI

Muallif: S.R. Kamalova
Toshkent-2015
K I R I S H
Bugun mustaqil yurtimiz fuqarolari psixologiyasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, ulardagi hayotda, uning qadriyatilariga, kasb-kori, oilasi va yaqinlariga bo‘lgan munosabatlarida tobora milliy istiqlol mafkurasining asosiy mazmun va mohiyatlari mujassamlashmoqda. Shu ma’noda psixologiya fanining muhim tarmog‘i bo‘lmish ijtimoiy psixologiya oldida turgan vazifalar ko‘lami va salmog‘i kattadir.
Biz jamiyatimiz hayotida ro‘y berayotgan barcha o‘zgarishlarning ijtimoiy psixologik mohiyatini ijtimoiy psixologiyaning bugungi xolati va istiqboli nuqtai nazaridan tahlil qilish orqali bu fanning jamiyatdagi o‘rni va imkoniyatlariga baho berishni niyat qildik.
Ma’ruza matnida ko‘tarilayotgan masalalar ijtimoiy hayot sirlarining muhtasar bayoni bo‘lsa-da, ma’lum ma’noda ijtimoiy psixologiyaning ilmiy amaliyot va ilmiy tadqiqot quroli sifatidagi imkoniyatlari to‘g‘risida tasavvur beradi.
Ijtimoiy psixologiyaning vazifalaridan kelib chiqib, o‘quvchilar hukmiga havola etilayotgan ushbu kitobning asosiy maqsadi insonning jamiyat bilan bo‘ladigan ko‘plab murakkab munosabatlari tizimining ijtimoiy psixologik mexanizmlarini yoritib berishdir. Ushbu darslik yoshlarga aynan psixologik bilimlar asoslarini bersa-da, umid qilamizki, ularni o‘z atrofida ro‘y berayotgan islohotlarga holis baho berish, o‘zi va o‘zgalar ruhiyati sir-asrorlarini befarq bo‘lmaslik, o‘z layoqatlarini o‘stirishning elementar vositalaridan bohabar bo‘lishga yordam beradi.
Ma’ruza matni tarzida yaratilgan ushbu kitob ijtimoiy psixologiya asoslari bo‘yicha muxtasar bilimlarni bergani bilan uning har bobi yakunida tavsiya etilgan topshiriqlar, mashqlar, testlar va mustaqil bajarish uchun berilgan mavzular talabalarni o‘z ustida ishlashga o‘rgatadi va psixologiyaning boshqa masalalarini ham mustaqil o‘rganish va ruhiy hodisalarni tahlil etishga ko‘maklashadi.
Muallif har bir talaba kitobni mutoala qilish jarayonida unda ko‘tarilgan muammolarga befarq qolmaydi, jahonda va mustaqil yurtimizda ro‘y berayotgan olamshumul voqealar mohiyatini anglashda va ularga nisbatan faol hayotiy mavqening shakllanishida ko‘makdosh bo‘ladi, deb umid qiladilar.

  1. - ma’ruza. IJTIMOIY PSIXOLOGIYA VA UNING DOLZARB MUAMMOLLARI.


Yüklə 63,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin