Toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 63,43 Kb.
səhifə6/25
tarix30.04.2023
ölçüsü63,43 Kb.
#105004
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti «ijtimoiy psixologiya»

Birinchidan, uning asosiy yo‘nalishi kichik guruhlar va jamoalar psixologiyasini o‘rganishdan iboratdir. Har bir shaxs hamisha malum ijtimoiy guruxlap doirasida faoliyat ko‘rsatadi. Bu uning oilasi, mehnat jamoasi, ko‘cha-kuydagi norasmiy guruhdagi do‘stlari davrasi, o‘quv jamoasi va hokazolardir. Shaxsning yakka va turli guruhlar doirasida o‘zini tutishi, xulq-atvori, mavqei, unga o‘ziga xos guruhiy ta’sirlar, guruhdagi shaxslararo moslik, liderlik, guruhiy taz’yiqqa beriluvchanlik kabi qator hodisalar aslida o‘sha guruhlarni boshqarish, o‘zaro munosabatlar sharoitini yaratish - bu odamlarni samarali o‘zaro muloqotga o‘rgatishning zaruriyatidir.Guruhlardagi kishilar o‘rtasida o‘zaro muloqot, o‘zaro bir-biriga ta’sir usullari, odamlarni samarali muloqotga o‘rgatish ham guruhlar ijtimoiy psixologiyasining muhim vazifasi hisoblanadi.

      1. Shaxsni ijtimoiy-psixologik o‘rganish

Ikkinchidan, shaxsning ijtimoiy psixologik qiyofasi masalasi ham bugungi kundagi o'zgarishlar va manaviy jihatdan poklanish davrida o‘ta muhim sohadir. Shaxsni ijtimoiy psixologik o'rganish tadqiqotlarining ob'ekti sifatida qaralganda, avvalo uning xulq-atvori, ijtimoiy motivlari, uning yo'nalishlari, xulq-atvor normalari, shaxsning jamiyatda turli ijtimoiy rollari, mavqei, ijtimoiy qo'shilish omillari-ijtimoiylashuvi; shaxsning o‘z-o‘ziga bahosi, munosabati, hurmati hamda ijtimoiy, tarixiy va madaniy shart-sharoitlarning shaxs ongiga ta'siri, shaxs tiplari o'rganiladi.

      1. Ommaviy ijtimoiy-psixologik hodisalar

Uchinchidan, jamiyat miqyosida ro‘y beradigan ommaviy hodisalar ijtimoiy psixologiya uchun tadbiqiy ahamiyatga ega. Ijtimoiy psixologiyada ommaviy hodisalar deganda turli kishilar guruhida shaxslararo munosabatlar va o'zaro ta'sir jarayonlari; milliy etnopsixologiya hamda sinflar psixologiyasi muammolari; milliy madaniyat, urf-odatlar, an'analar, udumlar, aqidalarning shaxs shakllanishidagi roli; olomon psixologiyasiga oid psixologik qonuniyatlar; turli guruhlarda odamlarning bir-birini idrok qilishlari va tushunishlari, o'zaro ta'sir masalalari tushuniladi.
Chunki alohida shaxs tarbiyasida ommaviy hodisalarning, katta guruhlarning tasirini inkor etish - masalaga bir yoqlama yondashish bilan barobardir. Masalan, shaxs uchun u mansub bo‘lgan millat, elat yoki xalqning ruhiyati, uning ongidagi asrlar davomida saqlanib kelayotgan ananalar, rasm-rusumlar, aqidalar, udumlar, faoliyat stereotiplari kabilar o‘z muayyan tasir kuchiga ega.
1.4.4.Oila—ijtimoiy psixologiyaning o'rganish ob'ekti sifatida
To'rtinchidan, oila—ijtimoiy psixologiyaning o'rganish ob'ekti sifatida. Bu yerda oilaga xos psixologik jarayonlar, oila a'zolarining bir-birlariga munosabatlari, nikohdagi o'zaro moslik masalalari, oilaviy mojarolarning psixologik omillari, oilada bola tarbiyasining ijtimoiy psixologik metodlari o'rganiladi.
Ajratilgan vazifalardan yana biri shuki, hozirgi davrda ijtimoiy psixologiya o‘zi bilan bevosita aloqador bo'lgan boshqa psixologiya tarmoqlari bilan hamkorlikda keskin o'zgarishlar davrida har bir inson ongida nima sodir bo'ladi, u bu o'zgarishlarni qanday idrok qilmoqda, uning hayotiy mavqeini qanday qilib maqsadga muvofiq tarzda faollashtirish mumkin, degan savollarga ilmiy asoslangan javob topib berishdir.
Boshqaruv psixologiyasi, sanoat va ishlab chiqarish psixologiyasi ham shunday guruhiy jarayonlarning qonun va qoidalarini tadqiq etish tufayli ajralib chiqqan tadbiqiy sohalardir.
Ijtimoiy psixologiya o‘rganadigan eng asosiy va yuqorida ta’kidlab o‘tilgan muammolarni o‘z ichiga olgan masalalardan biri - 6u muomaladir. Psixolog olimlarnnng fikricha, bugungi kunda ijtimoiy psixologiyaning predmeti ham va uning doirasida o‘tkaziladigan barcha tadqiqotlarning umumiy ob’ekti ham muomaladir. Uning inson hayotida tutgan o‘rnini aniqlash turli ijtimoiy faoliyatlar sharoitida samara beradigan muomala turlari va uslublarini yoritish, uning sof psixologik mexanizmlarini tadqiq etish, fanning eng muhim tadbiqiy yo‘nalishlaridandir. Shuning uchun ham har bir konkret sharoitda shaxslararo muloqot samaradorligini oshirish omillarini o‘rganish hozirgi ijtimoiy psixologiyadagi muhim muammolardandir.
Mavzu yuzasidan qisqacha xulosalar:
Ushbu mavzuni o‘rganish natijasida talabalar ijtimoiy psixologiya fani tarixi, uni vujudga kelishidagi uch nazariy manba, shart-sharoit to‘g‘risida umumiy tasavvurga ega bo‘lishadi. Shu bilan birga inson va jamiyat munosabatlaridagi o‘ziga xos ilmiy yondashuvlarni tushunib anglashlariga imkon yaratiladi.
Takrorlash uchun savollar.

Yüklə 63,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin