REJA: Ijtimoiy psixologiyada qo‘llaniladigan metodlar.
Kuzatish metodi va unga qo‘yilgan shartlar.
Ijtimoiy psixologiyada xujjatlarni o‘rganish metodining mohiyati.
Ijtimoiy hodisalarni kontent-analiz usuli orqali tekshirish.
So'rov metodi.
Anketa usuli.
Ijtimoiy-psixologik testlar.
Ijtimoiy-psixologik eksperiment.
MAVZU YuZASIDAN TANYaCh SO'ZLAR: Ijtimoiy psixologik eksperiment, so‘rov, anketa, kontent-analiz, kuzatish, ichki kuzatuv, tashqi kuzatuv, test, intervyu GLOSSARIY: Ijtimoiy psixologik eksperiment - asosiy metodlardan biri bo'lib, o'zgaruvchan mustaqil turli xolat va jarayonlarning boshqa nomustaqil xolat va jarayonlarga ta’sir etishdagi aniq ma’lumotlariga tayanadi. So‘rov - asosiy metodlardan biri bo'lib, nutq muloqoti yordamida bevosita yoki bavosita ma’lumot olinadi. Anketa - metodlardan biri bo‘lib, respondent to‘g‘risida aniq ko‘zlangan ma’lumotlarni yig‘ish maqsadida qo‘llaniladi. Kontent-analiz - tekshirilayotgan matnda so‘z, ibora, abzaslarni ma’no-mohiyatini takrorlanish darajasiga qarab tahlil etish usuli. Kuzatish - sinaluvchini aniq maqsad, faoliyat, vaqt, guruh bilan bog‘liq ravishda tekshirish, o‘rganish, ma’lumotlar to‘plash metodi. Test - sinaluvchini tekshirish jarayonida maxus qo‘llaniladigan metodlardan biri bo‘lib, bu metod orqali aniq bir psixologik xususiyat aniqlanadi. MAShG'ULOTNING MAQSADI: Xozirgi zamon ijtimoiy psixologiya fanining metodologik muammolari va metodlarini urganish KIRISh: «Metodologiya» tushunchasining moxiyati nimada? Bu tushunchani turli nazariy karashlardagi olimlar turlicha sharxlaydilar va tushunadilar. Masalan, amerikalik psixologlar metodologiya deganda, tadkikot jarayonida ishlatiladigan barcha tadkikot uslublari va texnik jarayonlarni tushunadilar. Lekin metodologiya tushunchasi aslida uslublar yigindisidan kengrok tushunchadir. Xozirgi zamon Yevropa mamlakatlaridagi olimlar, xususan rus olimlari fandagi metodologiya deganda: ushbu fan falsafiy asoslari va nazariy konuniyatlaridan kelib chikadigan bilimlar bilan tekshirishning konkret usullari majmuasini tushunadilar. Ya’ni «metodologiya» tushunchasi konkret metodlar yoki texnik usullar tushunchalaridan kengrokdir. ASOSIY QISM: Ijtimoiy psixologiyada qo‘llaniladigan metodlar Jadval -1.