Toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 63,43 Kb.
səhifə2/25
tarix30.04.2023
ölçüsü63,43 Kb.
#105004
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti «ijtimoiy psixologiya»

REJA:

    1. Ijtimoiy psixologiya fanining tarixi.

    2. Ijtimoiy psixologiyaning uch nazariy manbai.

      1. Xalqlar psixologiyasi nazariyasi.

      2. Omma psixologiyasi nazariyasi.

      3. Ijtimoiy xulq-atvor instinktlari nazariyasi.

    3. Ijtimoiy psixologiya fani predmeti.

    4. Ijtimoiy psixologiya fanining vazifalari.

      1. Kichik guruhlar va jamoalar psixologiyasi.

      2. Shaxsni ijtimoiy-psixologik o‘rganish.

      3. Oila - ijtimoiy psixologiyaning o'rganish ob'ekti sifatida.

      4. Ijtimoiy tasavvurlar ijtimoiy psixologiyaning o‘rganish ob’ektidir.

MAVZU YUZASIDAN TANYACH SO'ZLAR:
Ijtimoiy psixologiya, sotsiologiya, shaxs ijtimoiylashuvi, ijtimoiy tasavvurlar, muomala, boshqaruv, oila, katta va kichik guruhlar psixologiyasi.
GLOSSARIY:
Ijtimoiy psixologiya - psixologiya fanining o'ziga xos maxsus tarmog'i bo'lib, unda psixik va jamiyat taraqqiyoti qonunlari o‘rganiladi.
Sotsiologiya - jamiyatda yuz beradigan turli-voqea-xodisalarni va o‘zaro munosabatlarni o‘rganishga qaratilgan fan.
Shaxs ijtimoiylashuvi - inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot - faoliyat jarayonida uni faol tarzda o‘zlashtirish jarayonidir.
Ijtimoiy tasavvurlar - shaxsga jamiyat orqali ta’sir etgan narsa va xodisalarning yaqqol obrazi.
Muomala - ikki yoki undan ortiq odamlarning o‘zaro bir-biriga ta’sir etishi.
Boshqaruv - shaxs va jamiyat munosabatlarida ijtimoiy, individual munosabatlarni o‘rnatish ga qaratilgan jarayon.
Oila - turmush qurish, qarindosh-urug‘chilik asosidagi kichik guruh.
MASHG'ULOTNING MAQSADI: Ijtimoiy psixologiya fanining vujudga kelishi, predmeti, vazifasi, metodlarini o‘rganish
KIRISH:
Jamiyat - bu insonlar majmuidir. Uning taraqqiyoti va ma’naviy salohiyati ko‘p jixatdan ana shu insonlar o‘rtasida yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlarning tabiatiga, ular amalga oshiradigan murakkab ijtimoiy hamkorlik faoliyatining mazmuniga bog‘liq. Har bir inson jamiyatda yashar ekan, u unda o‘ziga xos o‘rin va mustaqil mavqe egallashga intiladi, shuning uchun u o‘ziga xos intilish, layoqat va faollik namunalarini namoyish etadi. Insonlar o‘rtasidaga o‘zaro munosabatlarni hamda har bir shaxsning jamiyatdagn o‘rni va uning turlicha ijtimoiy munosabatlari tabiatini o‘rganuvchi qator ijtimoiy fanlar mavjud bo‘lib, ularning orasida ijtimoiy psixologiya alohida o‘rin zgallaydi.
Ijtimoiy psixologiya juda qadimiy va shuning bilan birga u o‘ta navqiron fandir. Uning qadimiyligi insoniyat tarixi, madaniyati va ma’naviyatining qadimiy ildizlari bilan belgilanadi. Ular aslini olib qaraganda, u yoki bu jamiyatda yashagan kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning va tafakkurning xosilasi ekanligi bilan e’tirof etilsa, u - o‘z uslubiyoti, predmeti va fanlar tizimida tutgan o‘rnining yangiligi insoniyat taraqqiyotining eng yangi davrida shakllanganligi va rivojiga turtki berganligi bilan tavsiflanadi. Darhaqiqat, ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida tan olinishi xususida so‘z borar ekan, uning rasman e’tirof etilishi 1908 yil deyiladi. Chunki aynan shu yili ingliz olimi V. Makdugall o‘zining "Ijtimoiy psixologiyaga kirish" kitobini, amerikalik sotsiolog E.Ross esa "Ijtimoiy psixologiya", deb nomlangan kitobini chop ettirgan edi. Bu asarlarda birinchi marta alohida fan - ijtimoiy psixologiyaning mavjudligi tan olindi va uning predmetiga ta’rif berildi. Ikkala muallif ham - biri psixolog, ikkinchisi sotsiolog bo‘lishiga qaramay, bu fanning asosiy predmeti ijtimoiy taraqqiyot hamda psixik taraqqiyot qonuniyatlarini uyg‘unlikda o‘rganishdir, degan umumiy xulosaga kelishgan.
ASOSIY QISM:

    1. Ijtimoiy psixologiya fanining tarixi

Rus olimasi G.M.Andreeaa ta’kidlaganidek, ijtimoiy psixologiya sohasida ishlayotgan mutaxassisning aslida kim ekanligi - psixologmi, faylasufmi yoki sotsiologmi - uning ushbu fan predmetiga yondashuvida o‘z aksini topadi, chunki agar u sotsiolog bo‘lsa, ijtimoiy qonuniyatlarni avval boshdan jamiyatdagi an’analar va umumiy qoidalar tilida tushuntirishga intilsa, psixolog - konkret olingan shaxe psixologiyasining qonuniyatlarini umumjamiyat qonun- qoidalariga tadbiq etishga harakat qiladi. Shuning uchun ham G.Andreyeva ijtimoiy psixologiyaning mavzu bahsi haqidagi hozirgi zamon qarashlarini umumlashtirib, bu o‘rinda uch xil yondashish: sotsiologik, psixologik, ham sotsiologik va psixologik mavjud ekanligini asoslaydi. Nima bo‘lganda ham, shuni asosli tarzda e’tirof etish zarurki, ijtimoiy psixologiyaning alohida fan bo‘lib ajralib chiqishiga sabab bo‘lgan ilmiy manbalar ikki fan - psixologiya va sotsiologiya fanlarining erishgan yutuqlari va har qaysisining doirasida ma’lum muammolarning yechilishi uchun yana qo‘shimcha alohida fanning bo‘lishi lozimligini tan olish tufayli yuzaga keldi. Shuning uchun ham uzoq yillar mobaynida ijtimoiy psixologiya sohasida tadqiqotlar olib borayotgan shaxsning kimligiga qarab, izlanishlarning natijalarida u yoki bu yondashuv - psixologik yoki sotsiologik yondashuvning ustuvorligi yaqqol ko‘zga tashlandi. Demak, bu fanning tug‘ilishi, o‘z predmeti sohasini aniqlab olishiga sabab bo‘lgan sotsiologiya va psixologiya fanlaridir va bu fanlar aslida uning "ota-onalaridir".

    1. Ijtimoiy psixologiyaning uch nazariy manbai

19 asrning oxiri va 20 asr boshlarida fanda uch nazariya paydo bo‘ldiki, ular haqli ravishda ijtimoiy psixologiyaning mustaqil ilmiy yo‘nalish sifatida shakllanishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar. Bu uch nazariyani birlashtirib turgan narsa shu bo‘ldiki, ularning har biri mustaqil tarzda shaxs bilan jamiyat munosabatini ilmiy asosda tushuntirishni izlanishlarning asosiy mavzusi deb hisobladilar. Bu uch manba - xalqlar psixologiyasi, omma psixologiyasi va ijtimoiy xulq-atvor instinktlari nazariyalaridir.

Yüklə 63,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin