Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
14-MAVZU. NIKOH VA OILANING AXLOQIY ASOSLARI, UNING YOSHLAR TARBIYASIDAGI O‘RNI 216
etadi. Bola axloqining shakllanishida, deydi u er-xotinning bir-biriga bo‘lgan munosabati,
birbirini hurmat qilishlari ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning uchun oila a’zolarining har biriga
ma’lum vazifalar yuklatilgan bo‘lishi, erkak kishining oilaga bosh bo‘lishi va zarur talablarni
bajarishi, agarda biror narsani va’da qilgan bo‘lsa, va’dasining ustidan chiqishi lozimligini
ta’kidlaydi. Bolaning mustaqil ovqatlanish davri boshlanishi bilan ota uning axloqiy tarbiyasiga
kirishuvi zarurligini, maqsadga erishish uchun tarbiyada bolani ba’zan maqtash, ba’zan jazolash
ham kerakligini aytadi. Ibn Sino yashagan davrda ayollar haqida yoki ularning manfaatlari nuqtai
nazaridan ijobiy fikrlar aytish qanchalik qiyin bo‘lishiga qaramay, u ayollarning oila va
jamiyatda tutgan o‘rniga katta ahamiyat beradi, ijodiy ishlarida oqila ayollarni ko‘klarga ko‘tarib
maqtaydi. Uningcha, agar ayol aqlli bo‘lsa, o‘z erining ishonchli do‘sti va hayotda eng birinchi
yordamchisi bo‘ladi, bevafo erxotinlar esa oilani halokatga olib boradi. Ibn Sino oilada to‘g‘ri
tarbiyani olib borish, oila baxtining muhim asosi deb hisoblaydi. Uning fikricha, oilada otaning
tabiatan yumshoq bo‘lishi bola tabiatini buzadi. Oilada bosh tarbiyachi otadir va otaning
qattiqqo‘l bo‘lishi bolalar tarbiyasida muhimdir, chunki ota katta ta’sir kuchiga egadir. Muallif
mazkur asarning “Ayollarning yaxshi sifatlari” bo‘limida onalarning oilada bosiq, dono, halol va
kamtar bo‘lishlari hamda bola tarbiyasida otaga eng yaqin ko‘makdosh bo‘la olishlari oila
mustahkamligini saqlashda katta yordam berishini ta’kidlaydi. Allomaning “Tib qonunlari”
kitobida esa bola tarbiyasidagi onaning vazifalari alohida ko‘rsatib berilgan. Bola kamolotida
onaning mumkin qadar sipo, vazmin va bosiq bo‘lishi kerakligi, undagi g‘azablanish, qayg‘urish,
qo‘rqish kabi ruhiy kechinmalar bolaga zarar keltirishi ta’kidlangan. Ibn Sino oila boshlig‘i
oldiga qator talablarni qo‘yadi. Oila boshlig‘i, deb yozadi u, ham nazariy, ham amaliy jihatdan
oilada tarbiya masalalarini mukammal o‘zlashtirmog‘i lozim. Agar oila boshlig‘i tajribasiz
bo‘lsa, u o‘z a’zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi, oxir oqibat u yaxshi ijobiy natijalarga erisha
olmaydi, yomon tarbiya nafaqat ushbu oila, balki qo‘shnilarga, mahallako‘yga ham yomon ta’sir
qilishi mumkin. Oilada bola tarbiyasi ota-onaning jamiyatda tutgan mavqeidan qat’i nazar,
ularning birlamchi vazifasidir. Donishmand mehnat tarbiyasi borasida fikr yuritar ekan,
jumladan quyidagilarni ta’kidlaydi: Har bir bolani biror hunarga o‘rgatmoq shart, yosh yigit
biron hunarni o‘rgansa, uni hayotda tatbiq eta olsa va mustaqil hunar tufayli oilani
ta’minlaydigan bo‘lsagina, otasi uni uylantirib qo‘ymog‘i lozim, deydi. Demak, allomaning oila
qurish uchun zarur ijtimoiy va iqtisodiy etuklik haqidagi fikrlari, ayniqsa yosh oila va oila
quruvchilar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi, oilaning mustahkamligi va baxtli bo‘lishi
aynan oila quruvchilarning ham ijtimoiy, ham iqtisodiy jihatdan etukliklariga va ko‘proq,
yigitning oila qurishga tayyorgarligiga bog‘liqdir. O‘ziga xos tafakkur sohibi bo‘lgan, so‘z
mulkining sultoni, buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning turmush madaniyati, odob-axloq,
sevgi-muhabbat borasidagi qarashlari bu borada alohida o‘rin tutadi. Alloma o‘zining “Mahbub-
ul qulub” (ya’ni “Qalblarning mahbubasi” asarida biz uchun qimmatli bo‘lgan o‘gitlarini bayon
etib, turmush va oilaviy hayotdagi turli vaziyatlardan chiqishga imkon beruvchi fazilatlar va
ularni tarbiyalash masalalariga e’tibor qaratadi va ayol kishining oilada tutgan o‘rni xususida,
jumladan shunday deydi: Yaxshi xotin – oilaning davlati va baxti. Uyning ozodaligi, uy
egasining xotirjam va osoyishtaligi undan, husnli bo‘lsa, ko‘ngil yozig‘i, xushmuomala bo‘lsa,
jon ozig‘idir. Oqila bo‘lsa, ro‘zg‘orda tartib-intizom bo‘ladi, asbob-anjomlar saranjom turadi.
Kishi bu kabi jufti halol bilan qovushsa, agar bunday baxtga erishsa, g‘am va kulfatda sirdoshga,
oshkor va pinhoniy dard-alamda hamnafas tan mahramiga ega bo‘ladi. Turmushda boshingga har