Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI 267
xalq amaliy san’ati namunalari bilan bezatilgan maydonchalar paydo bo‘ladi [1]. Natijada
kishilarning badiiy-estetik didini shakllantirishga, inshootlar, ko‘p qavatli uylar, istirohat
maskanlarini dizayn qonunlariga muvofiq badiiy bezatishga ehtiyoj tug‘iladi. SHahar kishisining
serharakatligi, seytnot, psixologik ta’sirlarning ortib borayotgani, butun badiiy-estetik
izlanishlarda va san’at asarlari yaratishda bo‘lgani kabi shahar dizayni oldiga ham qator talablar
qo‘yadi.
Birinchi talab shunda ediki, shahar dizayni mavjud inshootlar kompleksini, kishilarning ko‘zi
tushadigan joylarni badiiy-estetik go‘zal, betakror va o‘ziga xos mohiyatli qilishi lozim. Qad
ko‘tarayotgan inshootlar sonining oshishi bilan ularning tashqi ko‘rinishiga, badiiy-estetik
jixatlariga talab ham ko‘paydi, ya’ni o‘tgan davrda an’anaga aylangan temir-beton inshootlarni
qurishga badiiy-estetik ko‘rinish, bezash lozim bo‘ladi. Masalan, 60- 70 yillarda Toshkentda
(ayniqsa Chilonzor tumanida) “xruщevka” nomini olgan temir- beton uylarda deyarli hech
qanday badiiy- estetik mohiyat ko‘zga tashlanmaydi. Zerikarli, qo‘ng‘ir rangli beton-uylar ham
shaharsozlikda dizayn belgilari shakllanmaganidan dalolat beradi. Mustaqillik yillarida zerikarli
ko‘rinishdagi temir-beton inshootlarning birinchi qavatini zamonaviy shisha, mramor, plastika,
alyubond va rang-barang vitrinalar bilan bezatish an’anaga aylandi. Bugun ushbu binolar
dizaynida asekko (devorga rasm chizish uslubi) freska, vitraj, bakkar (xrustal bilan bezatish
uslubi), rang-tasvir, grafika, glintika (toshga o‘yish san’ati), gobelen, izrazets, inkrustatsiya bilan
birga o‘zbek xalq amaliy san’ati – naqqoshlik, yog‘och o‘ymakorligi, ganch o‘ymakorligi va
boshqalardan foydalanilayotganini ko‘ramiz.
Ikkinchi talab serharakat shahar kishisining vaqtini tejash hamda unda ma’lum bir voqealar,
hodisalar haqida ta’surot uyg‘otish, fikr shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan [2]. O‘sha davrda
hukmron bo‘lgan kommunistik mafkura ko‘chalar, maydonlar va binolarga turli shiorlar,
plakatlar ilishni an’anaga aylantirgan. Ularda asosiy e’tibor shriftga, ya’ni shior mazmuniga mos
keluvchi shriftdan foydalanishga qaratilgan. SHiorlar ko‘pincha qizil alvonga uzoqdan ko‘zga
tashlanuvchi kesma shriftlar bilan yozilgan. 70-yillarga kelib katta ko‘chalarda, korxonalar
maydonchalar, istirohat maskanlari va ma’muriy idoralar oldida katta plakatlar, temir
konstruksiyalar yoki oq mramor bilan qoplangan stendlar, mozaika pannolar o‘rnatish keng
tarqaladi. Mazkur stend va pannolarni hozirgacha Toshkent shahrida uchratish mumkin.
Shuni qayd etishimiz kerakki, mazkur plakat, stend va pannolar asosan ideologik vazifani
bajargan, ularda shaharning badiiy-estetik obrazini yaratish, san’at asarlarini dizayn talablariga
muvofiq loyihalashtirish, bezatish nazarda tutilmagan.
Uchinchi talab shahar – inson konsepsiyasi yuzaga kelgani bilan bog‘liqdir. O‘sha davrda
o‘tkazilgan maxsus tadqiqotlar ko‘rsatadiki, shahar shunchaki makon, kishilar ishlaydigan va
istiqomat qiladigan muhitgina emas, u insonning dunyoqarashi, badiiy-estetik didi va hayotiy
idealini shakllantiradigan ijtimoiy-tarbiyaviy omildir. SHahar muhiti, undagi tarixiy-madaniy
an’analar, turmush tarzi, arxitektura, ko‘chalar va istirohat maskanlari insonda ma’lum
etnostereotiplarni shakllantiradi. Mazkur tadqiqotlarda shaharni loyihalashtirishga dizayn san’ati
nuqtan nazaridan yondashish lozim, degan fikr ilgari suriladi. To‘g‘ri, ularda hali «shahar
dizayni» degan ibora ishlatilmaydi, ammo tadqiqotchilar shahar muhitini badiiy-estetik g‘oyalar
va asarlar bilan bezatish konsepsiyasini ilgari suradilar. Masalan, S.B. Bazazyansning fikriga
ko‘ra, shahar muhiti, ko‘chalar, inshoot va maydonlar musavvirga rang-barang san’at turlaridan
foydalanishga imkon beradi, shuning uchun «har bir ijodkor shahar muhitini badiiy-estetik ta’sir
ob’ekti, shahar kishisini esa retsipient» sifatida qabul qilishi mumkin.